Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi


Download 53.35 Kb.
bet3/7
Sana14.11.2023
Hajmi53.35 Kb.
#1772608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-leksiya 3

Surtmalar. Bu dori turlari boshqa maxalliy ishlatiladigan dori vositalariga nisbatan yuqori qulaylik va imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular o‘z navbatida gidrofob, adsorbsion va gidrofil surtmalarga bo‘linadi.
Gidrofob surtmalar. Bu surtmalar uglevodorodli asoslar (vazelin, vazelin moyi, parafin) yordamida tayyorlanib, tarkibida boshqa turdagi lipofil xossali yordamchi moddalarni ham saqlashi mumkin (o‘simlik va hayvon moylari, mumlar, sintetik glitseridlar va suyuq polialkilsiloksanlar). SHuningdek, ularni tarkibida juda kam miqdorda suv yoki dori moddalarining suvli eritmalari ham bo‘lishi mumkin. Gidrofob surtmalar ishlatilish davrida yutilish (xavo bilan muloqotni to‘xtatish), suv bilan qiyin yuvilish, eksudatlar bilan qiyin aralashish va terini bo‘shashtirish xossalariga egadir.
Absorbsion surtmalar. Bu surtmalar ham gidrofob xossali bo‘lib, teriga surtilish davomida eksudatni o‘ziga absorbsiyalash (emulgirlash)xossasiga ega bo‘ladi.
Gidrofil surtmalar. Bu surtmalar giperosmolyar xossali bo‘lib, ular katta miqdordagi eksudatlarni absorbsiya qilish imkoniyatiga egadir.
Surtmalarni farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlash texnologiyasi.
Farmatsevtik ishlab chiqarishda suvda yoki asosda eriydigan yoki erimaydigan aralash holatdagi surtmalarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlatiladigan asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlash lozim. Surtmalarni korxona sharoitida ishlab chiqarishning o‘ziga xos tomonlari, me’yoriy xujjatlar tomonidan belgilangan, kamida 2 yillik saqlanish muddatidagi turg‘unligini ta’minlash imkoniyatini beradigan sexlarda, murakkab texnologik jarayon va asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlash asosida amalga oshirish lozim.
Surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasida quyidagilar asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi:

  • dori moddasinnig disperslik darajasi,

  • dori moddasini asos tarkibiga kiritish usuli,

  • tarkibga kirgan komponentlar va aralashtirish tartibi va tezligi,

  • haroat rejimi va boshqalar.

Bu omillar surtmalarning konsistensiyasi, reologik xossalari, bir xilligi, saqlanish davomidagi turg‘unligi va farmakoterapevtik samaradoriligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Kimyo-farmatsevtika korxonalarida surtmalarni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat bo‘ladi:

  • ishlab chiqarishni sanitar holatini ta’minlash,

  • xom ashyo va materiallarni tayyorlash (dori modda, asos, qadoqlovchi material, idishlar va boshq),

  • dori moddasini asos tarkibiga kiritish,

  • surtmani gomogenizatsiyalash,

  • tayyor mahsulotni standartlash,

  • tayyor mahsulotni qadoqlash, o‘rash va jihozlash.

Bu jarayonlardan tashqari surtmalarni murakkab tarkibli texnologiyalarida yana boshqa qo‘shimcha jarayonlardan ham foydalanish mumkin. Lekin shunga qaramay butun sodir bo‘ladigan texnologik jarayon boshidan-oxirigacha qattiq nazoratga olinadi. “Ishlab chiqarishni qayta ishlash” jarayoni xodimlarni sog‘liqlarini saqlash, samarali mexnat qilish shart-sharoitini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, tashish davomida mikroblarga nisbatan turg‘unligini ta’minlashga qaratligan.
Asosni tayyorlash jarayoni asosni eritish va mexanik aralashmalardan tozalash uchun filtrlashdan iborat. Asosning tarkibiy qismlari (vazelin, lanolin, mum, emulgator №1, 2, emulsion mum, polietilenoksid 1500 va boshqalar). EK-40, EK-60, EK–125, EK-250 markali yoki PK-125, va PK–250 par ko‘ylakli elektr qozonlarida eritiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra silindr yoki sferik o‘rinishda bo‘lishi mumkin. Erigan asoslar qozonning jo‘mragi orqali quyib olinadi. Elektr qozonlar misdan yoki po‘latdan tayyorlanib ichki yuzasi qalay yoki emal bilan qoplangan bo‘ladi. Bu qozonlar ishlab chiqarish uchun yordamchi asbob-uskunalar xisoblanadi. Eritilgan asos issiq xolatda o‘tkazuvchi trubalar orqali surtma tayyorlovchi reaktorlarga o‘tkaziladi. Bu reaktorlarda asos va dori moddasinnig yaxshi aralashini ta’minlash uchun turli xildagi nasos qurilmalardan foydalaniladi. YUqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan eritmalarni aralashtirishda mahsus nasoslardan foydalaniladi.

Download 53.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling