Surxondaryo viloyat o`rta maxsus, kasb – hunar ta’limi boshqarmasi


– boshlovchi : Eshilib , to`lg`anib ingranadi kuy


Download 0.54 Mb.
bet5/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1480407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
navoiyning yangisi

2 – boshlovchi : Eshilib , to`lg`anib ingranadi kuy ,
Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod .
Kim u yig`layotgan ? Navoiymikin
Va yo may kuychisi Xayyommikin , dod!
1 – boshlovchi : Eshilib , to`lg`anib ingranadi kuy ,
Asrlar g`amin so`ylar munojot .
Kuyi shunday bo`lsa g`amning o`ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod!
(Parda ochiladi . Mahina Mahmudova ijrosida “Munojot “ qo`shig`i va raqs bilan nazm va navo sahifasi boshlab beriladi. Unda shoir g`azallaridan o`qiladi va shu g`azallarga bastalangan qo`shiq-lar ijro etiladi )
1 – boshlovchi : Barchamizga yod bo`lib ketgan : “Odamiy ersang , demagil odami Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami” , - degan hikmatli so`zlar nafaqat go`zal tashbeh,aksincha ulug` shoirning iymon – e`tiodi , faoliyat me`zoni, hayot falsafasidir .
2 – boshlovchi : O`zining bir o`ylab ko`ring , xalq bilan samimiy muloqot olib borgan , uning manfaatini har narsadan ustun qo`ygan , umr bo`yi etim – esir , beva – bechora ,nogiron va muhtojlarga muruvvat ko`rsatib kelgan , el – yurt uchun o`z hisobidan maktab – madrasalar , shifohona va hammomlar , yo`l va ko`priklar qurdirgan , bog`i – roglar bunyod etgan , ilm – fan va madaniyat ahlining chinakam homiysi bo`lgan Benazir zotning mana shunday savobli ishlari har birimiz uchun ibrat va saboq emasmi ?!
1 – boshlovchi : 2017 yilni mamlakatimiz rahbari tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ” deb e’lon qilinishi va bu borada olib borilayotgan ibratli ishlar ulug` bobomiz faoliyatiga hamohangdir .
2 – boshlovchi : Har kim ham bir kuni dunyodan ketar ,
Jismi alal oxir tuproq bo`lg`usi .
Biror foydang tegsa xalqingga agar ,
Undan naf o`zingga ko`proq bo`lg`usi .
1 – boshlovchi : Barot Boyqobilov qalamiga mansub “Yangi Xamsa”asaridan olingan parcha asosida sahna ko`rinishi. Rollarda : Husayn Boyqaro - Akobir Ergashev

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling