Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi
Dori moddasini asos tarkibiga kiritish
Download 53.35 Kb.
|
12-leksiya 3
Dori moddasini asos tarkibiga kiritish, agar dori moddasi surtma tarkibiga suspenziya xolida kiritiladigan bo‘lsa, dori moddasini maydalash va elash, agar emulsiya xolatida kiritiladigan bo‘lsa, dori moddasini suvda eritish yoki surtma asosining komponentlarida eritish orqali amalga oshiriladi. Agar surtma aralash holatdagi surtama tayyorlash texnologiyasi bilan tayyorlansa yuqoridagi har ikki jarayon ham amalga oshiriladi.
Dori moddasi bilan asosni o‘zaro bir-biri bilan aralashtirishda yakorli, grabelli yoki planetarli yaralashtirgichlardan foydalaniladi. Angliyaning “A.Djonson i Ko” firmasi “Yunitron” nomi bilan universal aralashtirgichni taklif etgan. Bu aralashtirgichlar yordamida xar doim bir xil taqsimlangan surtmalarni olish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham, surtma tayyorlashda dori va yordamchi moddalar oldinda diskli, valli va toshli surtma ezadiganlardan foydalaniladi. Diskli surtma ezadiganlardan ikkita diskdan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-bir bilan o‘zaro ustma-ust ko‘rinishda, gorizontal tarzda joylashgan. Pastki diskni aylanuvchan, yuqorigi disk esa surtmani uzatib teruvchi voronkaga maxkamlangan bo‘lib xarakatlanmaydi. Varonkaga aralashtirgich yoki qistirgich o‘rnatilgan bo‘lib, ular surtmani disk yuzasiga surtilish davomiyligini ta’minlaydi. Diskli surtma ezadiganlardan ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 50-60 kg ga teng. Valli mazotyorka ikkita yoki uchta parallel yoki gorizontal joylashgan aylanuvchi yupqa yuzali valdan iborat. Ular forfor, vulqonlardan chiqqan qattiq shishasimon tog‘ jinsi, yoki metalldan tashkil topgan. Surtmalarga optimal xaroratni yaratish uchun valning ichki qismiga trubalar orqali issiq suv yuboriladi. Vallar xar xil aylanish tezligida xarakat qiladi (6,5 – 16 va 38 ay/daq.) Val jarayon nixoyasida tebranma xarakat qiladi. Vallarning aylanish tezliklari maxsus shesterna orqali boshqarib turiladi. Maydalash jarayon uchta asosiy jarayondan iborat: qattiq zarrachalarni vallar orasida urilish yoki siqilish jarayoni, yanchish orqali doimiy kuch davomiyligida, valni katta aylanish tezligida ezib maydalash jarayoni, uchinchi valni o‘z o‘qi atrofida aylanishi xisobiga vallar orasidagi bo‘shliqni kengayib torayishini ta’minlash jarayoni . Bu mazotyorka ximoya qurilmasiga ega bo‘lib, vallar orasiga biron bir jism tashqaridan tushganda u avtomatik tarzda to‘xtaydi. Uning ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 50 kg ni tashkil qiladi. Amorf moddalardan surtmalar tayyorlashda (oltingugut, rux oksidi, kraxmal va boshq.) RPA qurilmasidan foydalaniladi. Bunda yuqoridagi dori moddasini oldindan maydalash jarayoni bajarilmaydi. Mustaxkam kristall panjaradan tashkil topgan dori moddalardan surtmalar tayyorlashda (borat kislotasi, streptotsid) ularni oldindan qisman maydalanib so‘ng, RPA qurilmasiga solinadi. Xar ikki xolatda ham bu qurilma orqali surtmalarni tayyorlashda vaqt, elektr energiyasi sezilarli tarzda tejaladi. SHuningdek, surtmalarni an’anaviy usul bo‘yicha tayyorlashga nisbatan yordamchi moddalar miqdori ancha kamayadi. Surtmalarni tayyorlash jarayoni davriy yoki uzluksiz bo‘lishi mumkin. Davriy jarayon ko‘p bosqichli bo‘lib, u asbob-uskunalarning soni va ishlash ketmaketligiga bog‘liq [1,2]. Download 53.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling