Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi
Oltinsoy tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilish
Download 174.45 Kb.
|
Surxdondaryo
Oltinsoy tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilish
Surxondaryoning Oltinsoy hududida tasavvuf ilmining pirlaridan boʻlgan Soʻfi Olloyoʻr, Xoʻjaipok oma (asl nomi — Abdurahmon bin Avf Abu al-Kurayshiy az-Zuhriy), Sayd ibn Vaqqos, Mavlono Zohid Xalifa bobo kabilarning xoklari bor. Surxon vohasida X-XII asrlarda yashab oʻtgan Daqiqiy, Farruhiy, Adib Sobir Termiziy kabi yirik shoirlar mashhur. Chingiz bosqini tanazzulidan keyin, XVI-XIX asrlardan yana Termiziy taxallusi bilan bir turkum shoirlar paydo boʻldi. Ular Umar at-Termiziy as-Soʻfiy, Mavlono Qudsiy Termiziy Maxjub, Xoja Samandar Termiziy, Abdulloh Termiziy, Taqiy Termiziy, Soʻfi Olloyor va Masiho Boysuniylar edi. Vohaning qadIMGI Sherobod dosshonchilik maktabid&n oʻzbek dostonchiligining mashhur ijrochilari yetishib chiqqan, ayni shu maktab Nurota va Bulungur dostonchilik maktablariga ham ijobiy taʼsirini oʻtkazib turgan. XVIII asrda bu maktabdan Bobo shoir, Qosim oqinlar, 19-asrda Olim baxshi, Xoler baxshi, Niyozali baxshi, Sherna baxshilar, XX asrda esa Shotoʻra baxshi, Mardonakul baxshi, Mamarayim baxshi, Boʻriboy baxshi Ahmedov, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Chorsham baxshi Rahmatulla oʻgʻli, Toshmurod baxshi, Xushboq baxshi Mardonaqul oʻgʻli, Qora baxshi, Shoberdi baxshi Boltayev, Boborahim bahshi Mamarayim oʻgʻli, Abdunazar baxshi, Shodmon baxshilar yetishib chiqqan. Bulardan eng isteʼdodlilari „Alpomish“ va „Goʻroʻgʻli“ turkumidagi dostonlarni mukammal biladigan Bobo shoir, Sherna baxshi, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli va Chorsham baxshi Rahmatulladir. XX asrning 50—80 yillarida Shukur Xolmirzayev, Raʼno Uzoqova, Erkin Aʼzam, Sattor Tursunov, Tesha Saydaliyev, Karim Mallayev, Isomiddin Otaqulov, Mengziyo Safarov, Ozod Avliyoqulov, Usmon Azim, Nizomjon Parda, Yusufjon Valizoda, Ismat Norboyev, Shafoat Rahmatullo Termiziy, Togʻay Murod, Boltajon Sodiqov, Xurram Mak, sadqulov, Sirojiddin Sayyid, Gʻulom Egamshukur, Bolta Yoriyev, Narzulla Soʻfiyev, Arbob Chosh, Eshqobil Shukur, shoir va pedagog Xolmuhammad Qulniyozov, Nodir Normatov, Mirzo Kenjabek, XX asrning keyingi yillarida Namoz Ergashev, Zoir Mamajonov, Gulandom Togʻayeva va boshqalarning sheʼriy va nasriy asarlarida sevgi, yaxshilik, mehroqibat, adolat tuygʻulari, shuningdek, voha kishilarining hayot tashvishlari, mehnat yumushlari, urfodat va anʼanalari muhim oʻrin egallagan. Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Matbuot, radioeshittirish va televizioni[tahrir | manbasini tahrirlash] Surxondaryo viloyatida 3 viloyat gazeta, 14 tuman gazeta chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 13 tarmoq va 2 ta xususiy gaz. nashr etiladi. Jami 32 nomdagi gaz. chop etiladi (2004). Birinchi radioeshittirishlar 1954-yildan boshlangan. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik xajmda eshittirishlar beradi. 2003-yil fevraldan boshlab Surxondaryo viloyati radiotelevideniye uzatish markazi muassisligidagi „Surxon sadosi“ radiosi faoliyat koʻrsatadi. Har kuni 15 soatlik radioeshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. 2003-noyabr oyidan Surxondaryo radiosi qoshida „Yangi asr“ radiostudiyasi faoliyat koʻrsata boshladi. Kuniga 8 soat eshittirishlar tayyorlanib efirga uzatiladi. Viloyatda 1 davlat va 4 tarmoq va nodavlat televideniyelari mavjud. 1990-yildan buyen faoliyat koʻrsatayotgan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining kunlik koʻrsatuvlari oʻrtacha 3—4 soatni tashkil etadi. „Ishonch“ telekompaniyasi 1997-yildan buyen faoliyat koʻrsatib, ayni paytda har kuni 3 soatlik koʻrsatuvlar beradi. „ATR Denov“ va „Sherobod“ televideniyelari 1995-yildan faoliyat koʻrsatib, „Sherobod“ televideniyesining kunlik koʻrsatuvlari 1 soatni, „ATR Denov“ televideniyesi koʻrsatuvlari 1,5 soatni tashkil etadi. Download 174.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling