Suyultirilgan spermani saqlash uchun uskunalar:
1. Spermani qisqa muddatga +2 - 40S haroratda saqlash uchun termoslar.
2. Spermani uzoq muddatlarga -196°S haroratda saqlash uchun suyuq azot solinadigan turli markali Dyuar idishlari (XSJA, KV-6202, AT-6, SD-20, SDS-20, SDS-5, SDS-50, Xarkov-30, Xarkov-30-V2, Xarkov-34).
Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan asboblar:
1. Sigir va g’unojinlarni sun’iy urug’lantirish uchun shisha shpris- katetrlar, o’lchovchi moslamali shpris-katetr, rezina balonli katetr, bir marta ishlatiladigan poliyetilen qo’lqoplar, uzunligi 8, 41 va 42 sm polisterol pipetkalar, birlashtiruvchi muftali kapron shpris (2 ml), qin oynasi.
2. Qo’y va echkilarni sun’iy urug’lantirish uchun mikroshpris, o’lchovli moslamali mikroshpris, yarim avtomat-shpris, qin oynasi.
3. Cho’chqalarni urug’lantirish uchun katetrli poliyetilen flakonchalar (POS-5), rezina naychali shishachalar, katetr va Richardson shari bo’lgan shisha idishlar, universal zondli termos uskuna (UZK-5);
4. Parrandalarni sun’iy urug’lantirish uchun shpris va polisterol yoki shisha pipetka, qo’ylarni urug’lantirish uchun ishlatiladigan mikroshpris va rezina naychali shisha pipetkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |