Sun’iy yo‘l bilan ona ari yetishtirish
Download 496.5 Kb.
|
Она ари етиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asal md...
TUXUM QO‘YISHUrg‘ochi ari onadondan chiqqanidan keyin, erkak ari bilan xali juftlashish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. Onadondan chiqqaniga 3-4 kun bo‘lgan urg‘ochi ari, birinchi marta iskab uchishga chiqadi. Iskab uchishda urg‘ochi ari atroflarni eslab qoladi. Onadondan chiqqaniga 8-10 kun bo‘lganida, havo iliq vaqtida soat 12 dan 16 gacha erkak ari bilan uchrashuvga chiqadi. Urg‘ochi ari uyasidan 10 kilometr nariga uchib borib, o‘ntagacha erkak ari bilan havoda juftlashadi. Juftlashib bo‘lishganidan keyin, ona ari, erkak ari bilan birga yerga tushadi. Yerda ona ari, erkak aridan ajralib, uyasiga uchib ketadi. Erkak ari shu yerda nobud bo‘ladi. Bu uchish – nikoh uchishi deyiladi. Ona ari arixonaga qaytib kelganidan keyin, ikki sutka o‘tgach, tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochi asalari ko‘p yoki oz tuxum qo‘yishi ko‘pgina faktorlarga bog‘liq. Uning sertuxum bo‘lishi asosan: Yil fasli. Jinsiy a’zolarning tuzilish hususiyatlari. Uyaning to‘g‘ri kurilganligi va bo‘sh kataklar bo‘lishi. Tabiatda gulshira asal va gulchangining yetarli bo‘lishi. Urg‘ochi asalarining yoshi. Asalari oilasining kuchi va uyaning qish fasliga moslashganligi kabi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Ona arining jinsiy a’zosi ikkita katta tuxumdondan iborat. Tuxumdonlarning har birida 110 tadan 180 tagacha tuxum naychasi bo‘ladi. Bu naychalar ayrim xonachalarga bo‘lingan. Har qaysi naychasida o‘rta hisob bilan 13 tadan xonacha bor. Ari tuxumlari ana shu xonachada yetishadi. Tuxumlar dastlab tuxum naychalarining boshida vujudga keladi. Tuxum embrioni naycha bo‘ylab siljib, asta-sekin kattalashadi va yyetiladi. Yyetilgan tuxum naychadan tuxum yo‘liga o‘tadi. Ikkita tuxumdonga yarasha ikkita tuxum yo‘li bo‘ladi. Bular – juft tuxum yo‘li deb ataladi. Bu juft tuxum yo‘llari borib-borib bir-biriga tutashadi va umumiy yo‘lga – toq tuxum yo‘liga aylanadi. Tuxum ana shu toq yo‘ldan chiqadi. Juft tuxum yo‘llari tutashgan joyda kichkina pufakcha – urug‘don bor. Ona ari juftlashganidan so‘ng erkak arining urug‘i – spermatazoidi ana shu pufakchaga to‘planadi. Tuxumning oldingi uchida kichkina teshikchasi bor, erkak arining urug‘i – spermatazoidi tuxum ichiga ana shu teshikchadan kiradi. Ona ari tuxum qo‘yganida urug‘dondan spermatazoidlar aralashgan suyuqlik tomchisi chiqadi. Ona ari tuxumini mumkatakli ramkalarning katakchalariga qo‘yadi. Ona ari ikki xil tuxum qo‘yadi – urug‘langan va urug‘lanmagan. Ona ari tuxumi spermatazoid bilan qo‘shilsa urug‘langan deyiladi. Bu tuxumdan oziqa ta’sirida ishchi yoki ona ari yyetilib chiqadi. Tuxumga spermatazoid qo‘shilmasa urug‘lanmagan tuxum deyiladi. Urug‘lanmagan tuxumdan erkak ari yyetilib chiqadi. Ona arining urug‘langan va urug‘lanmagan tuxum qo‘yishi, mumli ka- takchalarning o‘lchaninga bog‘liq bo‘ladi. Katakchalarning o‘lchami 5,3-5,4 mm bo‘lganida, ona ari ishchi ari tuxumini qo‘yadi. Ona ari tuxum qo‘yish vaqtida, qorin uchini katakchaga tushirganida, tukchalari katakcha devorlariga tegib tushsa tuxum urug‘lanadi. Mumli katakchalarning o‘lchami 5,4 mm dan katta bo‘lsa ona ari tuklari tuxum qo‘yish vaqtida, katakchalarning devorchalariga tegmagani hisobiga urug‘lanmagan tuxum qo‘yadi. Shuning uchun asalarichilar, sun’iy mumparda sotib olayotganida katakchalarni o‘lchaninga e’tibor berishlari kerak. Shuningdek qari ona arining sperma qabul qilishi va saqlash organida sperma zaxirasi tugab qolganligi uchun ona ari urug‘lanmagan tuxum qo‘ya boshlaydi. Asalari tuxumi oq tusda, uzunchoq shaklda bo‘lib, ingichka uchi bilan mumkatak tubining o‘rtasiga yopishtiriladi. Tuxum rivojlangan sari yon tomonga qiyshayadi, uchinchi kun oxirida – katakchaning tubiga yarim oysimon yotadi va tuxum po‘sti yorilib, undan oq qurtcha paydo bo‘ladi. Ona, ishchi va erkak arilarning tuxumdan chiqqari qurtchalari birinchi uch kunlikda maxsus sut bilangina oziqlanadilar. Keyinchalik ishchi va erkak ari qurtchalarini gulchangi va asal aralashmasi bilan, onadonlardagi ona ari qurtchalarini esa faqat ona ari suti bilan boqadilar. Bu sutni ona ari suti deydilar. Qurtchalar tez o‘sadilar va ko‘p oziqa talab qiladilar. Tabiatdan oziqa kelmasa, asalarichi oziqa (shakar sharbati) berishi kerak. Asalari oilasi och qolsa, qurtchalarini tashqariga, yerga olib chiqib tashlaydilar. Qurtchalar o‘stirilganida arixona issiq bo‘lishi kerak. Arixonaning issiqlik darajasi pasayib ketsa, qurtchalarning rivojlanishi butunlay to‘xtab qoladi. Qurtcha o‘sayotgan vaqtida bir necha marta po‘stini al- mashtiradi. Qurtcha yyetilib bo‘lgandan keyin asalarilar qurtchalarni oziqlantirishni to‘xtatib, ularning boshlari katakchaning ochiq tomoniga joylashgan holatida katakchani mum bilan berkitadilar. Bu holatda qurtchalar yyetilib, qanotlari paydo bo‘lib, ari holatiga keladi. Qopqoqchalarini o‘zlari kemirib tashqariga chiqadilar. Asalarilar rivojlanishida tuxumli, qurtchali, gumbak oldi va gumbak bosqichlaridan o‘tadi. Lekin ona, ishchi va erkak arilarni bosqichlardan o‘tish davri bir necha kunga farq qiladi. Bu rivojlanish muddatlari ba’zan, ob-havo sharoitlariga, asalari oilasining quvvatiga va boshqa sharoitlariga qarab, ikki kungacha, undan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin. Sun’iy ona ari yetishtirishda necha kunligi qurtchalar tarbiyaga olinganligi katta ahamiyatga ega. Masalan: bir kunlik qurtcha tarbiyaga olingan bo‘lsa, undan ona ari yetishtirish uchun o‘n ikki kun vaqt kerak bo‘ladi. Ona ari yetishtirib, u yangi oilada tuxum qo‘ya boshlaguncha 26-27 kun o‘tadi. Tuxumdan ishchi ari chiqib gulshira yig‘ishga uchadigan bo‘lguncha 35-40 kun va erkak ari chiqib urg‘ochi ari bilan juftlashish jarayonida 35-36 kun o‘tadi.
Manba: mirishkor.uz Qiziq faktlar "Arizor.uz" axborot almashish tizimi va "Asalarichilik ensiklopediyasi" ilovalarini yuklab olish O'zbekiston asalarichiligining asosiy ko’rsatkichlari O... ASALARILAR- TABIAT MO`JIZASI Asal &md...Download 496.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling