Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi
Surxondaryo viloyatida dexqonchilik tarmoqlarining mustaqillik yillaridarivojlanishn tahlil qilish
Download 174.45 Kb.
|
Surxdondaryo
Surxondaryo viloyatida dexqonchilik tarmoqlarining mustaqillik yillaridarivojlanishn tahlil qilish
Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shimoliy qismi, togʻ va togʻoldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—1958-yillarda Uchqizil, 1959—1962-yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, Amu-Zang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproqlar, togʻ yonbagʻrida turli xil boʻz tuproqdir. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Janubidagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yonbagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, noʻxatak); 1200-2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongʻoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yonbagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloqlari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: boʻri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayron, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻqilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp. Surxondaryo viloyati hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan. Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 174.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling