Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Download 198.77 Kb.
bet14/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Filtrlarni tayyorlash. Ular toza, zararsizlantirilgan filtr qog’ozidan zararsizlantirilgan qaychi bilan kesib, voronka o’lchamiga mos qilib to’rt burchak shaklida tayyorlanadi. Buning uchun har bir varaqning qarama-qarshi tomonlari yaqinlashtirilib buklanadi. Hosil bo’lgan katta uchburchakning asosi to’g’rilab tekislanadi. Keyin uchburchak asosining burchaklari, kichik uchburchakning tomoni tekislanadi. Kichik uchburchakning bir qavat qog’ozi ochiladi va filtr shisha voronkaga o’rnatiladi. Filtrning qirralari voronka qirralaridan 0,5 sm past qilib qirqiladi. Filtrli voronka kolbaning og’ziga o’rnatilib, eritma yoki suv voronkaga quyiladi.

Paxta tamponlar gigroskopik, ya’ni nam tortadigan paxtadan tayyorlanadi. Paxta kichik bo’laklarga ajratilib, ulardan yupqa, o’rtasi qavariq diskalar shaklidagi to’pchalar hosil qilish uchun qirralari qayriladi. Tamponlar kaftlar orasida aylana harakat qilinib, kuch bilan bosiladi va Petri likopchasiga qatma-qat joylashtiriladi.

Qin oynasi, asboblar uchun tagliklar, ayg’ir, buqa va Erkak cho’chqalar uchun sun’iy qinlar kabi katta uskunalarni artish va zararsizlantirish uchun 6x7 sm, mayda asboblar (qo’chqorlar uchun sun’iy qin, shisha tayoqcha, spermayig’gichlar, shpris-katetrlar, termometr, pensit, kornsang, tovuq tuxumi po’stlog’i, qo’lni zararsizlantirish va h.z.) uchun 3x4 sm kattalikdagi tamponlar tayyorlanadi.

Tayyorlangan tamponlarga 96%-li spirt shimdiriladi. Ular kaftlar orasida siqilib, bir-biridan ajratiladi va og’zi yaxshi yopiladigan shisha idishlarda saqlanadi. 70%-li spirt shimdirilgan tamponlar sperma qabul qilgich va shpris-katetrlarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi.


Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling