Surtmalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi


Download 53.35 Kb.
bet2/7
Sana14.11.2023
Hajmi53.35 Kb.
#1772608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-leksiya 3

Surtmalarning ishlatilishi:
- teri va silliq qavatlarni tashqi muhit ta’siridan himoya qilishda;
- kuyganda yoki sovuq urish natijasida hosil bo‘lgan yaralarni davolashda;
-teri kasalliklarida ularni mahalliy davolash yoki dori moddasini limfa tomirlari orqali qonga so‘rilib, xar xil patologik jarayonlarga umumiy ta’sir qilishini ta’minlash uchun;
-organizmning bo‘shliqlarida yuzaga keladigan kasalliklarni davolashda;
-to‘g‘ri ichak kasalliklarini davolashda va shilliq qavat orqali dori moddalarini organizmga rezorbtiv ta’sirini ta’minlash uchun;
-ko‘z va burun kasalliklarida;
-kosmetik maqsadlar uchun (terini yumshatish, pigmentativ dog‘larni teridan tozalash, terini oziqlantirish)
Surtmalar dori va yordamchi modda – asosdan tashkil topgan. Uning tarkibidagi dori moddasining soniga qarab surtmalar oddiy yoki murakkab, yordamchi moddalarning fizik kimyoviy xossalariga qarab esa bir, ikki yoki ko‘p fazali bo‘lishi mumkin. Ba’zi yordamchi moddalar bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani ham bajaradi ya’ni yumshatuvchi, namlovchi, ko‘pik hosil qiluvchi va aralashtiruvchi bo‘lib ham xizmat qiladi. Korxona sharoitida surtmalar ishlab chiqarishning 11%ni tashkil qiladi. Surtmalarni tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishda, qadoqlashda, saqlashda, tashishda va qo‘llanilishida doimo ularning mikrobiologik tozaligini saqlab qolish choralari ko‘rilishi shart. Ularning bu ko‘rsatkichi qo‘shimcha tarzda surtma tarkibiga konservantlarning kiritilishi yoki ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish bilan ta’minlanadi. Ochiq yaralarni davolash yoki terining kuchli zararlangan maydonlari uchun mo‘ljallangan surtmalar tarkibiga kiritilgan konservantlar albatta steril bo‘lishi kerak. Surtmalarga qo‘yilgan talablardan yana biri ularni tayyorlash, saqlash va qo‘llash davomida bir xilligini (dori va yordamchi moddalarni bir xil aralashganligi va fizik jihatdan turg‘unligi) ta’minlashdir. Agar texnologik jarayon davomida surtmalarni bir xilligi buzilgan bo‘lsa mahsus namuna olish yo‘li orqali tanlangan surtmalar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdori aniqlaniladi.
Dori va yordamchi moddalarni dispersligini oshirish bilan tayyorlanadigan surtmalarda modda zarrachalarining o‘lchamlari alohida nazoratga olib boriladi.
Surtma tarkibi va texnologiyasi uchun asoslarni tanlashda quyida keltirilgan talablarga: surtmaning terapevtik samaradorligi, zararsizligi, dori moddasi bilan o‘zaro mos kelishganligi, ularning reologik, fizik-kimyoviy xossalari, mikrobiologik turg‘unligi va saqlanish muddatiga ta’sir etmasligiga qarab tanlanash lozim.
Surtmalar texnologiyasida ishlatiladigan asoslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • zaruriy reologik, fizik-kimyoviy xossalari va yaxshi surtilish, yuvilish xossalariga ega bo‘lishi,

  • dori moddasi bilan o‘zaro muttanosib va yaxshi absorbsiyalash xossasiga ega bo‘lishi, tashqi muhit ta’siridan o‘zgarmasligi va dori moddalarining suvdagi eritmalarini yaxshi qabul qilishi,

  • farmakologik nuqtai nazaridan indifferent, terini qitiqlamasligi va sezuvchanligiga, shuningdek terining boshlang‘ich pH ko‘rsatkichiga (3-4) ta’sir qilmasligi,

  • mikroorganizmlar yashashi va ko‘payishi uchun sharoit tug‘dirmasligi,

  • qo‘llash uchun ko‘zda tutilgan maqsadga to‘g‘ri kelishi kerak.

Bugungi kunga kelib, surtmalar uchun aloxida moddalardan tashqari bir necha xildagi asoslardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Ular murakkab tizimli fizik-kimyoviy tuzilishlarga ega bo‘lib, ularning katta miqdordagi assortimenti surtmalarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha turlicha tasniflanishiga sabab bo‘lmoqda.

Download 53.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling