Surxondaro viloyati uzun tumani


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1427801
  1   2   3
Bog'liq
1673680340 11-SINF KIMYO



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
SURXONDARO VILOYATI UZUN TUMANI
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 
 
 
 
 
13-umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi
Xusaynova Sadbargning 11-sinf uchun “Eruvchanlik”
mavzusida tayyorlagan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Surxondaryo – 2022-2023 


Mavzu: Eruvchanlik 
Dars maqsadi
1. Ta'limiy maqsad: eruvchanlik va moddalarning eruvchanlik xususiyatlari haqida 
dastlabki tushunchalarni berish. 
2.Tarbiyaviy maqsad: kimyo xonasida jihozlar va reaktivlar bilan ishlaganda texnika 
xavfsizligi qoidalarinitushuntirish. 
3.) Rivojlantiruvchi maqsad: moddalarning eruvchanligi haqida tushuncha hosil qilish.
Dars uslubi:
"Aqliy hujum", "6x6", "Bumerang" texnologiyalari ,PISA test, Kimyoviy jumboqlar.
Dars jihozi 
: 1. Kerakli asboblar va idishlar. kodoskop, probirka qizdirgich, universal shtativ, modda 
tahlili uchun to'plam, shpatel, chinni kosacha, probirkalar, stakan. 
2. Kerakli reaktivlar: mis kuporosi, natriy sulfat,natriy xlor, kaliy dixromat,kaliy 
nitrat,natriy nitrat.
Darsning borishi
O'qituvchi o'quvchilar bilan salomlashib sinf ozodaligini va navbatchilarni ko'zdan 
kechiradi. So'ngra o'tilgan. mavzu "Eritma.Eritma haqida tushuncha. "Aqliy hujum" 
tarzida so'rov o'tkazadi: 
1)Eritmada deb qanday sistemaga aytiladi? 
2)Bizning hayotimizda har kuni uchraydigan qanday eritmalarni bilasiz? 
3)Eritma va aralashmalarning qanday fizik-kimyoviy xususiyatlari o’xshash? 
4)Eritmaning inson hayotiga qanday ahamiyati bor? 
5)Gomogen sistema deb nimani tushunasiz? 
6)Inson organizmida ovqat hazm bo’lish qanday jarayon? Kimyoviy nuqtai nazaridan 
tushuntiring. 
O'quvchilarni yangi mavzuga oldindan tayyorlanib kelganliklari hisobga olinib,Eritma 
va eruvchanlik sodir bo’layotgan holatlarini hayotimizda misollar orqali savol javob 
o’tkaziladi va baholanadi. 
Barcha o'quvchilar jadval chizib bo'lganlaridan keyin, o'qituvchi ularga "6x6", 
"Bumerang" texnologiyasini mazmun mohiyatini tushuntiradi va bugungi dars shu 
texnologiyalar bilan o'tkazilishini aytadi. Buning uchun quyidagi ketma-ketliklar 
bajariladi: 
1) O'qituvchi o'quvchilar soniga qarab 6 ta guruhga ajratadi (guruh- lar ixtiyoriy tarzda 
raqamlar yoki elementlar nomi bilan atalishi mumkin) 
2) Navbatchilar yordamida har bir guruh oldiga yuqoridagi jadvaldan 6 ta tuzlarni 
tanlab olinib, (tanlagan tuzlarni belgisi qo'yilgan) tuzlarni tahlili uchun to'plam idishiga 
ozginadan solinib tarqatiladi. 
3) Har bir guruhga bittadan jami 6 ta o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlanib 
kelingan va quyidagi jadval chizilgan A-4 formatli qog'ozlar tarqatiladi: 
Tuzning 
nomi 
Agregat 
holati 
Rangi Hidi 
Suvda eruvchanligi 
Qattiqligi 
Kimyov
oiy 
formula
si 


4) O'qituvchi 6ta guruhga jadvaldagi "Tuzlarning nomi" degan joyga 1tadan tuz 
nomini taqsimlab chiqadi va qog'oz yuqorisiga guruh raqamini yozib qo'yishlarini 
ta'kidlaydi. 
Masalan: 1-guruhga mis kuporosi, 2-guruhga natriy sulfat, 3-guruhga natriy xlorid, 4-
guruhga kaliy dixromat, 5-ga kaliy nitrat, 6-ga natriy nitratning jadvaldagi modda nomi 
degan joyga yozib qoyishlarini aytadi. 
5) Har bir guruh aniq vaqt ichida (2 daqiqa) o'ziga berilgan modda nomiga qarab, 
oldida turgan ( to'plamdagi moddalarning nomlari oldindan yozib qoyilishi kerak) 
to'plamdan topib, jadvalning "Agregat holati" degan joyini to'ldiradi. O'qituvchi bergan 
qog'ozga to'ldirilib turilgan ma'lumotlar baravariga laboratoriya ishi daftariga chizgan 
jadvalga ham yozib turishlari kerak.
6) Vaqt tugagach 1-guruh o'zining A-4 formatli qog'ozini (guruhini belgilab)
2-guruhga, qolgan guruhlar ham shu ketma-ketlikda,6- guruh esa 1-guruhga uzatadi. 
7) Materiallar almashinib bo'lingach hamma guruh baravariga oldida turgan 
qog'ozdagi boshqa guruh tuzining nomi yozilgan jadvalni "Rangi" degan joyini to'ldiradi. 
8) Har bir guruh shu tarzda o'zining qog'ozi aylanib oldiga kelguncha ("Bumerang" - 
aylanib o'ziga qaytish) jadvaldagi moddalarning fizik xossalarini yozib boradi. 
9) Qog'ozlar 6 marta aylanib jami 12 minut vaqt ichida 6 xil moddaning 6 ta xossasi 
to'ldiriladi, ya'ni har bir guruh qog'ozlarni aylantirishda har xil tuzlarga, lekin hammasi 
bir xil xossaga javob yozishadi. 
Darsning borish jarayonida o’qituvchi tomonidan quyidagi ma’lumotlar berib o’tiladi: 
Moddalar turli erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar Erituy- chilarda 
moddalarning erish xususiyati eruvchanlik deb yuritiladi Biz kundalik turmushimizda 
turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishi- ni ko'rganmiz. Masalan: osh tuzini suvda 
eritib, tuzli suv hosil qilishni, shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo'lishini; yod 
moddasini spirtda eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil 
bo'lishini ko'rganmiz. 
Moddalar erituvchilarda cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning eruvchanligi 
ma'lum miqdordagina bo'ladi. Shu miqdorni ifodalash uchun eruvchanlik koeffitsiyenti 
degan tushunchani bilib olishimiz kerak Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy 
oladigan eng ko'p massasi shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) 
deyiladi Eruvchanlik koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20°C 
dagi eruvchan- ligi 36 ga tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20°C)=36 
Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo'linadi : 
1) Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko'p eriydi). 
KCI, NaNO,, shakar, spirt, gazlar (HCI, NH,).
2) Oz eriydigan: (100 g erituvchida (HO)1g dan kam eriydi). CaSO, CaCO,, BaSO, 
MgCO, PbSO,, benzin, gazlar (CH₁, N2, H₂).
3) Amalda erimaydigan moddalar (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam oltin, kumush, 
mis. Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog'liq, masalan moddaning 
tabiati va haroratga bog'liq. Qattiq moddalarning ko'pchiligi suvda eruvchanligi harorat 
ortishi bilan ortadi, chunki ko'pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yuti ladi. Shuning 
uchun harorat ko'tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi. 
Masalan tuzli suv tayyorlanganda, 1 stakan sovuq suvga tuz solib aralash tirsak, tuz 
sekin-asta eriydi, baʼzan erimay qolgan tuz idish tagida qolib ke tishini ko'rganmiz Endi 


shunday miqdordagi tuzni stakan issiq suvga solib aralashtirsak, tuz tezda erib ketadi 
Ushbu misoldan xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, qattiq moddalarda harorat 
eruvchanlikka to'g'ri proporsional ya'n harorat ko'tarilganda tuzlarning eruvchanligi ham 
ortib boradi va ko'proq miqdorda tuz suvda eriydi 
Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi, ya'ni harorat 
ko'tarilganda ularning eruvchanligi kamayadi, Harorat olm pasayganda esa gazlarning 
eruvchanligi ortadi. 
Masalan bir stakan suv olib, uni muzlatkichga (t-3°C) qo'yamiz 30 daqiqa vaq 
o'tgandan keyin, stakandagi suvni xona harorati (t-20-25 °C) sharoitiga olamiz dag 
Ma'lum vaqt o'tgandan keyin stakan devorida mayda pufakchalarni ko'rishi- da miz 
mumkin. Bu pufakchalar suv muzlatkichda bo'lgan vaqtda unda erigan gazlarning 
yuqoriroq haroratda erimay, yana gaz holatiga o'tib qolganini bildiradi 
Gaz moddalarning eruvchanligiga bosim ham ta'sir ko'rsatadi. Bosim yuqori bo'lsa, 
gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchanlik ham kamayadi. 
Gazlarning suvda eruvchanligiga bosimning ta'sirini g'avvosning suvga sho'ng'ishi 
misolida ko'rsak bo'ladi G'avvos suv ostiga qanchalik chuqur tush- gani sari bosim ham 
ortib boradi va shunga mos ravishda g'avvosning qonida erigan gazlar (0;, CO; va 
boshqalar) miqdori ham orta boradi. G'avvos suv ostidan yuqoriga qaytib chiqayotganida 
atrofdagi bosimni kamayishi hisobiga qonda erigan holatda bo'lgan gaz moddalari 
qondan ajralib chiqib g'avvosni o'pkasi orqali tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun 
g'avvosni yuqoriga ko'- tarilishi sekin-asta bo'lishi kerak Agar g'avvos suv ostidan 
yuqoriga juda tez ko'tarila boshlasa, qondan ajralib chiqayotgan gazlar o'pka orqali chiqib 
ketishga ulgurmay qoladi va bosh miya va turli a'zolarida qon tomirlarga tiqilib qoladi, 
qon aylanishi buziladi Shu payt zudlik bilan yordam ko'rsatilmasa, g'avvos halok bo'lishi 
mumkin 
Gazlar yuqori bosim va past haroratda suvda yaxshi erigani uchun gazli ichimliklarni 
tayyorlashda shu sharoitdan foydalaniladi Biz gazli ichim- liklarni qopqog'ini ochishimiz 
bilan bosim kamayadi va atrofdagi haroratda yuqori bo'lgani uchun ichimlik tarkibida 
erigan gazlarning eruvchanligi kamayib, gazlar erigan holatdan gaz holatiga o'tib, tez 
ajralib chiqa boshlayd 
Yuqorida keltirilgan misollar gazlar eruvchanligi bosimga to'g'ri propor- sional, 
haroratga teskari proporsional ekanligini tasdiqlaydi.
Biror moddani eruvchanligini aniqlash uchun, stakanga 100 g distillangan suv solib
haroratni aniq belgilab olinadi va distillangan suvga oz miqdorda modda qo'shib, 
aralashtiriladi Agar modda to'liq erib ketsa, moddadan yana solinadi va aralashtiriladi. 
Moddani qo'shish modda erimay stakan tagiga cho'kib qolguncha davom ettiriladi. Shu 
100 g distillangan suvda necha gramm modda erigani aniqlanadi va bu massa shu 
moddaning ayni harorat- dagi eruvchanlik koeffitsiyenti bo'ladi. Hosil bo'lgan eritmani 
esa shu harorat uchun to'yingan eritma deyiladi 
Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko'ra eritmalar. 
1. To'yingan eritma
2. To'yinmagan eritma. 
3. O'ta to'yingan eritmalarga bo'linadi. 
Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy olmaydigan 
eritma to'yingan eritma deyiladi. 


Agar biror eritmada ayni haroratda eriyotgan modda yana erishi mumkin bo'lsa, 
bunday eritma to'yinmagan eritma deyiladi. To'yinmagan eritma- dagi erigan modda 
miqdori shu haroratda tayyorlangan to'yingan eritma tarkibida bor bo'lgan modda 
miqdoridan kam bo'ladi. Biz amalda asosan to'yinmagan eritmalar bilan ishlaymiz 
O'ta to'yingan eritmada erigan modda miqdori shu harorat uchun to'yingan eritma 
tarkibidagi bor bo'lgan modda miqdoridan ko'proq boʻladi. 
Qo’shimcha ma’lumotlar: Suvli eritmalarda erish jarayonlari 
Erish-moddaning erituvchi ta'sirida molekulalarga ajralishi va eritmada tarqalishi. 
Masalan: shakar suvga solinganda shakar moddasi suv ta'sirida molekulalarga ajralib, suv 
bilan aralashib ketadi (diffuziya sodir bo'ladi), bu shakarning suvda erishi deyiladi. 
Hamma vaqt erish bilan birga kristallanish ham sodir bo'ladi. Erish bilan kris- tallanish 
bir-biriga teskari jarayonlar, Kristallanish - erigan modda molekulalarining birlashib, 
eritmadan ajralishi (cho'kishi). 
Eritma - erituvchi molekulalari bilan erigan modda molekulalari orasida doimiy fizik - 
kimyoviy o'zgarishlar bo'lib turadigan bir jinsli (gomogen) sistema eritma deyiladi. 
Eritma ikki qismdan iborat bo'ladi.
1) Erituvchi-eritma tayyorlanganda o'z agregat holatini saqlab qolgan modda, agar 
aralashayotgan moddalarning agregat holat- lari bir xil bo'lsa, massa yoki hajm jihatdan 
ko’proq olingan modda. 
2) Erigan modda eritma tayyorlanganda o'z agregat holatini saqlamagan modda, agar 
aralashayotgan moddalaring agregat ho latlari bir xil bo'lsa, massa yoki hajm jihatdan 
kamroq olingan modda. Eruvchanlik moddaning erituvchida erish qobiliyati Eruvchanlik 
koeffitsiyenti ayni temperaturada 100 g entuvchida erib, to'yingan eritma hosil qiladigan 
erigan moddaning gramm miqdori, Moddalar eruvchanligiga ko'ra 100 g suvda:
1) 1.00 g va undan ko'p erisa-yaxshi eriydigan (NaCl, NaOH, HCI);
2) 0,001 g dan-1,00 grammgacha erisa-kam (yomon) eriydigan (CaCO
3
, O
2
). 
3) 0.001 g dan kam erisa - amalda erimaydigan modda 
(shisha, Ag
2
S, CUS) deyiladi 
Eruvchanlik
1) modda tabiatiga (erituvchi va eruvchi),
2) temperaturaga; 
3) bosimga bog'liq. Moddalar eriganda kristallarning yemililishi, ularning zarralarini bir 
biridan ajratish uchun qancha ko'p kuch talab etilsa, erishi shuncha qiyin bo'ladi. 
Temperatura o'zgarishi bilan moddalarning eruvchanligi ham o'zgaradi. Odatda, qattiq 
mod- dalarning eruvchanligi temperatura ko'tarilishi bilan ortadi. Ko'pchilik qattiq 
moddalar eriganda issiqlik yutiladi va shuning uchun temperatura ko'tarilishi bilan 
ulaming eruvchanligi ortadi. Temperatura ko'tarilganda tuzning kristallarini tashkil etgan 
ionlarning tebranish harakati kuchayadi va ionlar oson uzilib, kristallar oson yemiriladi
ya'ni eruvchanlik ortadi. Gazlarning eruvchanligi temperatura ko'tarilishi bilan kamayadi, 
bosim ortishi bilan esa ko'payadi. Gazlarning erishida issiqlik ajralib chiqadi, ya'ni 
ularning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Le-Shatelye prinsipiga muvofiq, 
temperatura ko'tarilishi bilan muvozanat chap tomonga siljiydi, suyuqlik ustidagi gaz 
ko'payadi va eruvchanlik kamayadi. Qattiq moddalarning suyuq- likda erish vaqtida 
ketma-ket ikki jarayon sodir bo'ladi: 
1. Qattiq moddalaring kristall panjarasi buzilib, modda zarra- 
chalari eritma hajmiga tarqaladi: 


CUSO
4
Cu²+SO
4
-2
Q
1
Bu jarayon vaqtida issiqlik yutiladi. Mazkur yutiladigan issiqlikni
Q
1
deb belgilaymiz.
2. Modda erigan vaqtida uning zarrachalarini erituvchi (suv) zarrachalari bilan
ko'pincha, kimyoviy birikadi:
Cu²+ 4H
2
O= [Cu(H2O4)]
2+
+ Q₂ 
olingan birikma gidrat deb ataladi, jarayon esa gidratlanish deyiladi. 
Fanlararo bog’liqligi. 
Biologiya , Fizika ,Geografiya
Mavzuga oid o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan turlixildagi
TAJRIBALAR o’tkazildi .Turli xildagi eritmalar tayyorlash,yanada dars jarayoni 
qiziqarli o’tishi uchun qiziqarli tajribalar o’tkazildi.Albatta TEXNIK XAVFSIZLIK 
QOIDALARGA rioya etgan holda!!! 
1-Tajriba:Moddalarning eruvchanligiga qarab turli eritmalar tayyorlash va sulfat ionini 
borligini aniqlash. 
Kereakli jihozlar:Probirka,stakan,shpatel 
Reaktivlar:Sulfat kislota,natriy sulfat,mis sulfat,alyuminiy sulfat 
Ishning borish tartibibi: 
1. To'rtta probirkaning birinchisida H
2
SO
4
, ikkinchisiga Na
2
SO,, uchin- chisiga CuSO
4
va 
to'rtinchisiga aluminiy sulfat eritmalaridan 2-3 ml dan quying. 
2. Eritmalarning har biri ustiga 1-2 ml dan BaCl
2
eritmasidan quying. 3. Har bir 
probirkada sodir bo'lgan o'zgarishlarni kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing. 
Mustaqil xulosa uchun topshiriqlar:Hosil bo’lgan mahsulotlarning reaksiya 
tenglamalarini laboratoriya daftariga yozing. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling