Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi
Download 53.35 Kb.
|
12-leksiya 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surtmalarning saqlanishi.
Surtmalarni o‘rash va qodoqlash.
Tarkibida suv va uchuvchan komponentlar saqlaydigan surtmalar ularni parlanishini oldini oladigan idishlarga qadoqlanadi. Surtmalarni qadoqlashda shisha, chinni, polimer (polistirol) bankalardan (hajmi 10, 20, 30, 50 yoki 100 ml bo‘lgan, og‘zi burama qopqoq bilan yopiladigan) foydalaniladi. Angro surtmalarni qdoqlashda hajmi 50-100 kg bo‘lgan yog‘och bachoklardan, hajmi 5, 10 va 20 kg bo‘lgan tunuka yoki shisha ballonlarga qadoqlanadi. Surtmalar shnekli yoki porshenli dozalarga bo‘luvchi mashinalar orqali qadoqlanadi. Xozirgi zamon farmatsevtik ishlab chiqarish texnologiyasida surtmalarni tyubiklarga qadoqlash urf bo‘lgan. Tyubiklar boshqa qadoqlovchi idishlarga nisbatan qulay va gigienik talablarga to‘liq javob beradi. Surtmalar plasmassalardan tayyorlangan tyubiklar yoki A6 va A7 markali alyuminili metall tyubiklarga qadoqlaniladi. Tyubiklarning ichki tomoni FL-559 markali lak bilan qoplangan bo‘ladi. Tashqi tomoni esa jihozlash uchun qulay bo‘lgan emal bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Tyubiklarni tayyorlash uchun polimer maxsulot sifatida past va yuqori zichlikka ega bo‘lgan polietilen, polipropilen, polivinilxloridlardan foydalaniladi. Qadoqning germetikligini ta’minlash uchun tyubikning og‘zi yupqa alyuminiyli qatlam bilan qoplanadi. Tyubiklarni surtmalar bilan to‘ldirishda chiziqli va aylanma tipidagi avtomatlardan foydalaniladi. Masalan, Colibri “GA-40”, “GA-85” (Italiya), A-85, shuningdek, Germaniyaning Ivka firmasi tomonidan ishlab chiqilgan TI-23, TF-24, TF-51, “Gofliger – Karg” firmasining tuboto‘ldiruvchi “Rossi” markali mashinasi, metall, polietilen va polivinilxloridli tubalarga surtmalarni qadoqlovchi Shvetsiyaning “Arenko” firmasining “Arencomatic-1000” va “Arencomatic-2000” shular jumlasidandir [1,2]. Surtmalarning saqlanishi. Surtmalar turi, tayyorlash texnologiyasi va qadoqlash turidan qat’iy nazar yorug‘lik nuridan ximoya qilingan xolda, salqin joyda saqlanadi. Oshlovchi moddalar, yod va simob saqlagan surtmalar metall buyumlardan uzoqda saqlanishi lozim. Emulsion surtmalar va emulsion asoslarda tayyorlangan surtmalar idishlarga to‘la xolda qadoqlanib saqlanadi (suvni parlanishini oldini olish maqsadida). Shuningdek, harorat 0S dan pasayishi yoki 30-40S haroratdan ortishi mumkin emas. Moyli asoslarda tayyorlangan surtmalar imkon darajasida past haroratda saqlanadi. Shuningdek, termolabil moddalardan tayyorlangan surtmalar ham xuddi shudday sharoitda saqlanishi lozim. Download 53.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling