Navoiy : Tun allamahal bo`lib qoldi , endi siz ham dam oling , inim . ( Darveshali chiqadi )
1 – boshlovchi : “Navoiyga qo`shni bo`lsam jannatda ” Marhabo Karimova she`ri . Gulnoza Ne’matova o`qiydi .
2 – boshlovchi : Buyuk so`z ustasi Alisher Navoiyning hayoti va javohir asarlari haqida qanchalik ko`p yozilmasin va gapirilmasin , uning hayoti va ijodi yangi tadqiqotlar , fikr – mushohadalar uchun bitmas – tuganmas xazina .
1 – boshlovchi : Ulug` bobomiz ijodi yosh ijodkorlar uchun ilhom manbai .
2 – boshlovchi : Azizlar,endi sizlarni kollejimizda faoliyat ko`rsatayotgan “Til va adabiyot ” to`garagi yosh ijodkorlarining shoirga bag`ishlangan she’rlaridan bahramand bo`lishga taklif etamiz .
( yosh ijodkorlar ijodidan namunalar tinglanadi )
1 - Boshlovchi : Navoiy biz - qayta – qayta murojaat qiladigan qayta – qayta o`qib lazzatlanadi-gan qalbimiz to`ridan joy olgan buyuk shoir .
2 - Boshlovchi : Shoir ijodi bamisoli bir obu hayot chashmasi . Undan ichganimiz sari qalbimiz nurlanib , tozarib boraveradi . Navoiydek shoirni bizga ato etgan Ollohga shukronalar aytib , ul zoti mukarramdan ibrat olib yashash biz uchun ham qarz ham farz .
She’riyat sultoni bo`lgan Alisher ,
O`zini der edi “Zanjirlangan sher ”
Qilgani uchun ham turkni yak qalam
Uni olti asr ulug`lar olam .
Turkona g`azallar bag`ilshlab
O`zbegim u bilan qiladi g`urur.
Komil bo`lsin dedi har bitta inson ,
Go`yasi bugunga hamnafas hamon …
1 – o`quvchi : So`z mulkida garchi ko`p o`tgan shohlar ,
Navoiydek muzaffar kishvarsimon yo`q .
Xoqondek siylagan oliy dargohlar ,
Unga teng donishmand xusravnishon yoq .
2 – o`quvchi : Yoqdir turk nazmida u qadar daho ,
“Xamsa” dan buyukroq asar hamon yo`q .
Yo`qdir “Xazoyin ul – maoniy ” – yakto !
Do'stlaringiz bilan baham: |