1-mashg’ulot. SUN’IY URUG’LANTIRISHDA ISHLATILADIGAN ERITMALAR, FILTRLOVCHI QOG’OZ, TAMPONLAR VA SALFETKALARNI TAYYORLASH.
Reja:
Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlar, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash.
Aslaha va idishlarni sterillash usullari.
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’oz, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash hamda aslaha va idishlarni sterillash usullari bilan tanishtirish.
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: natriy gidrokarbonat (natriy bikarbonat, nordon tuz), kimyoviy toza natriy xlorid 3 va 5 valentli limon kislotasining natriyli tuzi, 96%-li spirt rektifikat, furasilin, furazolidon, vodorod peroksid, bixromli kaliy, sulfat kislotasi, distillangan suv, 100, 500 va 1000 ml hajmli o’lchov silindrlari, spirtomer, apteka tarozisi, eritmalar solish uchun shisha bankalar yoki kolbalar, og’zi mahkam berkitiladigan tampon solgichlar, doka, gigroskopik paxta, filtr qog’ozi, hajmi 10 l shisha banka.
Do'stlaringiz bilan baham: |