Surxondaryo viloyat o`rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmasi


Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi M.Jo`rayev


Download 0.54 Mb.
bet12/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1480407
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
navoiyning yangisi

Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi M.Jo`rayev :Aziz o`quvchilar ,sizga ma’lumki ,o`zbek adabiyoti ko`p yillik tarixga ega . Millat adabiyoti tarixini har zamonda yangilab ,uning badiiy imkoniyatlari-ni butun dunyoga namoyon etib turuvchi aziz insonlari , ijodkorlari bo`ladi.Bulardan biri Temuriylar saltanatida xizmat qilib , amiri muqarrab unvoniga ega bo`lgan she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bo`lsa , ikkinchisi bevosita temuriyzoda , davlat arbobi , shoh va shor Zahiriddin Muhammad Boburdir . Siz , kelajagimiz bo`lgan yosh avlod , o`tmishimiz va tariximizni chuqur o`rganib , buyuk ishlar qilmog`ingiz , komil inson bo`lmog`ingiz lozim . Zamon va diyorimiz sizning orangizdan o`z Navoiylarini , Boburlarini kutib turibdi . O`ylaymizki , siz bu tadbirdan o`zingiz uchun yaxshi ibrat va foydali xulosa chiqara olasiz .
( Mumtoz musiqa ohanglari yangraydi . Parda ortidan she’rlar o`qiladi )
Bog'i shamol bo'ylarida kezib yurdim,
Bobolarim рок ruhini sezib turdim.
Tuprog'ini kaftga olib ko'zga surdim,
Shoh pahlavon Bobur yurti Andijonim.


Boshlovchilar chiqib kelishadi .
2-boshlovchi:
Salomdan boshlanar har bir qalbga yo'l,
O'zbekman deganga aziz bu kalom.
O`zbek farzandimiz, zo'r shukuh bilan,
Qo'limiz ko'ksimizda deymiz assalom.
1-boshlovchi: Assalom-u alaykum, qadrli ustozlar, kelajagi nurafshon talaba yoshlar!
2-boshlovchi: Assalom-u alaykum, Bobur she’riyati ixlosmandlari !
1-boshlovchi: Shu kunlarda o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tarixchi, tarjimon, mohir sarkarda, atoqli davlat arbobi, boburiylar sulolasi asoschisi, o'zining sermazmun ijodi bilan adabiyotimiz xazinasiga ulkan hissa qo'shgan ulug' siymo - Zahiriddin Muhammad Bobur tavailludining 537 yilligi yurtimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda .
2-boshlovchi: Bu muhim sana mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari qatori bizning Sariosiyo pedagogika kollejimizda ham keng nishonlanadi . An’anaviy “Boburxonlik” kechasiga xush kelibsiz !
1-boshlovchi: Azizlar,sizlarni tariximizning oltin sahifalaridan o'rin olgan buyuk shoh, mumtoz shoir nazariyotchi adabiyotshunos ,faqih ,tilshunos, san’atshunos , etnograf, hayvonot va nabotot olami-ning bilimdoni bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini xotirlab o'tkazilayotgan
Dilbar shoir - adolatli shoh ”, - deb nom olgan adabiy – musiqiy kechamizni tomosha qilishga taklif etamiz .
Ekranda
Bobur jahon tarixida eng uzoq yllar – 332 yil hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining asoschisi . U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag`lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarbibg ulug`vor nashidalarini surishni ko`p marotaba o`z boshidan kechirdi . otasi singari ulug` himmatli va oliy maqsadli shaxs bo`lgaligidan Farg`ona viloyatini kichik joy deb hisoblab ,Samarqandga intildi . u yerda Shayboniyxondan yengilib , Kobulga keldi va keyin Hindistondek bepoyon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi .
Buyuk shoh Hindistonda temuriylarga xos ulug` bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi . : muhtasham qasrlar tiklash , ariq – kanallar qazish , bog` - rog`lar bunyod etish , adabiyot , ilm – fan rivojiga homiylik qilish , elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi hindistonning buyuk donishmand farzandi , davlat arbobi Javohirla’l Hehru o`zinibg “Hindistonning ochilishi” va “Jahon tarixiga bir nazar ” asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur samimiyatga to`liq ushbu fikrlarni izhor etgan :
Bobur - dilbar shaxs .Uyg`onish davri hukmdorlarininghaqiqiy namunasidir . U mard va tadbirkor odam bo`lgan .Bobur o`ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi . U mazhabparastlik kabi cheklanishlardan va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur san’at va ayniqsa , adabiyotni sevardi

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling