Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Urug’ning fiziko-kimyoviy va biologik xossalari


Download 198.77 Kb.
bet22/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Urug’ning fiziko-kimyoviy va biologik xossalari. Urug’ o’zining kimyoviy va biologik xossalariga ko’ra, tirik organizmning murakkab suyuqliklariga kiradi. Urug’ning zardob va spermatozoidlar qismi farqlanadi.

Urug’ning zardobi urug’don ortig’i ishlab chiqqan va siydik tanosil kanali devorlaridagi qo’shimcha jinsiy bezlarning (pufakchasimon, prostata, piyozchasimon va uretra bezlari) suyuqliklaridan tashkil topgan.

Urug’ zardobi bilan spermatozoidlarning nisbati nasldor hayvon turi, yashash sharoiti (oziqlantirish, saqlash va ishlatilishi) va urug’ olish texnikasiga bog’liq. Urug’don ortig’i kanalining kengaygan qismida barcha Erkak hayvonlar spermatozoidlarning soni nisbiy ravishda bir xil bo’ladi. Masalan, ularning konsentrasiyasi 1 ml urug’da: buqalarda 3-4 mlrd, ayg’irlarda esa 5 mlrd. ga yaqin. 1 ml buqa urug’ida esa spermatozoidlarning soni o’rtacha 0,8-1,2 mlrd., ayg’irlarda 100-150 mln. ga teng bo’ladi. Bu shuni ko’rsatadiki, Eyakulyasiya vaqtida urug’don ortig’i kanalidagi quyuq spermatozoidlar massasi qo’shimcha jinsiy bezlar suyuqliklari bilan ayg’irlarda 30-50 marta suyultirilsa, buqalarda esa faqatgina 4-5 marta suyultiriladi, xolos. Ayg’ir va cho’chqalarning qo’shimcha jinsiy bezlari ko’plab suyuqlik ishlab chiqaradi va spermatozoidlar yeyakulyatning juda oz qismini tashkil yetadi: ayg’irlarda 1,75-2%, cho’chqalarda - 5,7% bo’lsa, buqalarda spermatozoidlar yeyakulyatning o’rtacha 14%, qo’chqorlarda 30% ini tashkil qiladi.


Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling