Surxondaryo viloyat Termiz davlat universiteti. «Iqtisod va Turizm»


O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati: Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yutuqlari va istiqbollari


Download 34.58 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi34.58 Kb.
#1213447
1   2   3
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot mustaqil ish

2.
O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati: Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yutuqlari va istiqbollari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida kirib kelgan yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash vazifalarining birinchi navbatdagi ustuvorligi ta’kidlab o‘tildi.
So‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan olib borilayotgan yangi mintaqaviy siyosat mamlakatning ochiq, amaliy va konstruktiv tashqi siyosati yo‘lining muhim qismiga aylandi. Toshkentning muloqot va hamjihatlikni rivojlantirish, yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash va mavjud kelishmovchiliklarni oqilona murosalar asosida hal etishga e’tibor qaratishi siyosiy muhitni sezilarli darajada yaxshilab, mintaqada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga imkon berdi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu Markaziy Osiyoning siyosiy-diplomatik va iqtisodiy jozibadorligini oshirishga yordam beradi.
Yangi mintaqaviy siyosatni muvaffaqiyatli ilgari surishda quyidagi omillar muhim rol o‘ynadi:
Birinchidan, davlat rahbari diplomatiyasining hamda barcha darajalardagi rasmiy aloqalarining yuqori sur’ati. 4 yil davomida O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari bilan 65 dan ortiq uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi aloqalar davomida munosabatlarning asosiy masalalari hal qilindi. Chunonchi, Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil sentyabr oyidagi Qirg‘izistonga va 2018 yil mart oyidagi Tojikistonga tashriflari yakuniga ko‘ra, davlat chegarasi to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar imzolanib, ular O‘zbekiston chegaralari umumiy uzunligining deyarli 94% ni delimitatsiya qilish imkonini berdi. Davlat rahbarlarining ishonchga asoslangan muloqotlari suv va ekologik muammolar muhokamasini amaliy yo‘lga qo‘yishni ta’minladi. 2018 yilda Turkmanistonda 2009 yildan beri birinchi marta Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining sammiti o‘tkazildi.
2020 yilda, pandemiya sharoitida mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar davom ettirildi. O‘zbekiston Prezidentining mintaqaning to‘rt davlati rahbarlari bilan yaqin aloqalari asnosida (telefon orqali 35 dan ortiq suhbat bo‘lib o‘tdi) fuqarolarning chetdan uylariga qaytib kelishiga ko‘maklashish, savdoni transport bilan qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro insonparvarlik yordami ko‘rsatish va munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari faol hal qilindi.
Ikkinchidan, mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar va gumanitar almashinuvni rivojlantirishga o‘zaro qiziqishning ortishi. 2017-2019 yillarda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki baravarga o‘sib, 2,7 mlrd. dan 5,2 mlrd. dollarga yetdi. 2019 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 7,1 mlrd. dollarni tashkil etib, bu 2018 yilga nisbatan 16,9% ga ko‘p degani. Mintaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar jalb etish 2017 yildagi 26,83 mlrd. dollardan 2019 yilda 36,14 mlrd. dollarga o‘sdi. Bunga hukumatlararo aloqalarni faollashtirish, hududlar va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish yordam berdi. Chegaralarning ochilishi va transport aloqalarining rivojlanishi 2017-2019 yillarda mintaqada, asosan, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarining o‘zaro sayohatlari hisobiga, kirish turizmining deyarli 25% ga o‘sishini ta’minladi.
Uchinchidan, mintaqaviy rivojlanishning muhim masalalari bo‘yicha mintaqa davlatlari manfaatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro maydonda umumiy manfaatlarni ilgari surish uchun mavjud ob’ektiv ehtiyoj. O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish shubhasiz strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Birinchi uchrashuv 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi. 2019 yil noyabrdagi ikkinchi uchrashuv yakuniga ko‘ra, Toshkentda birinchi marta Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinib, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan qarashlar qayd etildi. Shuningdek, tobora ko‘proq Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi sifatida qaralayotgan Afg‘oniston bo‘yicha umumiy pozitsiya bayon etildi.
Davlat rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishning asosiy tamoyillarini, uni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalar va tinchlik jarayoniga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan infratuzilma loyihalariga jalb etishni qo‘llab-quvvatladilar.
2018 yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» nomli rezolyutsiyasini qabul qilishi muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekiston rahbari tashabbusi hamda mintaqa davlatlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatda Markaziy Osiyodagi asosiy muammolar bo‘yicha umumiy yondashuvlar qayd etilgan.
Markaziy Osiyo mintaqachiligining shakllanib borayotgan ochiq xarakterini “5 (MO mamlakatlari) +1” formatida Yaponiya (2004 y.dan beri), Koreya Respublikasi (2007 y.), Yevropa Ittifoqi (2008 y.), AQSh (2015 y.), Hindiston (2019 y.), Rossiya va Xitoy (2020 y.) kabi sheriklar bilan kollektiv o‘zaro hamkorlik mexanizmlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi tasdiqlaydi.
2021 yilda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga, pandemiyani bartaraf etish bo‘yicha beshta mamlakatning o‘zaro hamjihatligi qatorida, Prezident Sh.Mirziyoyevning Murojaatnomada bayon etilgan xalqaro tashabbuslarini amalga oshirish yordam beradi.
Joriy yilda Toshkentda "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferentsiyasini o‘tkazish mintaqaviy va xalqaro siyosiy hamda ishbilarmon doiralarning e’tiborini mintaqalararo hamkorlik salohiyatiga qaratadi, Markaziy Osiyo davlatlarining Janubiy Osiyo bozorlariga kirish imkonini beruvchi trans-afg‘on temir yo‘llari, elektr uzatish liniyalari va quvurlar qurish bo‘yicha tashabbuslarini faol amalga oshirishga turtki beradi.
2021 yilda Xivada YUNESKO bilan birga o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro konferentsiyasi mintaqaning jahon madaniyati va taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini muhokama qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga konferentsiya Markaziy Osiyo va unga qo‘shni mintaqalarning bepoyon kengligidagi ko‘p asrlik qo‘shnichilik va xalqlarning faol o‘zaro aloqalarini esga tushirib, avvalgi o‘zaro bog‘liqlikni tiklash istiqbollari, uning butun Osiyo qit’asi integratsiyasi va barqaror rivojlanishi uchun ahamiyati to‘g‘risidagi tushunchalarni mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan voqea - 2020 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining tashkil etilishi, o‘zbek tomonining asosiy mintaqaviy jarayonlarni amaliy tadqiqotlar va prognozlash asosida mintaqaviy hamjihatlikni yanada rivojlantirishga bo‘lgan kuchli siyosiy irodasini ta’kidlaydi.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida so‘nggi yillarda amalga oshayotgan o‘zaro aloqalar rivoji ularning mintaqaning barqarorligi va uzluksiz rivojlanishini qo‘llashga bo‘lgan umumiy manfaatdorlik ularning mintaqalararo va global hamkorlikka samarali qo‘shilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Download 34.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling