Yordamchi asbob-uskunalar: sun’iy qinlarni qo’yish uchun metall yoki plastmassadan tayyorlangan tagliklar. Issiq suv uchun choynak, suv solish uchun 0,5-1 litr hajmli chinni yoki metall krujkalar. Sun’iy qinga havo yuborish uchun kompressor yoki rezina grusha. Sun’iy qindagi bosimni o’lchash uchun suvli manometr. Spermani olib bo’lgandan so’ng sun’iy qinni yuvish uchun ishlatiladigan shyotka (misvok). Mikroskop, Morozov isitkich stolchasi, termostat-yashik yoki elektr isitkich stolcha, yopqich va buyum oynachalari, shisha tayoqchalar, fotoelektrokolirifmetr (FEK-M) yoki elektroyeritrogemometr (045 yoki 065-modeli), sperma konsentrasiyasini va sifatini baholash uchun maxsus asboblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |