Navoiy : Dilda qayg`u , kiprik bo`lib nam
“Sab’ai Sayyor “ ga urdim men qalam
Unda mag`rur turar shoh Bahrom
Sadoqat dutorin chalar Dilorom
( Dilorom timsolidagi qiz Ishq haqida qo`shiq aytadi )
Salaflar yaratdi necha Iskandar
Nizomiy , Dehlaviy , Jomiy muqarrar .
Men yaratmish Iskandar , ammo ,
Mavjud Iskandarga o`xshamas aslo .
U mening orzuim , adolatli shoh ,
Donishmand , xalqparvar , saodatli shoh .
( Iskandar so`zi )
Navoiy : Avlodim ! sizga ilinganim – 5 xazina
Ijod gulshanimdan tuhfadir “Xamsa ”
Men ketibon jahonda bul “Xamsa” qolgay
“Xamsa ” dong`i yetti iqlimni olg`ay !
Omon bo`lsa , zero , avlodlarimiz
Degaylar kim edi ajdodlarimiz !
(Sher S .Sayyid “Biz Navoiy bo`gining bog`bonimiz …”)
Hikmatu , donishlik , zakovat uchun ,
Elu yurtga bo`lgan sadoqat uchun .
Sizga ta’zim qilur minnatdor ellar ,
Sizga olqish yo`llar g`azalxon dillar .
11- o`quvchi : Biz bilan birgasiz, mangu , umrbod ,
Porloq ruhingizni etajakmiz yod .
Mayli yillar o`tsi n , otsin asrlar ,
Qalbda ardoqlaydi sizni nasllar .
12 – ўқувчи: Avlodlar ta’zimi – bu kalomimiz
Avlodlar ta’zimi – bu salomimiz
Hammasi sizgadir , buyuk Navoiy
Ona yurt faxrisiz , suyuk Navoy !
( Parda yopiladi )
1 – boshlovchi : Bukun sizga o`tli qo`shiq aytgim bor ,
Ko`hna , mumtoz navolarga qaytgim bor ,
Nazmu navo gulobidan totgim bor ,
Navoiyning ash’orlarin istar ko`ngil .
2 – boshlovchi : Navoiy qoldirgan boy adabiy merosning katta qismini lirika tashkil etadi . Shoir lirikasi mavzu jihatdan rang – barangdir . Sevgi va sadoqat , visol ishtiyoqi va hijron iztirobi , vafo va do`stlik , shafqat va marhamat , vatanga va xalqqa muhabbat , insof va adolat , mehnat va ma`rifat , odob va tavoze , himmat va saxovat , halollik va to`grilik , tabiat ko`rki va insonning zavq – shavqi Navoiy lirikasining mavzularidandir .
1 – boshlovchi : Hazrat bobomizning beqiyos merosini yana va yana mutolaa qilish , lirikasining yangi – yangi qirralarini kashf etish , ularning shirali tilidan lazzatlanish , falsafiy ummonlarga g`arq bo`lish , teran mushohadalar ta’siridan qayta- qayta hayratga tushish naqadar zavqli !
Do'stlaringiz bilan baham: |