Mashg’ulotning maqsadi: Bo’g’ozlik davrining (sigir, sovliq, echki, quyon va itlarda) turli bosqichlarida jinsiy a’zolarining tuzilishi va topografiyasini o’rganish, homila pardalari va plasenta (yo’ldosh) tuzilishi bilan tanishish, homila yoshini aniqlash.
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar: qushxonalardan olingan yangi so’yilgan urg’ochi hayvon jinsiy a’zolari, muzey preparatlari, yembrion va homila pardalarini homila va onasining qon aylanishini (taqqoslash maqsadida) rivojlanish sxemasi, kyuvetlar, qaychi, anatomik qisqichlar, pichoqlar, tugmachali zondlar, o’lchov tasmalari, 1000, 500 va 100 ml hajmli stakan va silindrlar, jarrohlik qo’lqoplar, tarozilar, lupalar, klyonka yetaklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |