Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi
Surxondaryo viloyatidaxizmat ko’rsatish sohalarining hududuy joylashuvi
Download 174.45 Kb.
|
Surxdondaryo
Surxondaryo viloyatidaxizmat ko’rsatish sohalarining hududuy joylashuvi
Ular Termiz (viloyatning maʼmuriy markazi) va Denov (viloyatning sanoatlashgan markazi) dir. Viloyatda 8 shahar kengashi va 3 kasaba kengashi mavjud boʻlib, ular maʼmuriy jihatidan tuman hokimliklariga qaraydi. Surxondaryo viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) oʻrni uning boshqa viloyatlarga nisbatan koʻproq xorijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqozo qilgan. Surxondaryo viloyati Surxon — Sherobod vodiysida joylashgan boʻlib u yaqin xorijiy davlatlar Tojikiston bilan shimol, shimoliy-sharq va sharq tomondan hamda Turkmaniston bilan gʻarb tomondan, uzoq xorijiy davlat Afgʻoniston bilan esa janibiy tomondan Amudaryo oʻzani orqali chegaralanadi. Shuningdek, viloyat baland togʻlar orqali Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati bilan ham katta masofaga chegaralanadi. Bu chegaraning sarhad chizigʻi Oʻzbekistonning eng baland togʻi — Hisor togʻ tizmasining qirralariga toʻgʻri keladi. „Dunyo osmoni“ deb nom olgan Pomir togʻiga mansub boʻlgan Hisorning qudratli devor tarzida choʻzilgan tizmalari: Qushtang (uning viloyat hududida joylashgan eng baland choʻqqisi dengiz sathidan 3723 metrga teng) Ketmon chopdi (3168m) Samimas (1890 m) Suvsiztogʻ (2122 m) Kulba togʻ (2130 m) Viloyatning Qashqadaryo orqali boʻlgan bu chegarasi shimolroqda Chaqchar va Boysun togʻ suvayrigʻichi, soʻngra janubiy gʻarbda shoʻrob botigʻining boshlangʻich nuqtasi suvsiz togʻ va Koʻhitangning shimoldagi qirrasi orqali oʻtadi. Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning oʻlchamlari: shimoldan janubga 220-250 km gʻarbdan sharqqa esa 150-170 km ga choʻziladi. Viloyatning 3 tomonidan togʻlar bilan oʻralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq unug janubdagi Amudaryo oʻzani orqali Afgʻonniston davlati bilan oʻtgan chegarasi esa daryo oʻzaniga koʻra gʻoyat egri bugridir. Surxondaryoning gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy checara chiziqlarida joylashgan baland togʻlar viloyatda oʻzgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy shimoliy-gʻarbiy havo oqimlarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun „darvoza“ hisoblanadi. Viloyat iqlimi subkontinental, qishi iliq, yozi issiq va quruq boʻladi. Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha etadi. Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq, janubi — gʻarbiy shamollar esadi. Viloyatning tabiatga tabiiy landshaftiga uning iqlimi, suv resurslari, tuprogʻ, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik oʻrni (ayniqsa chegara qismidagi togʻlar) taʼsir koʻrsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan aʼloqaning taʼsiri kuchli. Ayniqsa, Afgʻoniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yoʻli (va ayni paytda avtomobil yoʻli) koʻprigi orqali olib borilayotgan 20 mingdan ortiq Osiyo va Yevropa davlatlarining iqtisodiy, texnikaviy savdo-sotiq aloqalari hamda Tojikiston bilan Termiz-Dushanbe, Termiz-Yovon temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali olib borilayotgan aloqa, viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga oʻta kuchli taʼsir koʻrsatib turadi. Download 174.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling