1 – boshlovchi : Oybekning “Navoiy ” romanidan olingan parcha asosida sahna ko`rinishi .
Navoiy rolida
2 – boshlovchi : Umid Umarov
1 – boshlovchi : Darveshali rolida
2 – boshlovchi : Anvar Qurbonov
Tashqarida oyoq tovushi eshitildi. Shoir boshini birdan ko‘tardi. Eshik «g‘irch» etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi Darveshali kirdi. Bu oqimishli, tavozi’li odam bo‘lsa ham, bir ko‘p jihatlardan akasiga o‘xshamasdi. Havoiy hayotga berilgan, beparvo, uquvsizroq edi. Navoiy uning nimmast suzilgan ko‘zlariga qaradi, kinoya bilan jilmaydi.
Navoiy : So‘zlang, inim, yurtda qanday xabarlar bor?
Darveshali : Shu kunlarda shinniy va sunniy2 govg‘asidan o‘zga muhim hodisani bilmaymen,har yerda sunniylar norozilik bildirmoqdalar:
«Podsho shi’iy, masjidlarda imomlar shi’iy... Bunga bardosh etib bo‘ladimi!» deydilar.
Navoiy : Taassufki,( Navoiy g‘ijinib, boshini tebratib)—bu ma’nosiz g‘ovg‘a podshoning farmoni bilan ro‘y berdi. Xalq orasiga tafriqa1 solmoqdan o‘zga ish yo‘qmi, ajabo? Davlatning moliyasi ne holda, qo‘shin ne ahvolda, madrasalarda tolibi ilmlar,olim va fozillarning tirikchiliklari qanday, har nav’ amaldorlar poytaxtda, tumanlarda, viloyatlarda xalqqa ne turda muomila qilurlar; dehqonning ro‘zgori nechik, kosibning kori nechik —mana bu vazifalarni aql va idrok ko‘zi bilan ko‘rib, tadbir va salohiyat bilan hal qilmoq kerak edi. Inim, har qanday mazhab janjallaridan yuqori turmoq lozim. Yagona husn mutloq mavjuddir. Quyoshning nurida, dengizlarning jo‘shqinida, tog‘larning muazzam jussasida va yaproqlarning titrashida uning jamoli jilvasini ko‘ramiz. Ko‘ngilni uning ishqi, yodi bilan to‘ldirmoq kerak.
(Darveshali shoir fikrining ildizlariga yetmoqqa tirishib, quyi solgan boshini asta chayqagan holda sukut etdi. O‘z og‘asiga va uning fikrlariga chuqur ehtirom bilan qarar edi u.)
Do'stlaringiz bilan baham: |