Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv
Download 129.26 Kb.
|
СЮЕ методичка лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maksimal doza
Jadval 4. YuSEni davolash uchun BAB dozalari (mg × qabul qilish karrasi).
* – tana vazni > 85 kg bo‘lgan bemorlarda, maksimalnaya doza – 50 mg × 2. Dozalar sekin-astalik bilan, terapevtik tarzda ko‘rsatilgan optimal dozaga yetib borguncha oshirib boriladi (har 2 haftada 1 martadan tez bo‘lmagan holda, shubhali ko‘tarolishlikda va ABning haddan tashqari pasayishida esa bir oyda 1 marta). Xuddi AAFI dagi kabi esda tutish kerakki, har bir bemorda BABning optimal dozasi bo‘ladi, u YuQTning <70 zarb/daqiqagacha bo‘lgan pasayishi bilan aniqlanadi. Faqatgina YuQT pasayishi (BAB dozasi va dastlabki YuQT soni emas) davolash samaradorligini aniqlab beradi. YuQTning har 5 ta zarbga pasayishiga YuSE mavjud bemorlarning 18% ga o‘lim xavfi kamayishi to‘g‘ri keladi. Uzoq vaqt BABni qo‘llash sharoitida YuSE qo‘zishi holatlarida boshqa terapiyani (diuretiklar, AAFI yoki ARNI, yurak glikozidlari) optimallashtirishga urinish, to‘la bekor qilishdan voz kechib, BAB dozasini kamaytirish kerak. BABni bekor qilish YuSE kechishining og‘irlashishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham faqat yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga mos holda davolashni davom ettirish imkoni bo‘lmagandagina BABni bekor qilish amalga oshiriladi. Ahvol barqarorlashtirilgandan keyin BAB bilan davolash kichik dozalardan boshlangan holda tiklanishi mumkin. B-CONVINCE tadqiqotlarida ko‘rsatilganki, YuSE qo‘zishi holatlarida BABni bekor qilish bashorat yaxshilanishiga olib kelamydi, ushbu sinf preparatlarini optimal tarzda qo‘llashga qaytish esa faqat cho‘ziladi. Shunday qilib, o‘lim va qayta gospitalizatsiya xavfini kamaytirish maqsadida BAB AAFI (ARA) yoki ARNI va AMKR bilan birgalikda ChFpYuE va ChFoYuEli barcha bemorlarda qo‘llaniladi. AAFI va BAB ta’sir mexanizmlari bois bir-birining samaralarini to‘ldirib boradi, va ushbu guruh dori ovsitlaari bilan olib boriladigan terapiya ChQ ChF pasaygan va YuSE mavjud bemorlarda imkoni boricha erta boshlanishi lozim. AAFIning ijobiy samaralarini to‘ldirib, BAB ChQ remodellanishiga va ChQ ChFga ancha ifodalangan ta’sir ko‘rsatadi. BAB shuningdek, antiishemik samaraga ham ega, to‘satdan o‘lim xavfini pasaytirishda ancha samarali, va ularni qo‘llash har xil sabablarga oid YuSEga ega bemorlar o‘limining tez kamayishiga olib keladi. Xuddi AAFI kabi, BAB boshdan o‘tkazilgan MIdan keyingi va ChQning sistolik disfunksiyasi mavjud bemorlarda o‘lim xavfini kamaytirish va YuE simptomlari rivojlanishini oldini olish uchun tavsiya etiladi. 70> Download 129.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling