Surxdondaryo viloyati qishloq xo’jaligini rivojlanish va tarmoq tarkibi


Sariosiyo tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish


Download 174.45 Kb.
bet16/16
Sana17.06.2023
Hajmi174.45 Kb.
#1537680
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Surxdondaryo

Sariosiyo tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda ichida kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari ishlab chiqarish va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va strukturasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat. Shuningdek, I. va i.g. ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni oʻrganadi.
I. va i.g. geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi.
I. va i.g. umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoklari geogr.si, jahon xoʻjaligi geografiney, aholi geografiney, regional I. va i.g. ga boʻlinadi.
Umumiy I. va i.g. ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi.
Soha I. va i. g. da sanoat geografiyasi, qishloq xoʻjaligi geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda. Xizmat koʻrsatish sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot geogr.si kabilar shakllanmoqda.
Regional I. va i.g. aniqmamlakat va rayonlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekistonda I. va i.g.ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqadi. Aynan shu maʼnoda uning asosiy tushuncha va qonuniyatlari, ilmiy gʻoyalari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida i.ch. kuchlarini joylashtirishni davlat tomonidan tartibga solib borish va boshqarish, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratish, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanishini jonlantiruvchi va barqarorlashtiruvchi oʻsish qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya sharoitlarini vujudga keltirish masalalarini tadqiq qilish muhimdir.
Aholi geogr.si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya bilan bogʻliq. Uning oʻzi esa aholining joylashishi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini oʻrganadi. Aholi geogr.sining deyarli barcha masalalari I. va i.g. doi-rasida oʻrganilishi mumkin. Aholi geogr.si I. va i.g.ning boshqa tarmoqlari (sanoat geogr.si, qishloq xoʻjaligi geogr.si, transport geogr.si) orasida alohida oʻrin tutadi. Bundan tashqari, siyosiy geogr. masalalari ham I. va i.g.ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geogr. oʻrganadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei koʻp jihatdan maʼlum iqtisodiy sharoitlarning mahsuli sifatida namoyon boʻladi va, aksincha, siyosiy barkamollik xoʻjalik hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Iqtisodiy geografik maʼlumotlar antik davr va oʻrta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uchraydi. Ammo, uning keng rivojlanishi hududiy mehnat taqsimoti, i.ch.ning ixti-soslashuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga bogʻliq. I. va i.g.ning ahamiyati shoʻrolar imperiyasi parchalangach, mustaqillikka erishgan koʻpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga oʻtish davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda I. va i.g.ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning oʻziga xos geografik xususiyatlari mavjud: 1) i.ch. tarmoklarining joylashishi oʻrganilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil qilinadi; 2) muayyan hudud (mamlakat, rayon, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga oʻrganiladi; 3
Download 174.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling