Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi


Surxondaryo viloyati kiritilayotgan investitsiyalar va ularning hududiy tarkibini tahlil qilish


Download 174.45 Kb.
bet5/16
Sana17.06.2023
Hajmi174.45 Kb.
#1537680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Surxdondaryo

Surxondaryo viloyati kiritilayotgan investitsiyalar va ularning hududiy tarkibini tahlil qilish
Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan.
Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligini taraqqiy topishi, tovar pul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorlik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi hududi III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, V-VIII asrlarda Toxariston tarkibida, keyin Turk xoqonligi qoʻl ostida boʻldi.
667-yilda arablar dastlab Chagʻoniyon va Termizga hujum qilib bu shaharlarni faqat VIII asrning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston janubidagi yerlar Pa.gacha Chagʻoniyon davlati qoʻlida boʻlgan. XI asrda Chagʻoniyon va Termizni egallash uchun Gʻaznaviylar va Qoraxoniylar oʻzaro kurashadilar. Termiz Gʻaznaviylar davlatiga qoʻshib olinadi, soʻngra Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻladi. 1220-yilda moʻgʻullar bosib oldi. 1370-yildan Amir Temur saltanati tarkibiga kirdi. Surxondaryo koʻhna tarixi, qadimgi madaniyati, yodgorliklari bilan mashhur.
Surxon vohasidagi olimlarning koʻpchiligi „Termiziy“ taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular tarix, geografiya, falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. Hakim at-Termiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok Termiziy va boshqa allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.
Viloyatda 2003-2004-oʻquv yilida 827 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 litsey, 4 gimnaziyada 517,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2003-yilda „AKSELS“ xalqaro tashkilotining „Oʻqishga aʼlochilik dasturi“ tanlovida viloyatning gʻolib chiqqan oʻquvchilari oʻqishni xorijda davom ettirmoqdalar. 2004-yilda ham taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilib „AYREKS“ xalqaro tashkilotining „Butun olam Sizning sinfingizda“ tanlovida Termiz tumani oʻquvchilari respublika gʻolibi boʻlishdi.
1998—2003-yillarda 35 ta kasb-hunar kolleji va 2 akademik litsey qurilib foydalanishga topshirildi. Bu oʻquv muassasalarida 80 dan ortiq mutaxassislik boʻyicha taʼlim-tarbiya berilmoqda. Viloyatdagi 5 oʻquv yurtida 9,9 ming oʻquvchi oʻqiydi. 16 bolalar musiqa maktabida 1443 oʻquvchi, 1 oliy oʻquv yurti (Termiz davlat universiteti)da 6,5 ming talaba bilim olmoqda. Surxondaryo viloyatida Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Janubiy Oʻzbekiston subtropik oʻsimliklar seleksiyasi stansiyasi faoliyat kursatadi. Surxondaryo arxeologiya muzeyi, Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, musiqali drama teatri, bolalar qoʻgʻirchoq teatri mavjud. 413 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3,6 mln. nusxa), 146 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, bolalar bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi, yoshlar majmui, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat uslubiyat markazi bor. 4 xalq drama teatri, 2 qoʻgʻirchoq xalq teatri, 10 ashula va raqs dastasi, 6 folklor etnografik xalq dastasi, milliy dorbozlar guruhi va boshqa madaniy muassasalar ishlab turibdi. Jumladan, Boysun tumanidagi „Shalola“, Shoʻrchi tumanidagi „Kumush tola“, Uzun tumanidagi „Rohat“ ashula va raqs xalq dastalari Buyuk Britaniya, Turkiya, Afgʻoniston va Hindistonda boʻlib oʻtgan xalqaro festivallarda ishtirok etishgan.
Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston xalq rassomi Roʻzi Choriyev, Oʻzbekistonda sanʼat arbobi Mansur Ravshanov, Oʻzbekiston xalq baxshilari Sh. Boltayev va A.

Download 174.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling