Sun’iy urug’lantirishda ishlatiladigan eritmalar, filtrlovchi qog’OZ, tamponlar va salfetkalarni tayyorlash. Reja


Homilaning yoshini aniqlovchi asosiy belgilar


Download 198.77 Kb.
bet56/56
Sana02.01.2022
Hajmi198.77 Kb.
#193686
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Laboratoriya

Homilaning yoshini aniqlovchi asosiy belgilar. 10-jadval.

Homila yoshi, oy

Uzunligi, sm

Og’irligi, kg

Boshqa belgilari

QORA MOLLARDA

1

0,9-1,3

0,1-0,3 g

Oyoqlari uncha katta bo’lmagan do’ngchalar sifatida, og’iz va ko’z o’rinlari paydo bo’ladi.

2

6-7

17-20 g

Oyoqlari uncha katta bo’lmagan do’ngchalar sifatida, og’iz va ko’z o’rinlari paydo bo’ladi.

3

12-16

135-150g

Qorin juda kattalashgan, Erkaklarida tuxumdon xaltasi shakllangan bo’ladi.

4

22-26

2 kg gacha

Yuqorigi lab va qoshlarida siyrak tuklar paydo bo’ladi. Naysimon va kalla suyaklarining diafizi shakllanadi.

5

35-40

2,5-4 kg

Quloqlarning cheti va uchlarida tuklar paydo bo’ladi. Urug’don yarg’oqga tushgan bo’ladi.

6

45-60

3,5-6 kg

Lablari va iyagida junlar paydo bo’ladi. Ko’z atrofi va oyoqlarida junlar paydo bo’ladi.

7

50-75

10-14 kg

Lab, iyak, dum va oyoqlarning periferik tomonlari jun bilan to’liq qoplangan bo’ladi.

8

60-85

16-20 kg

Butun gavda terisi to’liq jun bilan qoplangan bo’ladi.

9

80-100

20-74 kg

Tana tashqi tomondan to’liq jun bilan qoplangan, homila rivojlanib yetilgan bo’ladi. Og’zida sut tishlari bo’ladi.

QO’Y VA EChKILARDA

1

1

7,7g

Ko’krak va qorin bo’shliqlari yopilgan, a’zolari paydo bo’la boshlagan.

2

8

80 g

Oyoq suyaklarida tuklar paydo bo’ladi.

3

16

900 g

Burun parraklari yopiq bo’ladi.

4

20-25

2,9 kg

gacha


Lab va iyak qismlarida junlar paydo bo’ladi.

5

30-50

4-4,3 kg

Teri jun bilan qoplangan, tishlari chiqa boshlagan bo’ladi.

QORAKO’L QO’YLARDA

1

1-2

0,01-0,03 kg

Yembrionning tanasida hamma a’zolari paydo bo’ladi.

2.

608

0,2-0,3 kg

Homilaning jinsi bilinadi va tog’ay moddasi suyak skeletiga aylanadi.

3

12-15

0,7-1,0 kg

Homilaning tur va zot belgilari aniq ko’rina boshlaydi.

4

25-30

102 kg

Junlari qisqa, ammo terining barcha qismini qoplagan bo’ladi.

5

40-50

2-3,5 kg

Homila yetilgan, terilari jun bilan qoplangan bo’ladi.

ChO’ChQALARDA

1

1,6-1,8

15-20 g

Hamma a’zolari paydo bo’ladi. Homila to’r ko’rinishi shakliga kira boshlaydi.

2

8

90-190 g

Naysimon suyaklarning suyaklanishi va jinslarning ajratilishi boshlanadi.

3

14-18

700-900 g

Lab, iyak, dum va quloqlarda junlar paydo bo’ladi. Tishlari ko’rina boshlaydi.

4

20-25

1-2 kg

Butun teri qavati qattiq qil bilan qoplangan bo’ladi. Tishlar paydo bo’ladi.

YILQILARDA

1

0,5-0,7

50 g

Tur tafovutlari sezilarli emas, ammo u shakllana boshlagan.

2

5,5-7

62-70 g

Boshi va oyoqlari paydo bo’ladi. Tana bo’shliqlari yopiq.

3

12-15

100-150 g

Tuyoqlari yaxshi bilingan, qisqa quloq va yelin so’rg’ichlari paydo bo’ladi.

4

20-30

1,3-1,6 kg

Lab terisida siyrak junlar paydo bo’lgan, tashqi jinsiy a’zolari shakllana boshlagan bo’ladi.

5

30-37

3-4,5 kg

Lablari, qosh o’rnida va dumning ichida junlar o’sib chiqadi. Tashqi jinsiy a’zolari yaqqol seziladi. Tuxumdon xaltasi va prepusiya shakllana boshlagan bo’ladi.

6

40-75

4-6 kg

Lablari va iyagi jun bilan qoplangan. Dumining yuqori va pastki qismlarida hamda qulog’ining ichida qisman junlar mavjud.

7

45-85

4,5-7,5 kg

Yol junlari yaxshi seziladigan bo’ladi. Quloq suprasining terisi jun bilan qoplanadi.

8

50-90

9-15 kg

Bosh qismi terisi to’liq jun bilan qoplanadi. Dum, yelka, yol va quloqlarni dorzal va ventral tomonlari jun bilan qoplangan bo’ladi.

9

60-115

12-20 kg

Tananing hamma joyi siyrak jun bilan qoplanadi. Dum juni o’sgan bo’ladi.

10

80-125

18-30 kg

Tananing teri qismi qisqa junlar bilan qoplangan bo’ladi. Tuyoqlarning shox qismi o’sgan bo’ladi.

11

100-150

26-60 kg

Teri to’liq jun bilan qoplangan bo’ladi. Tishlari chiqa boshlaydi, odatda urug’don xaltasiga tushgan bo’ladi.

7-mashg’ulot. HAYVONLARDA BO’G’OZLIKNI ANIQLAShNING LABORATOR USULLARI.


Reja:

  1. Mis kuporosi eritmasini tayyorlash.

  2. Sigirlar qinidan olingan suyuqlikni tekshirish.


Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni bachadon bo’yinchasi va qindagi shilimshiq moddalarning solishtirma og’irligiga ko’ra bo’g’ozlikni aniqlash usuli bilan tanishtirish.

Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: mis kuporosi kukuni, 1 l va 10 ml hajmli o’lchov kolbalari, shisha flakonlar yoki stakanchalar, dori tomizadigan pipetkalar, qadahlar, filtr qog’ozi, qin oynasi, kornsang asbobi yoki qoshiqcha, pipetkalar, qaychi, buyum oynasi, skalpel va menzurkalar.

Mashg’ulotning borishi: Qisqacha uslubiy ko’rsatma. Dars kafedra laboratoriyasida olib boriladi. O’qituvchi bachadon bo’yinchasi va qindan olingan shilimshiq moddalarning solishtirma og’irligini aniqlash uchun kerak bo’lgan eritmalarni tayyorlash tartibini talabalarga tushuntirib beradi. Talabalar o’qituvchi rahbarligida bu eritmalarni tayyorlaydilar.

Kafedra klinikasidagi hayvon jinsiy a’zosidan shilimshiq modda olish tartibi bilan tanishgandan so’ng talabalar bu usulni amalda mustaqil bajaradi.

Avval mis kuporosining to’yingan eritmasi tayyorlanadi. Buning uchun toza idishga 720 g mis kuporosi kukunini solib, uning ustiga 1 l distillangan suv quyiladi. Keyin aralashma 10 daqiqa davomida chayqatilib aralashtiriladi, to’yingan eritma hosil bo’lgach, idish tubiga yerimay qolgan qismi cho’kadi va u filtr qog’ozdan o’tkaziladi. Yerimay qolgan kristallar ustiga esa filtrat qo’yiladi.

Filtratdan solishtirma og’irligi 1,100 keladigan asosiy eritma tayyorlanadi. To’yingan eritmaning konsentrasiyasi issiqlik haroratiga ko’ra o’zgaradi. Shuning uchun asosiy eritma tayyorlanganda issiqlik harorati qancha yuqori bo’lsa, asosiy eritmani tayyorlash uchun to’yingan eritmadan shuncha kam olinadi (30- jadval). O’lchami bor shisha kolbaga issiqlik haroratiga ko’ra, kerakli miqdorda mis kuporosining to’yingan eritmasidan, uning ustiga esa 1 l distillangan suv quyiladi. Solishtirma og’irligi 1,08 bo’lgan ishlatiladigan ishchi eritma tayyorlash uchun asosiy eritmadan 7 ml olib, hajmi 100 ml bo’lgan shisha idishga solinadi va uning ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi. Bu bo’g’ozlikni laboratoriya usuli bilan aniqlashda ishlatiladigan ishchi eritmasidir.

Shundan so’ng tekshiriladigan hayvonning jinsiy a’zolaridan shilimshiq modda olishga kirishiladi. Bunda tashqi jinsiy a’zolardan ajralib chiqadigan shilimshiq modda tekshirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Tekshiriladigan shilimshiq modda qin oynasi, kornsang yoki maxsus qoshiqcha yordamida qinning ichkarisidan olinishi kerak.

Sterillangan qin oynasi qinning ichkarisiga kiritilgandan so’ng u asta-sekin ochiladi, so’ng qoshiqcha yoki paxta tamponi qistirilgan kornsang yordamida qinning bachadon bo’yinchasi atrofidagi shilimshiq modda yehtiyotlik bilan yig’ib olinadi. Shilimshiq modda kamayib qolgan hollarda qoshiqchaga quyuqlashgan shilimshiq modda yoki makkajo’xori doni kattaligidagi shilliq tomchi yopishib chiqadi. Qinda shilimshiq modda ko’p bo’lsa, qin oynasiga yopishib chiqadi, keyin uni qin oynasidan qirib olish mumkin. Qindagi shilimshiq modda suyuq bo’lsa, unda qin oynasi orqali u shisha naychaga so’rib olinadi. Ba’zan qindagi yopishqoq shilimshiq modda kornsang yoki qin oynasidan buyum oynasiga yig’iladi. Oynaga tush bo’yog’i yoki qalam bilan sigirning laqabi, nomeri yozib qo’yiladi.

Tekshirish tartibi: 10 ml mis kuporosining ishchi eritmasidan flakon yoki stakanchaga solinadi. So’ng tekshirilayotgan hayvon jinsiy a’zosidan olingan bir bo’lakcha shilimshiq modda ajratilib, mis kuporosi ishchi eritmasi solingan idishga tashlanadi. Bunda solingan shilimshiq modda eritma yuza pardasini yorib, cho’kmaga tushishi kerak.

Shilimshiq modda solingandan so’ng 5-6 daqiqa kutiladi. Agar mis kuporosi ishchi eritmasiga solingan shilimshiq moddaning solishtirma og’irligi 1,008 bo’lsa, u asta-sekin cho’kadi, so’ng eritma ustiga qalqib chiqadi, bu tekshirilayotgan sigirning bepushtligidan dalolat beradi.

Agar tekshirilayotgan sigir bo’g’oz bo’lsa, mis kuporosining ishchi eritmasiga solingan shilimshiq modda eritma yuzasiga qalqib chiqmaydi, balki tezlik bilan cho’kadi.

Mis kuporosining ishchi eritmasini tayyorlash uchun sarflanadigan to’yingan eritma miqdori (Balaxovskiy bo’yicha). 11-jadval


Asosiy eritma harorati (C°)

Mis kuporosining

to’yingan eritmasi

miqdori


Asosiy eritma harorati (C°)

Mis kuporosining

to’yingan eritmasi



miqdori

14,0

539

22,5

496

14,5

534

23,0

466

15,0

529

23,5

463

15,5

525

24,0

460

16,0

521

24,5

456

16,5

516

25,0

453

17,0

512

25,5

450

17,5

508

26,0

447

18,0

504

26,5

445

18,5

500

27,0

442

19,0

496

27,5

439

19,5

492

28,0

436

20,0

488

28,5

434

20,5

483

29,0

431

21,0

480

29,5

428

21,5

477

30,0

425

22,0

473







Flakondagi 10 ml mis kuporosi ishchi eritmasi bilan (shilimshiq moddaning solishtirma og’irligi 1,008 bo’lganda) 7-8 ta sigirning bo’g’oz, qisirligini aniqlash mumkin. Keyin esa eritmani almashtirish kerak.

Mana shu usul bilan sigirlarning bo’g’ozligini 15 kunligidan boshlab aniqlash mumkin. Bu usulning natijalarini sigir urug’lantirilgach, 2 oydan keyin o’tkaziladigan rektal tekshirishlar natijasidan olingan ma’lumotlarga solishtirish tavsiya yetiladi.



Tekshirishni muvaffaqiyatli chiqishi eritmaning to’g’ri tayyorlanishiga bog’liq. Eritmaning solishtirma og’irligi areometr bilan tekshirilib, aniqlanadi. Laborator tekshirish usuli hayvon bo’g’ozligining 30-60 kunlik davrida o’tkazilishi ma’qul, chunki bu davrda qin ichida shilimshiq moddalar ko’proq bo’ladi. Ammo laborator tekshirish usulidan keyin 2 oy o’tgach, bo’g’ozlikni to’g’ri ichak orqali takror aniqlash zarur.
Download 198.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling