Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Download 198.77 Kb.
bet9/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
Laboratoriya

Eozinning 5%-li eritmasi 5 g yeozinni 100 ml distillangan suvda yeritish bilan tayyorlanadi. Eritma och qizil rangda bo’lib, shisha idishda saqlanadi. Bu eritma o’lik va tirik spermatozoidlar foizini aniqlash uchun ishlatiladi.

96 va 70%-li spirt. 96%-li spirt rektifikat qin oynasi, kornsang, shisha tayoqchalar va qaychilarni flambirlab zararsizlantirish, rezina kameralar va har bir hayvonni urug’lantirishdan oldin va keyin qo’lni zararsizlantirishda ishlatiladi. Shu maqsadda spirt o’lchami 6x7 sm bo’lgan tamponlarga shimdiriladi.

96%-li spirtdan 70%-li spirtni tayyorlash uchun 73 ml 96%-li spirtga 27 ml distillangan suv qo’shilib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Spirtlarning darajasi spirtomer yordamida aniqlanadi. Buning uchun 100 ml hajmli silindrga spirt solinib, unga spirtomer tushiriladi va ustki chiziq (menisk) bo’yicha daraja aniqlanadi. 70%-li spirtni tayyorlashda quyidagi tenglamadan foydalaniladi:

96-100 70x100

70 - X X = ----------------------- = 73

96

Tayyorlangan spirt og’zi yaxshi yopiladigan shisha idishda saqlanadi. 70%-li spirtdan shpris-katetr, sperma qabul qilgichlarni o’lchami 3x4 sm bo’lgan tamponlarga shimdirib zararsizlantirish uchun foydalaniladi.




Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling