Natriy xloridning 3%-li eritmasi 100 ml distillangan suvga 3 g kimyoviy toza natriy xlorid solinib, shisha tayoqcha bilan aralashtirilib tayyorlanadi. Bu eritma spermaning konsentrasiyasini aniqlashda spermatozoidlarni o’ldirish (harakasizlantirish) uchun ishlatiladi.
2,9%-li natriy sitrat eritmasini tayyorlash uchun 100 ml distillangan suvga 2,9 g natriy sitrat kukuni solinib, to’liq yeriguncha zararsilazlantirilgan shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Eritma ishqoriy reaksiyaga ega, shuning uchun spermani baholash va buqalarning granula shaklida muzlatilgan spermasini suyultirishda ishlatiladi. Granulalar bo’shatilgan va zararsizlantirilgan flakonga solinadi va ustiga 400S gacha isitilgan 2,9%-li natriy sitrat eritmasidan 1ml quyiladi. Bu eritma 0,9%-li natriy xlorid, 1%-li choy sodasi o’rnida shpris-katetrlarni yuvish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |