Sun’iy yo‘l bilan ona ari yetishtirish


ONA ARINING YETILISH DAVRI GRAFIGI


Download 496.5 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi496.5 Kb.
#1630161
1   2   3   4
Bog'liq
Она ари етиш

ONA ARINING YETILISH DAVRI GRAFIGI


Shuni aytish kerakki, har bir oilada asal 10 kg dan kam bo‘lmasligi va har kuni kechqurun 200 g asal – perga aralashmasini solish kerak. Shunda uyadan yuqori sifatli ona ari olish mumkin.

ONA ARINI ALMASHTIRISH


Ona arilar urug‘langanidan keyin birinchi va ikkin­chi yillarda sertuxum bo‘ladi. Keyinchalik ularning tu­xum qo‘yishi susayadi. Shu sababli ona arilarni har ikki yilda almashtirib turish kerak.
Tuxum qo‘yishdan qolgan ona arilarni urug‘langan, urug‘lanmagan ona arilarga yoki yyetilgan onadonga almashtirish mumkin. Ona arini yangi oilaga o‘tkazish, eng qiyin ishlardan hisoblanadi.
Ona arini bahorda almashtirish osonroq bo‘ladi, chun­ki asalarilar tabiatdan shira va gulchangini zo‘r berib to‘playotganida yangi ona arini ham, boshqa asalarilarni ham, yaxshi qabul qiladilar. Ona arilarni oilaga muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun oilada yosh asalarilar ko‘p bo‘lishi kerak. Uyaga yosh ona arilarni kechqurun o‘tkaziladi, uni o‘tkazish vaqtida ari uyasiga tutun berib asalarilarni bezovta qilmaslik kerak. Yetimlatilgan oilaga yangi urug‘langan ona arini bir-ikki soat ichida o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi. Agar kechroq qolib berilsa asalarilar ona ari yetishtirish uchun qurtchalarni tarbiyaga olib onadon qurishni boshlab yuboradi, so‘ng o‘tkazilayotgan ona ari­ni qabul qilishlari ancha qiyinlashadi. Ona arilarni urushsiz ona arilar bilan almashtirish uchun oilaga usti berkitilgan, ona ari chiqishiga bir-ikki kun qolgan onadonni boquvchi oiladan qirqib olib berilsa, asalari­lar oson qabul qilishadi. Onadonni mumkatakli ramkaga yopishtirib yoki ikki ramka o‘rtasiga o‘rnatib bersa bo‘ladi. Bu usulda oilada tuxum qo‘yish 7-8 kunga to‘xtaydi.
Ona arisi olingan oilaga darrov urug‘li ona ari be­rilsa yaxshiroq bo‘ladi. Urug‘li ona arilar nukleusdan olib beriladi. Urug‘li ona arini asalarilar tezroq qabul qiladi. Almashtirilayotgan eski ona arini Ti­tov qafaschasiga solib, ona arining hidini singdirish uchun bu qafascha shu oila ichiga qo‘yilib 3-4 soat tutiladi. Bundan keyin qafaschadagi eski ona ari o‘rniga, yangi ona ari joylashtirilib, qafaschani ilgangi o‘rniga qo‘yiladi. Ertasi kuni kechqurun, asalariar uyasiga qaytib bo‘lganlaridan keyin, arixona ochilib, asalarilar yangi ona arini yoqtirgan yoki yoqtirmaganligi aniqlanadi. Asalarilar qafaschaga qo‘nib tinch o‘tirsalar va qafascha teshikchalaridan ona arini oziqlantirayotgan bo‘lsa, ona arini darrov qafaschadan chiqarish mumkin. Uni chiqarish uchun qafaschani pastki qopqoqchasini ochib unga mumparda yopishtiriladi. Yana qafaschani o‘z o‘rniga qaytarib qo‘yish kerak. Asalarilar mumpardani qirqib, Qafaschadan ona arini o‘zlari chiqarib oladilar.
Agar asalari oilasi qafaschadagi ona arini yoqtirmasa, qafascha oldiga to‘planib bezovtalansa, arixonani yopib bir sutka o‘tgach tekshirib ko‘rish kerak. Shundan keyin ham asalarilar ona arini yoqtirmaganligi aniqlansa, bu arixonada onadonlar yoki urug‘lanmagan yosh ona ari bor­ligini ko‘rsatadi. Agar bu urug‘siz ona ari katta va yaxshi rivojlangan bo‘lsa uni oilada qoldiriladi. Agar bu ona ari rivojlanmagan, kichik bo‘lsa, uni oiladan olib qafaschani yangidan arixonaga qo‘yish kerak. Ba’zari ari oilasi ona arini bir necha marta berilsa ham qabul qilmaydilar. Bu holatda arixonani ko‘chirib, boshqa yer­ga o‘rnatish kerak.
Eski o‘rniga darrov yangi arixona qo‘yiladi. Bu arixo­naga bir nechta zaxiradagi mumkatakli ramkalar va bitta usti berktilgan qurtchali ramka qo‘yiladi.
Ko‘chirilgan arixonadan katta asalarilar qaytib eski o‘rnidagi yangi arixonaga kiradilar. Ko‘chirilgan arixo­nada faqat yosh asalarilar qoladi va shu kuni kechkurun bu arixonaga qafascha bilan ona ari qo‘yiladi.
Ona arilarni «tinch almashuvi» bu mavsum ichida asala­rilar o‘zlarining qari onasini almashtirib oladilar.
Ona ari almashtirish uchun onadonlarni berish qoidalari:
Asalarilar yyetilgan onadonni yaxshi qabul qilishlari uchun onadonni, qari ona oiladan olinganidan keyin 2-3 kun o‘tgach berish kerak.
Qari urug‘langan ona arini urug‘lanmagan ona ari bilan almashtirish qoidalari:
Urug‘lanmagan ona arini onadondan chiqishi uchun boshqa oilaga o‘tkazish;
asalarilar tabiatdan gulshira olib kelayotgan davrida ona ari o‘tkazish kerak. Tabiatda shira bo‘lmasa, 1/1 shakar berib turish;
urug‘lanmagan ona arini kechqurun, asalarilar uchishi to‘xtaganidan keyin o‘tkazish;
urug‘lanmagan ona arini, qari ona ari olingandan keyin 3 kun o‘tkazib, oila ichidagi qurila boshlangan onadonlarni olib tashlab keyin o‘tkazish;
yosh urug‘lanmagan ona arini quyoshli iliq kunda be­rish;
ona arini qafaschaga solib berish;
urug‘lanmagan ona arini qafaschada 1-2 sutka ushlab, keyin shu oila asalini surtib chiqarish kerak.
Urug‘langan qari ona arini urug‘langan yosh ona ari bilan almashtirish uchun quyidagi qoidalariga amal qilish kerak:
Asalari oilasidan qari urug‘langan ona ari olin- ganidan ikki soat keyin urug‘langan yosh onani o‘tkazish;
yosh urug‘langan ona arini qalpoqchaga yoki qafaschaga solib, qurtchali ramkalar orasiga berish;
qalpoqcha ostida yoki qafaschada ikki sutka ushlab, keyin ona arini ochiq qurtchali ramkaga chiqarib yuborish.

Download 496.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling