Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi


Surxondaryo viloyati tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish


Download 174.45 Kb.
bet6/16
Sana17.06.2023
Hajmi174.45 Kb.
#1537680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Surxdondaryo

Surxondaryo viloyati tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish
Viloyatda 92 kasalxona (8715 oʻrin), 366 poliklinika, ambulatoriya va boshqa tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultatsiya markazi, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qishloq vrachlik punkti, 398 feldsher-akusherlik punkti, 19 qishloq uchastka kasalxonasi, 73 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vrach (har 10 ming aholiga 24 vrach), 17,6 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.
Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz boʻlimi (140 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (340 oʻrin) tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan.
Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz faoliyatida AQShning Projekt Xoup, Karelift Interneyshnl, Kauntepart Interneyshnl tashkilotlari bilan uzviy aloqalar bogʻlagan.
Oʻrta Osiyo xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) tomonidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, sil kasalligini davolash va uni oldini olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. Surxondaryo viloyatida Xonjiza dam olish uyi, „Jayronxona“, „Uchqizil“ balneologik kurorti, bolalar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi „Hazorbogʻ“ sanatoriysi ishlab turibdi.
Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Surxondaryo viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha har xil darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, dzudo, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Surxondaryodan kurash boʻyicha Jahon va Osiyo chempioni, Hakim at-Termiziy, Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar gʻolibi Toshtemir Muhammadiyev, xalqaro Hakim at-Termiziy turniri gʻoliblari Oʻrol Toʻrayev, Rustam Ergashev, Erali Mamarasulov; bir qancha xalqaro turnirlar gʻolibi, Antaliya musobaqasi jahon chempioni Mahtumquli Mahmudov, dzudo boʻyicha Osiyo chempioni, kurash boʻyicha xalqaro turnirlar gʻolibi Abdulla Tangriyev kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. Surxondaryo viloyatida zamonaviy sport inshootlaridan „Kurash saroyi“, stadion, „Delfin“ suv havzasi, „Alpomish“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti mavjud. Surxondaryo viloyatida bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi (2004).
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Surxondaryo qadimdan shoir va ulamolar, baxshilar toʻplangan vohalardan biridir. Bu zaminda xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot rivojlanib kelgan. „Alpomish“ dostoni yaratilgan makon sifatida shu vohada bayram qilinishi, 40 dan ortiq „Termiziy“, 10 dan ortik, „Chagoniy“ taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy-adabiy merosi buni toʻliq isbotlaydi.
Eski Termizda islom nazariyotchisi, muhaddis Hakim at-Termiziy yashab ijod qilgan. „Ilal ash-shariat va xatm ul-Asliyot“ asari islom nazariyotchilari tomonidan eng koʻp eslanadigan kitoblardan biri. Boshqa muhim asarlari „Kitob annahi“ („Yoʻriqnoma kitobi“), „Kitob al-furuh“ („Ollohdan qoʻrquvchilar haqida kitob“), „Navroʻznomai Xoja Hakim Termiziy“.U Abu Ali al-Juzjoniy, Abu Bakr Varroq va boshqa mashhur olimlar ustozidir. Andalusiyalik yirik islomshunos Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165—1240) oʻzini Hakim Termiziyning shogirdi deb hisoblagan.
Surxondaryo viloyatida yashagan mashhur muhaddis Imom Termiziy hadislarni toʻplab bir qancha asarlar yaratgan. „AlJomiʼ assahih“ yoki „Sunani Termiziy“, „Kitob al-ilal“, „Kitob azzuxd“ va boshqa shular jumlasidandir. U Imom Buxoriyning mashhur shogirdi va izdoshi hisoblanadi.

Download 174.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling