Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi


Denov tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish


Download 174.45 Kb.
bet8/16
Sana17.06.2023
Hajmi174.45 Kb.
#1537680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Surxdondaryo

Denov tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish
Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi meʼmoriy, 39 tasi monumental sanʼati yodgorliklaridir. Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan 2001—2002-yillarda viloyatdagi bir kancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar oʻzining qadimiyligi bilan mashhur. Xuroson meʼmorlik anʼanalarida qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 yillar), Sulton Saodat majmuasi (X asr, XV-XVII asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi qoldiqlari (15-asr), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-asrlar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (II asr), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-asr) va boshqa shular jumlasidan.
OʻzME 7-jiddining 656-657-betlari orasidagi Surxondaryo viloyatining tabiiy va iqtisodiy rangli xaritasiga qarang.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rtveladze E., Aminov M., Surxondaryo, albom [prof. N.Toʻxliyev tahriri ostida], T., 1996;
Roʻziyev A. N., Surxondaryo viloyati, T., 1996;
Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981;
Tursunov S, Qobilov E., Pardayev T., Murtazoyev B., Surxondaryo tarixi, T., 2004.
Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markaz — Termiz shahri.
Maʼmuriy boʻlinishi — 14 ta tuman, 8 ta shahar, 7 ta shahar tipidagi posyolka va 114 ta qishloq * * Aholisi — 1 mil 8067 ming kishi.
Umumiy yer maydoni — 20,1 ming km.
Ekin maydoni — 282,7 ming gektar.
Mehnatga yaroqli aholi — 880,0 ming kishi.
Temir yoʻl uzunligi — 301,0 km.
Avtomobil yoʻli uzunligi 2,7 ming km.
Surxondaryo viloyati Oʻzbekistonning eng janubiy qismida joylashgan boʻlib, uning hududi quruq suptropik iqlimiy mintaqaga toʻgʻri keladi. Viloyat hududini 37°10' — 39°02' shimoliy kenglik va 66°32'- 68°25' sharqiy uzunlik chiziqlari kesib oʻtadi.
Surxondaryo Oʻzbekistonning siyosiy, maʼmuriy, ijtimoiy hayotida alohida oʻrin tutadigan regiondir. U Oʻzbekistonning 5 iqtisodiy rayonlaridan biri tarzida eʼtirof etilgan.
Surxondaryo viloyatining tarkibi maʼmuriy jihatidan davrlar osha oʻzgarib turgan. Jumladan Surxondaryo viloyatining hududi 20 asrning boshida maʼmuriy va siyosiy jihatdan Buxoro amirligi qaramogʻida boʻlgan. U dastlab 1927-yilda Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri boʻlgan. Biroq tez orada u Buxoro viloyati tarkibidagi „Surxondaryo okrugi“ ga aylantirilgan. 1941-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston Oily Kengashining qarori bilan Surxondaryo viloyati tarzida qayta tuzilgan.
Sobiq ittifoqning regionlardagi ichki tabiiy va iqtisodiy shart-sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olmasliklari oqibatida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlri 1960-yilning 25-yanvarida qoʻshib yuborildi. Bir-biridan tabiiy resurslar va iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan katta farq qiladigan bu regionda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bir xil kechmadi. Viloyatning janubiy — Surxondaryo qismining xalq xoʻjaligi taraqqiyotiga markazdan uzoqlik salbiy taʼsir koʻrsatib turadi. Oʻzbekiston hukumati va iqbolini belgilash tashkilotlari maʼmuriy boʻlinishdagi bu xatoni tuzatish maqsadida 1964-yil 7-fevralida Surxondaryo viloyati maʼmuriy jihatidan 14 tumanni birlashtiradi.

Download 174.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling