Sun’iy yo‘l bilan ona ari yetishtirish


SUN’IY YO‘L BILAN ONA ARI YETISHTIRISH


Download 496.5 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi496.5 Kb.
#1630161
1   2   3   4
Bog'liq
Она ари етиш

SUN’IY YO‘L BILAN ONA ARI YETISHTIRISH


Asalari oilasi ona arisiz bir oila bo‘lib, rivojlanib yashay olmaydi. Asalarilar ona ari yo‘qligini sezishsa, o‘zlari asalarichi ishtirokisiz ham ona ari yetishtira oladilar. Lekin asalarilar, mahsuldorligi kam oilalardan yoshi katta qurtchalarni ona ari yyetishtirish uchun tarbiyaga olishib, onadon ko‘rishlari mumkin. Bu holatda yaxshi sertuxum ona ari yetishtirilmaydi. Yaxshi ona ari yetishtirish uchun, kuchli, mahsuldor oilalarning bir kunlik qurtchalari tarbiyaga olinishi kerak chun­ki uch kunlik qurtchalar Perga va asal aralashmasi bilan boqiladi.
Shuning uchun yaxshi sertuxum ona ari yetishtirish uchun asalarichi arizordagi ari oilalarini kuzatib, qanday mahsulot (asal, mum, nasl) berishini yozib yurishi ke­rak. Arizordagi ari oilalari bir xil boqilgani bi­lan, ularning mahsulot berishi har xil bo‘ladi. Ona ari yetishtirish uchun, eng yaxshi mahsuldor (rekordchi) ari oilasidan foydalaniladi. Ko‘p miqdorda asal, mum, nasl bergan oila rekordchi hisoblaniladi. Lekin bu oilalar yuqumli kasalliklarga uchraganliklari aniqlansa – ulardan foydalanish yaramaydi. Asal arilarning sifatini yaxshilash uchun arizordagi eng yaxshi ona arilarni aniqlash, tanlash hamda ko‘paytirish ishlarini beto‘xtov olib borib, keyinchalik ulardan ona va erkak arilar yetishtirish uchun foydalaniladi.
Yaxshi sertuxum ona ari yetishtirish uchun, tabiatda gulshira va gulchangi bo‘lishi hamda ob-havo sharoitlari yaxshi bo‘lishi kerak. Ona ari yetishtirish vaqtida tabiat­da shira va gulchangi uzilib qolsa, ob-havo nobop kelsa, asalarilar yasalgan onadonlarni qirqib yuboradi, ona ari tarbiyasini to‘xtatadi yoki yetishtirilgan ona ari­lar sifatsiz bo‘ladi. Bunday holat bo‘lmasligi uchun, ona ari yetishtirayotgan oilaga shakar-sharbati berilib, uyani isitish tushakchasi bilan o‘rab qo‘yiladi. Ona ari yetishtirishni ari oilasida berkitilgan erkak ari qurtchalari paydo bo‘lganidan keyingina boshlash kerak.
Yaxshi sertuxum ona arilar aprel va may oylari- da yetishtiriladi. Yangi yetishtirilgan ona arilarning sifatini, onadonda qolgan oziqani miqdoriga qarab baholasa bo‘ladi. Onadoni tagida qolgan oziqa qancha ko‘p bo‘lsa, qurtcha shuncha yaxshi oziqlangan bo‘lib shu ona ari serpusht bo‘ladi. Onadonning tagida oziqa qolmagan bo‘lsa, ona ari qurtchalari yaxshi oziqlanmagan bo‘lib, u onadondan mayda ona ari chiqadi.
Sun’iy ona ari yetishtirishda ikkita oila ishtirok etadi. Bularning biri – boquvchi oila, ikkinchisi – nasl oilasi. Ikkala oila ham kuchli bo‘lishi shart. Boquvchi oilaga qurtchalarni berishdan bir sutka oldin undagi ona arini hamda ochiq tuxum qurtchali ramkalar­ni olib, boshqa asalari oilasiga berish kerak. Oilada faqat yopiq qurtchalar qolishi kerak. Boquvchi oila ko‘p sifatli ona arilarni boqishi uchun quyidagilar bo‘lishi lozim:
Oilada 6-7 ramka usti yopiq qurtchali ramkalar bo‘lishi;
oilada boquvchi asalarilarning soni ko‘p bo‘lishi;
uyada un kg asal hamda ikkita pergali ramka bo‘lishi kerak.
Boquvchi oilada ochiq qurtchalar bo‘lmasligi uchun, o‘n kun oldin ona arining tuxum qo‘yishini qisqartirib qo‘yiladi. Qisqartirish bu – ona arini bir ramkali panjaraga «izolyatorga» mumkatakli ramka bilan qo‘yiladi. Ona ari boshqa ramkalarga o‘tib tuxum qo‘ya olmaydi. Qolgan ramkalardagi qurtchalar 10 kun ichida yopiladi. Keyin ona ari panjara ichidagi ramka bilan boshqa ari­xonaga solinib, yangi oila yarataladi. Boquvchi oilada faqat yopiq qurtchali ramkalar qoladi.
Boquvchi ari oilasining ona arisi va ochiq qurtchalari olingandan so‘ng asalarilar 8 soat ichida ona ari yo‘qligini sezib, bezovtalana boshlaydilar. Ertasiga bu oilaga ona arilar o‘stirish uchun qurtchalar beriladi. Yaxshi ona ari yetishtirish uchun olingan qurtchalarning yoshi, tuxumdan chiqqandan keyin 1-2 kunlik bo‘lishi kerak. Tuxumdan chiqqaniga ikki kundan oshgan qurtchalardan sifatli ona ari yetishtirib bo‘lmaydi. Tuxumdan chiqqari qurtchalar yarim oy shaklida buklanib turadi. Qurtchalarni 1-2 kunligini kuz bilan ajratib olish ancha qiyin. Yoshi bir qurtchalar bir xil kattalikda bo‘lmaydi. Mumkatakli ramkalarning chetlarida va pastida joylashgan qurtchalarni o‘rta qismdagi qurtchalarga nisbatari yaxshi isitishmaydi. Shuning uchun qurtchalar o‘sishda orqada qolishi mumkin. Kerakli qurtchalarni olish uchun rekordchi oilaning uyasi o‘rtasiga ishchi ari­lar qurtchalari uchun qurilgan oq rangdagi mumkatakli ramka qo‘yiladi. Bunga ona ari tuxum qo‘ya boshlaganidan keyin, 5 kun o‘tgach eng katta qurtchalar yoshi ikki kun­lik bo‘ladi. Bu ramkadagi hamma qurtchalar ona ari yetishtirish uchun yarayveradi. Ona ari yetishtirish uchun ko‘p miqdorda qurtchalar kerak bo‘lganida, izolyator ishlati­ladi. Bu izolyator – bitta va ikkita ramkali bo‘lib, ik­kita devorchalari sim to‘rdan yasalgan panjaradan iborat. Panjaradan ishchi arilar o‘tib yuradilar, ona ari esa o‘ta olmaydi. Bu izolyatorga ishchi arilarning katakchasi qurilgan oq rangli mumkatakni qo‘yib, so‘nga ona ari joylashtiriladi. Izolyatorni usti yog‘och planka bilan yopiladi. Izolyator uch kunga oila ichiga qo‘yiladi. U yerga qamalgan ona ari uch sutka ichida mumkatakka tuxum qo‘yadi. Uch sutka o‘tgach izolyatordan mumkatakli ramkani ona ari bilan birga olib yana qaytarib uyaga qo‘yiladi va ikki sutka arixonada ushlab turiladi. Shu ramka katakchalaridagi qurtchalarni yoshi ikki kunlik bo‘ladi.
Ikki sutka o‘tgach, bu ramkani ehtiyotkorlik bilan olib, ustidagi asalarilarni cho‘tka bilan supurib uyasiga tushirish kerak. Ramka ustidagi asalarilarni silkitib tushirish yaramaydi, chunki qurtchalar shikastlanib qolishi mumkin.
Olingan qurtchalarni ona ari yetishtirish uchun, boquvchi oilalarga berishning har xil usuli bor.
Masalan:
1. Havaskor arichilar uchun eng oson usuli bu ona ari yetishtiriladigan qurtchalar qaysi katakchalarda ko‘proq bo‘lsa, boquvchi oilaga shu katakchalar beriladi. Mumkatakning bir-ikki kunlik qurtchalar ko‘p joylashgan qismidagi katakchalar tagidan kesib olinadi. Tagidan kesib olingan katakchalardagi qurtchalar har uchta qurtchaning birini o‘ldirib, siyraklatib boquvchi oila­ga qo‘yiladi. Qoldirilgan qurtchalar ustiga asalarilar onadonlar ko‘radi. Bu usulda tayyorlangan qurtchalarning ko‘p miqdori siyraklashtirish natijasida bexuda isrof bo‘ladi.
2. Arizorda ko‘p miqdorda ona ari yetishtirish kerak bo‘lganida, qurtchali katakchalarni kesib ko‘chirish usu­li qo‘llanadi. Bu usul qo‘llanganida ona ari yetishtirish uchun hamma qurtchalardan foydalansa bo‘ladi. Ona ari yetishtirish uchun qurtchali katakchalarini bir qatordan kesib olib, alohida ajratiladi. Keyin har bir katakcha­lar yarim chuqurligigacha kesiladi. Qurtchali katakcha eritilgan mum yordamida patronga yopishtiriladi, patron esa ramkaga yopishtirilib, boquvchi oilaga qo‘yiladi.
Katakchani patronga yopishtirishdan oldin patronni eritilgan mumga tekizib, katakchani qarama-qarshi to­moniga yopishtiriladi. Patron kichkina, silliq to‘rt qirrali yog‘ochdan (brusokdan) iborat. Patron yopishtiradigan ramka mumkataksiz bo‘lib, uning ichiga uch qator, orasi 7 sm uzoqdikda yog‘ochdan to‘sin o‘rnatiladi. Shu to‘sinlarga patronlar yopishtiriladi. To‘sinlarni aylantirish mumkin bo‘lishi uchun, har qaysi to‘sinning uchi ramkaga bitta mix bilan qoqib qo‘yiladi.
3. Ona ari yetishtirishda sun’iy tovoqchaga qurtcha ko‘chirish uslubidan foydalanish mumkin. Sun’iy tovoqcha (misochka) arizorda mumdan yasaladi. Buning uchun yog‘ochdan qolip yasaladi. Qolip bilan tovoqchani diametri 8-9 mm, chuqurligi 9-10 mm bo‘lishi kerak. Tovoqchalarni tayyorlash uchun 100 g toza mumni eritib, qolipini avval sovuq suvga, keyin 9-10 mm chuqurlikda erib turgan mumga botirib olinadi yana sovuq suvga tiqiladi. Bu ish 3-4 marta qaytarilgandan keyin tovoqcha tayyor bo‘ladi. Tovoqchani qolipdan tushirib, ramkaga qirqib olingan katakcha kabi yopishtiriladi. Keyin, tovoqchalarni 4-5 soatga asalari oilasiga silliqlash uchun beriladi. So‘ng maxsus moslama (shpatel) bilan qurtchalar olinib tovoqchalarga solinadi. Tovoqchaga solingan qurtchani asalarilar tarbiyaga olib ona suti bilan boqishni boshlaganidan so‘ng ichidagi qurtchani olib o‘rniga ikkinchi marta bir kunlik qurtcha berilsa, bu qurtchadan ko‘p oziqa hisobiga yaxshi ona ari yyyetilib chiqadi.
Shpatel bilan qurtcha olinayotganida oziqasi bilan olish zarur. Hozirgi vaqtda tayyor tovoqchalarni (mi­sochka), shpatelni asalarichilik do‘konidan sotib olsa bo‘ladi.
Ona ari yetishtirishda qurtchalarni ari oilasidan tashqarida uzoq ushlab bo‘lmaydi. Qurtchalar parvarishdan qoladi. Ularni ko‘chirish ishlarini toza, yorug‘, havo harorati 25 darajadan past bo‘lmagan xonada, bir soatdan oshirmay bajarish kerak.
4. Ona ari yetishtirishda Jenter katakchali ramkasidan foydalanilsa, asalarichining ishini osonlashtirib, qurtchalarning bir kunligini olib, boquvchi oilalarga shikastlantirmay ko‘chirishini ta’minlaydi.
Jenter katakchali ramka plastmassadan yasalgan, ta­gi alohida ajratiladigan katakchalar va tovoqchalardan iborat. Jenter katak ramkasi, ona ari o‘ta olmaydigan panjara bilan yopilgan. Jenter katak ramkasiga asal surtib nasl oluvchi oilaga 2-3 soatga beriladi. Keyin bu katak ramkasiga ona ari solinib, asalari oilasini o‘rtasiga joylashtiriladi. Ona ari panjaradan boshqa mumkatakli ramkaga o‘tolmay, Jenter kataklariga tuxum qo‘yadi. Ishchi arilar panjaradan o‘ta oladilar. Ona ari tuxum qo‘yganidan keyin tuxum bor katakcha ajratib oli­nib, tayyor tovoqchaga kiydirilib, boquvchi asalari oila­siga beriladi.
Ona ari 16 kunda yyyetilib chiqadi. Lekin bir kunlik qurtcha tarbiyaga olingan bo‘lsa, unda ona ari yetishtirish uchun 12 kun vaqt kerak bo‘ladi. Ona ari chiqishi kuniga mo‘ljallab, yangi oila yaratish uchun nukleuslar tayyorlab qo‘yish kerak. Yyyetilgan onadonni yangi oilalarga tarqatib beriladi. Buning uchun yangi oilalarni bir kun oldin yyetimlatib qo‘yish kerak. Yyyetilgan onadonni vaqtida olib qo‘yilmasa, birinchi chiqqari ona ari boshqa onadondagi ona arini o‘ldiradi. Yyyetilgan onadonlarni tarqatib berish uchun nukleuslar tayyor bo‘lmasa, onadon­larni qafaschaga joylashtirib, shu tarbiyalovchi oilada, nukleuslar tayyor bo‘lguncha qoldirish kerak. Nukleus – bu urug‘li ona ari yetishtirish uchun kichkina ikki, uch ram­kali oilalardir.
O‘zbekistonda kuz faslida ham ona ari yetishtirsa bo‘ladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, kuzda olingan ona arilari bor oilalar yangi oilaga kam ajraladi. Bizning tajribalarimiz hududimizda ona ari olishning eng oxirgi muddati oktyabr oyi ekanligidan dalolat beradi. Tajribali asalarichilarimiz o‘lkamizdan zararkunanda qushlar uchib ketganidan keyin tarbiyalovchi oila tashkil qilishga kirishadi. Bunday oilalarni bir vaqt ichida uyani yyyetilgan nasl bilan kengaytirish usulini qo‘llab tashkil qilish yaxshi samara beradi.

Download 496.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling