Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi
Korxona sharoitida surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish
Download 53.35 Kb.
|
12-leksiya 3
Korxona sharoitida surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
Surtmalar ishlab chiqarishni xozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish, surtmalarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, yangi texnik asbob-uskuna va apparatlarni farmatsevtik ishlab chiqarish amaliyotiga olib kirishni taqozo etadi. XX asr oxirlariga kelib surtmalar nomenklaturasi 20-30% ga ortdi. Endilikda, steroid gormonal preparatlar, antibiotiklar va qsimlik ekstraktlaridan surtmalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Virusli infeksiyalar, rak kasalliklari va yurak qon tomir kasalliklarini, shuningdek markaziy nerv sisitemasi va boshqa kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan surtmalarning yangi-yangi tarkiblari va mavjud texnologiyalarni takomillashtirish borasida tadqiqotlar davom etmoqda. Surtmalarning maksimal darajada terapevtik samaradorligini saqlab qola oladigan yordamchi moddalarni sintez qilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada birinchi o‘rinda yuqori molekulyar birikmalar, shuningdek monomer sintetik moddalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlanishi surtmalar, linimentlar va pastalarni –50S dan +40S gacha bo‘lgan haroratga chidamli bo‘lishini ta’minlamoqda. Surtmalarning farmakokinetik faolligiga dori moddasining disperli darajasi, tanlangan asosning tabiati, tarkibidagi sirt faol moddaning miqdori va ko‘pik xosil qiluvchilarning (penetratov) to‘g‘ri ta’sir qilishi tajribalar orqali isbotlangan. Transdermal tizimlar saqlovchi surtmalar texnolgiyasini ishlab chiqish, hozirgacha surtmalar texnologiyasida dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, quruq asoslar yordamida quruq surtmalar texnologiyasini ishlab chiqarish ham surtmalar ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. Yana kasb kasalliklarida allergenlar faoliyatini to‘xtatadigan yoki yo‘q qiladigan selektiv moddalardan surtmalar texnologiyasini ishlab chiqish masalasi ham dolzarb bo‘lib turibdi. Surtmalardan foydalanib organizmni vaksinatsiya qilish xam mumkin (diagnostik surtmalar). Fransiyada ospaga qarshi surtma dori orqali vaksinatsiya qilish patentlangan bo‘lib, u o‘z tarkibida liofilizatsiyalangan virusni, yuo‘ori qovushqoqlikka ega bo‘lgan silikonli moydagi dispersiyasini saqlaydi. Tuberkulin surtmasi yordamida kasalni perkussiya qilib (barmoq bilan urib) tashxis qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ana shunda surtma surtilgan maydonda uch xil darajadagi reaksiyani kuzatish orqali tuberkulyozga tashxis qo‘yiladi. Surtma ko‘rinishidagi dori shakllari, boshqa turdagi dori shakllariga nisbatan samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. Masalan rektal surtma ko‘rinishida organizmga kiritilgan teturam, kukun xolida, og‘iz orqali qabul qilingan teturamga nisbatan 2 marta tez qonga so‘riladi. Shuningdek, ko‘zning ichki bosimini oshirishda ishlatiladigan 1% li fetanol-pilokarpin surtmasi uning 3-5% li eritmalariga nisbatan samaraliroq. Shunday bo‘lsada, surtmalarni bir qator fizik-kimyoviy va biologik tizimlar hamda mikroorganizmlar bilan mos kelmasligi echimini topmagan masala bo‘lib qolmoqda. Yiringli yaralar, jarrohlik infeksiyalari, autodermoplastik kasalliklarda ishlatiladigan surtmali bog‘lamlarni ishlab chiqarish surtalar texnologiyasida dolzarb masalalardan biridir. Bunday bog‘lamlar gigienik bo‘lib, yaralardagi eksudatlarni tez va to‘liq bartaraf etishga yordam beradi. “Krasnaya zvezda” nomidagi Xarkov kimyo farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasida, etilenglikolnnig polimerizatsiya xosilalari – suyuq va qattiq polietilenoksidlar sintez qilingan bo‘lib, ular surtmalar, suspeziyalar, shamchalar va pastalar texnologiyasida keng ko‘lamda ishlatish mumkin bo‘lgan gidrofil asos komponentlari suvsiz eritmalar va solyubilizatorlardan iborat. Ukraina ishlab chiqarish sanoatini rivrjlantirish va to‘g‘ri tashkil qilish uchun, polidietil va polidimetilsiloksanli eritmalar, kremniyning organik birikmalari, ftal kislotasi va yuqori molekulali yog‘ spirtlari, shuningdek oksietillangan xosilalaridan, surtmalar texnologiyasida, gidrofob asos sifatida foydalanishga ruhsat etilgan [3-6]. Download 53.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling