Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi


Download 53.35 Kb.
bet1/7
Sana14.11.2023
Hajmi53.35 Kb.
#1772608
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-leksiya 3


12-ma’ruza.
Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi.
Reja



  1. Surtmalarning ta’rifi, tavsifi va tasnifi.

2. Surtmalarni korxona sharoitida ishlab chiqarish.
2.1. Tayyorlash jarayonlari
2.2. Asbob-uskunalar
3. YuDShning sifatini baholash


Tayanch so’z va iboralar: surtma, liniment, krem, pasta, gel, asos, valli mazetyorka, aralashtirgich.
Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarni YUDShning ta’rifi, tavsifi va tasnifi bilan tanishtirish. YuDSh korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasi. Tayyorlash jarayonlari va ishlatiladigan asbob-uskunalar.
Ajratilgan vaqt - 2 soat.

Surtmalar DF ga rasmiy dori shakllari ko‘rinishida kiritilgan bo‘lib, teriga, yaralarga va silliq qavatlarga surtish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda barcha farmakologik guruhlarga mansub bo‘lgan dori moddalaridan surtmalar tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘lib, ayniqsa antiseptik vositalar, sulfanilamidlar, gormon preparatlar, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug‘larni davolashda ishlatiladigan dorilar asosida surtmalar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan.


Dispers tizimiga ko‘ra yumshoq dori shakllari gomogen (qotishmalar va eritmalar) va geterogen (suspenzion, emulsion va aralash), konsistensiyasiga ko‘ra surtmalar, pastalar, kremlar, gellar va linimentlarga bo‘linadi.
Qo‘llanilishiga qarab surtmalar dermatologik, uretral, burun, ko‘z, rektal va vaginal surtmalarga bo‘linadi. Surtmalarni bunday tarzda tasniflanishi ularni texnologik va biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, qaysiki bunda, yaralarni sirtini qoplash uchun mo‘ljallangan surtmalarni aseptik sharoitda, ko‘z uchun mo‘ljallangan suspenzion tipdagi surtmalarni esa dori va yordamchi moddalarni maksimal darajada dispersligini oshirgan xolda tayyorlashni taqozo etadi. Shuningdek, tanlangan texnologik jarayon biofarmatsevtik nuqtai nazardan ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

Download 53.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling