Surxondaryo viloyati hokimligining


Yangi o‘quv material bayoni


Download 0.67 Mb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1590056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A ISHLATILADIGAN A F M

Yangi o‘quv material bayoni

  • Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayoni tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;

  • Ma’ruza va klaster metodlari orqali mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.(3-9 ilovalar)

Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:

  • Tezkor-so’rov metodi yordamida mustahkamlash uchun savollar beradi.

(10-ilova)

Uy vazifasini taqdim etadilar
Savollarga javob beradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar
Yozib oladilar
Daqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar, Topshiriqni bajaradilar.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar.

Ma'lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Diqqat qiladilar.



3-bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaydi va rag‘batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.(6- ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar



O’quv mashg’ulotning slaydli taqdimoti
1-ilova

2 -ilova

Kirish.


Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. O’zbekistondagi tabiiy resurslar va ulardan foydalanish.
Fanning maqsad va vazifalari.

Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblanadi. Transportsiz jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo’jaligini tasavvur etib bo’lmaydi. Xalq farovonligini oshirish transport vositalarini jumladan, avtomobil transpotrini rivojlantirishga bog’liq. Avtomobil transporti yordamida respublikamizda tashilayotgan yuklarning 90 % dan ortig’i va yo’lovchilarning 65 % dan ortig’i tashilmoqda.


Fanning maqsad: “Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar” fani avtomobil yonilg’ilari, moylash materiallari, maxsus suyuqliklar, lak–bo’yoq materiallari va boshqa metallmas materiallarning muhim hossalari, sifat ko’rsatkichlari va har xil sharoitda ishlatilishini o’rgatadi.
Fanning vazifalari: Avtomobil rusumlariga binoan yonilg’i va moylarni tanlash, benzinning va dizel yonilg’isining sifatini aniqlash; motor moylari va plastik moylarning sifatini aniqlash; yonilg’i moylash va lak bo’yoq materiallarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganish.
Ulardan tashqari bu fan orqali - avtomobil yonilg’ilari, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning muhim hossalari hamda, shu hossalarni avtomobil agregatlari va dvigatellarining ishlashiga ta’siri; avtomobil yonilg’ilari, moylash materiallari va mahsus suyuqliklarning asosiy markalari, sifat ko’rsatkichlari va har xil sharoitda ishlatilish, lak– bo’yoq va boshqa metallmas materiallarning foydalanish hususiyati, sifat ko’rsatkichlari, muhim hossalari; asosiy ekspluatasion materiallarning zaharli, tez o’t oluvchanligi va atrof– muhitni muhofaza qilish tadbirlari; avtomobil transportida yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning ishlatilishini oqilona tashkil qilishini o’rgatadi.

O’zbekistondagi tabiiy resurslar va ulardan foydalanish.

O’zbekiston noyob yonilg’i energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kublitrga yaqin, ko’mir 2 milliard tonnadan ortiq, neft zahiralari 350 mln. tonnani tashkil etadi. Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z ehtiyojimizni to’la ta’minlabgina qolmay, mazkur manbaalarni eksport qilish imkonini ham beradi.
O’zbekistonda neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rtsatish mumkin. Bo’lar Ustyurt, Buxoro, Xiva, Janubi–G’arbiy Hisor, Surhondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollardan ziyodga baholanmoqda. Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo’yicha 35 yildan ko’proq, neft bo’yicha 30 yilgacha qoplaydi. Respublika hududida 3 ta neftni qayta ishlaydigan (Farg’ona, Oltiariq va Buxoro) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho’rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Tabiiy gaz qazib olish bo’yicha O’zbekiston sobiq ittifoq respublikalari orasida uchinchi o’rinda turadi va jahondagi gaz chiqaruvchi 10 ta eng yirik mamlakatlar qatoriga kiradi. “O’zbekiston” holding kompaniyasi tomonidan 2002 yil 1,42 mln tonna benzin, 1,54 mln tonna mazut, 1,61 mln tonna dizel’ yonilg’isi va 388, 4 ming tonna aviakerasin ishlab chiqarildi.
Mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatining vujudga kelishi rezinalar, plastmassalar, qoplama va zichlama materiallar, lak–bo’yoq materiallari, yelimlar va germetiklar ishlab chiqarishni rivojlantirishga asos bo’ldi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:


1. Fanning maqsadi nimalardan iborat?
2. Fanning vazifalari nimalardan iborat?
3. O’zbekiston qanday tabiiy resurslarga ega?
4. O’zbekistonda qanday gaz va neftni qayta ishlovchi zavodlar mavjud?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. “Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar”
K.J.Matkarimov, V.J.Mahmudov, A.A.Norqulov (3-7 betlar)
Toshkent – “TALQIN” - 2004 y.
2. “Avtomobilniye ekspluatatsionniye materiali”
Povlov V.M.
Toshkent – “O’qituvchi” - 1992 y.

MAVZU–№1: Neft to’g’risida qisqacha ma’lumot va undan olinadigan neft mahsulotlari.

Reja:
1. Neft haqidagi umumiy ma’lumotlar.
2. Neftning kimyoviy tarkibi.
3. Neftdan avtomobil yonilg’ilarini olishning asosiy usullari.
4. Yonilg’ini tozalash usullari.
Neft haqida umumiy ma’lumotlar.

Neft o’simlik va hayvonot dunyosining organik qoldiqlari asosida paydo bo’lgan. Organik qoldiqlarning parchalanishi hamda neftning paydo bo’lishi yuqori harorat va bosim, radiaktiv nurlanish ta’sirida sodir bo’lgan. Turli joylardagi va geologik jinslardagi organik qoldiqlarning tarkibi hamda o’zgarish sharoitlari bir xil bo’lmaganligidan har xil neftlar hosil bo’lgan.


Tashqi ko’rinishiga ko’ra neft o’ziga hos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo’lib, turli tusdagi jigarrang ko’rinishga ega. Kerasinni eslatuvchi och rangli neft kam uchraydi, ba’zan deyarli qora rangdagi, suvda cho’kuvchi qovushoq smolali suyuqlik ko’rinishida ham uchraydi. Odatda neftning zichligi 0,65 dan 1,3 g/sm³ gacha bo’ladi. Neftning rangi qancha och bo’lsa, uning zichligi shuncha kam, oquvchanligi esa katta bo’ladi. Neft zichligi bo’yicha uch turga bo’linadi : YENGIL NEFT (0,65–0,87 g/sm³), O’RTACHA NEFT (0,871–0,910 g/sm³) va OG’IR NEFT (0,910–1,3 g/sm³). Yonish issiqligi 43,7–46,2 MU/kg (10400–11000 kkall/kg).
Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi murakkab aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo’ladi: 83–87 % uglerod, 11–14 % vodorod, 0,1-1,2 % kislorod; 0,02–1,7 % azot va 0,01-5,5 % oltingugurt. Tarkibiy qismlarining o’xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo’ladi.

Neftning kimyoviy tarkibi.

Neft massasining asosiy qismini 3 guruhdagi: parafinli (alkanlar), naftenli (silkanli) va aromatik (arenlar) uglevodorodlar ashkil etadi.
PARAFINLI UGLEVODORODLAR (Cn H2N+2) neftning asosiy massasini tashkil etadi. Bu turdagi uglevodorodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: gazsimon uglavodorodlar, suyuq va qattiq yoki n – parafinlar.
Neft mahsulotlari tarkibida n–parafinlardan tashqari izomer uglevodorodlar (i parafinlar) ham bo’ladi, ularning formulasi bir xil ko’rinishda bo’lib, faqat atomlarning fazoviy joylashuvi bo’yicha bir–biridan farqlanadi.
NAFTEN UGLEVODORODLAR (CnH2n) siklik tuzilishga ega bo’lib, ularning molekulalari tarkibiga bir–biri bilan o’zaro oddiy valent bog’lanishdagi uglerod atomlarining yopiq halqasi kiradi. Naftenlar, parafinlar kabi, nisbatan past haroratda oksidlanish reaksiyasiga kirishmaydi. Naften uglevodorodlaning uning miqdori neftlarda 20–30 %, moy fraksiyalarda esa 70 % bo’ladi.
AROMATIK UGLEVODORODLAR ( CnH2n-6;CnN2n–12). Olti bo’lakli siklik (benzolli) yadrodan tarkib topgan. Neft mahsulotlarining yyengil fraksiyalarida monosiklik aromatik uglevodorodlar va og’ir fraksiyalarda polisiklik uglevodorodlar bo’ladi. Aromatik uglevodorodlarning oksidlanish xususiyati ancha pastligi tifayli, lar karbyurator yonilg’isining detonatsiyasiga turg’unligini oshiradi. Neft tarkibida 10–15 % aromatik uglevodorodlar bo’ladi va qaynash harorati oshishi bilan ba’zi fraksiyalarda bu miqdor ortib boradi.
TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR.. Neftni termik qayta ishlash natijasida hosil bo’ladi. Ular uglerod atomlari orasidagi ikkilangan va uchlangan bug’lanishlar borligi bilan tavsiflanadi.
.
Neftdan avtomobil yonilg’ilarni olishning asosiy usullari.

Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud. Suyuq yonilg’ining asosiy qismi neftni to’g’ridan-togri haydash, ya’ni fizikaviy usul asosida yoki termik qayta ishlash, ya’ni kimyoviy usul asosida olinadi.


Neftni to’g’ridan–to’g’ri haydash. To’g’ridan–to’g’ri haydashda odatda, quyidagi distilyatorlar olinadi: avtomobil, aviatsiya benzinlari va turli eritivchilar olishda ishlatiladigan benzin distilyatorlari, reaktiv yonilg’I, kerasin olinadigan kerasin distilyatorlari, dizel yonilg’isi olish uchun salyar distilyator va boshqalar.
Neftni to’g’ridan-to’g’ri haydashda 10–12 % benzin, 15–20 % reaktiv yonilg’i va kerasin 15–20 % dizel yonilg’isi va 50 % gacha mazut olinadi.
Kreking- jarayon. Bu jarayon yuqori molekulyar fraksiyalarning mayda molekulyar massali fraksiyalarga parchalanishiga asoslangan. Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib 50–60 % gacha yetadi. Kreking–jarayon issiqlik ta’sirida o’tkazilsa, termik kreking (A–66 benzinlari olinadi) deyiladi. Kreking-jarayon issiqlik va katalizatorlar ishtirokida o’tkazilsa, parchalanish katalitik kreking (A-72 va A-76 benzinlari olinadi) deyiladi.
Neft mahsulotlarining sifatini yahshilash maqsadida ularning tarkibidagi uglevodorodlarning molekulyar massasini pasaytirish kreping-jarayon reforming (AI–93 benzini olinadi) deyiladi.
Gazsimon uglevodorodlar sintezi. Gazlarni sintezlash uglerod oksidi (CO) ni vodorod bilan yuqori bosim va katalizator ishtirokida o’zaro ta’siri natijasida har xil uglevodorodlar olinishiga asoslangan.
Sintezlash jarayoni atmosfera bosimi ostida, ba’zan yuqori bosim ostida (10–12 MPa), katalizator bilan ta’minlangan mahsus reaktorlarda 180–210 Cº haroratda o’tkaziladi.

4. Yonilg’ini tozalash usullari.

Zaharli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar ham neft mahsulotlari sifatini yomonlashtiradi. Shuning uchun ham muayyan ekspluatatsion mahsulotlarga ega bo’lgan yonilg’i olish uchun distilyatlarni kimyoviy va fizikaviy usullar qo’llab tozalanadi.
Kimyoviy usulda tozalash – yonilg’i tarkibidagi keraksiz birikmalar reagentlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishiga asoslangan. Kimyoviy usullarga sulfat kislota, ishqorlar, xlorli metallar yordamida, gidrogenizatsion tozalash va boshqalar kiradi.
Fizikaviy usulda tozalash – yonilg’i tarkibidagi keraksiz bo’lgan birikmalarni eritish yoki ularning sirtqi qatlamini aktiv moddalarga adsorbsiyalanishiga asoslangan. Fizikaviy usullarga selektiv erituvchilar va turli atsorbentlar yordamida tozalash kiradi.
Sulfat kislota bilan tozalash. Bu tozalash usuli sulfat kislotaning turli oltingugurtli birikmalar va kerakmas uglevodorodlar bilan jadal reaksiyaga kirishishiga asoslangan. Tozalash jarayonida hosil bo’lgan aralashma nordon gurdon deyiladi.
Gidrogenizatsion tozalash. Bu usul yonilg’ini oltingugurtli birikmalar va boshqa zaharli qoshimchalardan tozalashga nisbatan samarali hisoblanadi. Tozalash katalizator ishtirokida vodorod bilan tozalash usulidir. Bu usul ancha qulay usul hisoblanadi, chunki bunda distilyatlardan osongina chiqarib tashlanadigan uglevodorodlar hosil bo’ladi.
Oqartiruvchi tuproq ( adsorbentlar) bilan tozalash. Bu usul adsorbentlarning g’ovak sirtiga qutbli aktiv birikmalarni tutib qolish hususiyatiga asoslangan. Adsorbent sifatida alumaslikatlar ishlatiladi. Bu usuldan tarkibida to’yinmagan uglevodorodlar miqdori ko’p bo’lgan, termik kreking usulida olingan benzinlarni tozalashda foydalaniladi.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:
1. Neft deganda nimani tushunasiz?
2. Neft tarkibiga qanday element kiradi?
3. Neft tarkibidagi parafinli uglevodorodlar.
4. Neft tarkibidagi naftenli uglevodorodlar.
5. Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlar.
6. To’g’ridan–to’g’ri haydash usuli.
7. Neftga kimyoviy usullarda ishlov berish.
8. Yonilg’ini sulfat kislota bilan tozalash.
9. Gidrogenizatsion tozalash.
10 . Adsorbentlar yordamida tozalash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


“Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar”
K.J.Matkarimov, V.J.Mahmudov
Toshkent – “TALQIN”- 2004 y. (8–19 betlar)

Nazariy o’quv mаshg’ulоtining o’qitish tехnоlоgiyasi




2-Mavzu

Avtomobil benzinlari.

O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli



Mashg’ulot vaqti-80 daqiqa

O’quvchilar soni: 25 –30 gacha

Mashg’ulot shakli va turi

Nazariy: to’liq o’quv mashg’uloti

Мashg’ulot rejasi

1. Avtomobil benzinlariga qo’yiladigan ekspluatasion talablar.
2. Avtomobil benzinlarining bug’lanuvchanligi va fraksion tarkibi.

3. . Oktan sonini antidetanatorlar yordamida oshirish.



O’quv mashg’ulotining maqsadi: Avtomobil benzinlari haqida tushunchalarni shakllantirish hamda turlari va markalari haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:
Avtomobil benzinlari haqida tushuncha berish.
Avtomobil benzinlarining fraksion tarkibi.



O’quv faoliyatining natijalari:
Avtomobil benzininig kimyoviy tarkibi va turlarini biladilar;

Oktan sonini antidetanatorlar haqida tushunchalarni aytib beradilar;




O’qitish metodlari

Axborotli ma’ruza, baliq skeleti, tezkor-so’rov

O’qitish vositalari

Мa’ruza matni, slaydlar, tarqatma materiallar.

O’quv faoliyatining tashkil etish shakllari

Ommaviy, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

O’qitish shart –sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya.

Qaytar aloqa usul va vositalari

Tezkor-so’rov,savol-javob
Yozma nazorat: vazifalarni bajarish.

O’quv mаshg’ulоtlаridа tа`lim tехnоlоgiyasi хаritаsi




Ish bоsqichlаri vа mаzmuni

F а о l i ya t

O‘qituvchi

O‘quvchi

1-bosqich
O‘quv mashg‘ulotiga kirish (5 daq.)

Tashkiliy qism:
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomadini tekshiradi .




2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi, hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilashi:
Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi;
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;
O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi. O‘quvchilar bilimini faollashtirish:
Aqliy hujum, Tezkor-so‘rov, o‘ylang va juftlikda fikr almashing va boshqalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o‘quv material bayoni
Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayoni tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;
Ma’ruza va klaster metodlari orqali mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
Tezkor-so’rov metodi yordamida mustahkamlash uchun savollar beradi.



Uy vazifasini taqdim etadilar
Savollarga javob beradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar
Yozib oladilar
Daqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar, Topshiriqni bajaradilar.

Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar.

Ma'lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Diqqat qiladilar.


3-bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaydi va rag‘batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar

MAVZU-№2: Avtomobil benzinlari.

Reja:
1. Avtomobil benzinlariga qo’yiladigan ekspluatasion talablar.
2. Avtomobil benzinlarining bug’lanuvchanligi va fraksion tarkibi.
3. Oktan sonini antidetanatorlar yordamida oshirish.
4. Benzinning kimyoviy turg’unligi.
5. Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori.
6. Benzinlarning turlari va markalari.

1. Avtomobil benzinlariga qo’yiladigan ekspluatasion talablar.

Avtomobil benzinlari – deganda, qaynash harorati odatda 40 Cº dan 200 Cº gacha bo’lgan uglevodorodlar aralashmasi tushuniladi. Benzin tez bug’lanuvchan suyuq yonilg’i bo’lib, neftni to’g’ridan–to’g’ri haydash yo’li bilan va kreking usulida olinadi.
Benzin tarkibida massasi bo’yicha tahminan 85 % uglerod, 15 % vodorod va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo’ladi . Tashqi ko’rinishi tiniq, kam qovushqoq, rangsiz yoki rangli suyuqlik bo’lib, o’tkir hidga ega va normal sharoitlarda tez bug’lanadi. Barcha uglevodorodlar va ularning aralashmalari kabi suvdan yyengil va suvda erimaydi, shuningdek qoldiqsiz yonadi.
Karbyuratorli dvigatellarning ishonchli, samarali va uzoq vaqt sifatini saqlab turishi uchun benzinlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- barcha ish rejimlarida dvigatellarning osongina ishga tushirilishini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak;
yuqori detanatsion barqarorlikka ega bolishi, ya’ni barcha ish rejimlarida dvigatelda - detanatsiya paydo qilmasligi lozim;
yonilg’i baklarida, ta’minlash tizimi jihozlarida smolalar hosil qilmasligi, shuningdek dvigatelning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum hosil qilishi zarur;
- yonilg’i baklari, sig’imlar va ta’minlash tizimi datallarini karroziyalamasligi, uning yonish mahsullari esa dvigatel detallarini karroziyalamasligi lozim;
- yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi zarur darajada yuqori bo’lishi lozim;
- fizikaviy va kimyoviy jihatdan turg’un bo’lishi;
- tarkibida mexanik qoshilmalar va suv bo’lmasligi;
- inson salomatligi uchun xavfli bo’lmasligi va hakozolar.

2. Avtomobil benzinlarining bug’lanuvchanligi va fraksion tarkibi.

Yonilg’ining bug’lanishi – uning suyuq holatdan gazsimon holatga tezlik bilan o’tish xususiyatidir. Bu asosan, yonilg’ining kimyoviy tarkibi va uning to’yingan bug’larining bosimiga bog’liq. Yonilg’ining yonilg’i bakidan karbyuratorga o’tkazish ishonchliligi, ishchi aralashma hosil bo’lish tezligi va sifati bevosita yonilg’ining bug’lanuvchanligiga bog’liq.
Neft mahsulotlarining funksional tarkibi - deganda, uning tarkibidagi hajm yoki massa foizlarida ifodalanadigan u yoki bu fraksiyalarning miqdori tushuniladi. Benzin yoki dizel yonilg’ilarining fraksion tarkibi neftni to’g’ridan–to’g’ri haydashda ishlatiladigan standart jihozlar yordamida aniqlanadi.
Yonilg’ining zichligi - deganda, hajm birligiga to’g’ri keladigan yonilg’i massasi tushuniladi. Avtomobil benzinlarining zichligi 690–810 kg/m³ oralig’ida bo’ladi.
Yonilg’ining qovushqoqligi – suyuqliklarning ular oqimini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshiligini ifodalovchi xossasidir. Qovushqoqlik asosan harorat va yonilg’i tarkibiga bog’liq.
Avtomobil yonilg’isining yonish issiqligi qancha yuqori bo’lsa, avtomobilni 1km bosib o’tadigan masofasi yoki 1 soat ish vaqti uchun sarflanadigan yonilg’i miqdori shuncha kam bo’ladi. Yonilg’ini portlab yonishidan uning bir qismi yonishga ulgura olmaydi va chiqarish trubasidan qora tutun chiqarishiga sabab bo’ladi. Benzinning kimyoviy tarkibi detanatsion yonishning asosiy sababi hisoblanadi. Detanatsion yonish jarayoni organik peroksidli birikmalar hosil bo’lish nazariyasi asosida tushuntiriladi. Dvigatelning ish sharoitini o’zgartirish yoli bilan detanatsiyasini birmuncha kamaytirish mumkin, lekin butunlay yo’qotib bo’lmaydi. Detanatsiya bo’lmasligi uchun har bir turdagi dvigatel uchun benzinni to’g’ri tanlash lozim.

3. Oktan sonini antidetanatorlar yordamida aniqlash.

Neftni haydash va kreking usulida olingan ko’pchilik benzinlar, zamonaviy avtomobil dvigatellarini detanatsiyasiz ishlashini ta’minlash uchun zarur oktan soniga ega bo’lmaydi. Benzinlarning oktan sonini yonilg’ining kimyoviy tarkibini o’zgartirib yoki yonilg’iga mahsus qo’shimchalar - antidetanatorlar qo’shish bilan oshirilmoqda.
Antidetanatorlar - benzinning detanatsiyaga chidamliligini oshirish uchun unga qo’shiladigan moddalardir.
Antidetanatorlar sifatida tetraetilqo’rg’oshin (TEQ) Pb (C2 H5)4 keng ishlatiladi, u quyuq, rangsiz juda zaharli suyuqlik bo’lib, suvda erimaydi, neft mahsulotlarida yahshi eriydi. TEQ kamchiligi shundaki, uni yonish kamerasidan to’la chiqarib tashlashning qiyinligidadir. Buni kamaytirish uchun bromli va xlorli birikmalr qo’shiladi, ular qo’rg’oshinni chiqarib yuboruvchi deyiladi.
Tetrametil qo’rg’oshin (TMQ) Pb (CH3)4 TEQ ga nisbatan biroz afzalroqdir. TMQ u issiqlikka chidamliligi yuqoridir. Hozirgi kunda etillangan benzinlarni yuqori oktanli benzinlarga almashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Chet elda yuqori oktanli benzinlardan trebumetilliefir (TBME) ishlatiladi. Benzinga 11% TBME qo’shilsa, etillanmagan AI–93 benzini olinadi va unga yana 15–20 % past oktanli komponentlar qo’shish mumkin. Agar oktan soni 100 dan yuqori bo’lsa, bu izooktanga yana ma’lum miqdorda tetraetilqo’rg’oshin antidetanatori qo’shilganligini ma’lum qiladi.

4. Benzinning kimyoviy tarkibi.

Benzin tarkibidagi komponentlarning kimyoviy ta’sirlanishi, avvalambor to’yinmagan uglevodorodlarning oksidklanishi natijasida, benzin o’z hususiyatini o’zgartirishi mumkim. Natijada ma’lum vaqt o’tishi bilan benzinning kislotaliligi ortadi va rangi dastlab sariq, keyinchalik esa och jigarrang tusga kiradi. Shu bilan birga benzin saqlanayotgan idish devorlarida smolasimon moddalar qatlami hosil bo’ladi.
Smolali birikmalar karbyuratorli dvigatellar chiqarish kollektorlarning issiq devorlarida, klapanlar va porshenlar tubida yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham to’planadi. Qurumlar ko’p to’planganda dvigatel detallarining yeyilishi ortadi, yonilg’ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg’i sarfi ortadi, ba’zan dvigatel butunlay ishdan chiqadi.
Yonilg’ining oksidlanish va smolalar hosil bo’lishiga moyilligi induksion davr bilan ifodalanadi. Induksion davr - deganda, quruq va toza kislorod muhitida 0,7 MPa bosim ostida hamda 100 Cº haroratda benzinning o’z tarkibini o’zgartirmasdan saqlanish davri tushuniladi. Bu davr muhitda o’lchanadi. Turli markadagi benzinlar uchun induksion davr qiymati 600–900 minutga, sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 minutga teng. Benzinning induksion davri qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik turg’un bo’ladi va uni shunchalik uzoq muddat saqlash mumkin bo’ladi. Yer osti va yarim yer ostiga o’rnatilgan benzinlarni (shimoliy muhitda) 4 yil va yonilg’i baklarida 2 yildan 0,5 yilgacha saqlash mumkin.
Benzinning smolaligi uning tarkibidagi haqiqiy smolalar miqdori bilan aniqlanadi. Yonilg’i bug’langanidan keyin qolgan qoldiq smola miqdorini bildiradi. Smola miqdori turli markali benzinlar uchun turlicha bo’ladi; A–72 va A–76 uchun 15 mg; AI–93 uchun 10 mg (litr uchun).
Benzinlarning induksion davrini oshirish uchun antioksidlovchilar (zavod shariotida) qo’shish lozim.
Antioksidlovchi qo’shilgan benzinlarni ishlatishda alohida qoidalarga rioya etish talab etiladi. Jumladan, bunday benzinlar tarkibida suv bo’lmasligi lozim, chunki benzin tarkibidagi antioksidlovchilar suvda eriydi va bu benzin tarkibida muddatidan avval smolalar hosil bo’lishiga olib keladi.

5. Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori.

Davlat standartining texnik talablariga binoan benzinlar va dizel yonilg’ilarning tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmasligi lozim. Lekin saqlash, tashish, qabo’l qilib olish va tarqatish vaqtida yonilg’i chang hamda qum bilan ifloslanadi. Xatto tashqi ko’rinishi toza bo’lgan yonilg’ilarda ma’lum miqdorda aralashmalar bo’ladi. Bundan tashqari dvigatelga tushuvchi chang uning yeyilishini tezlashtiradi.
Yonilg’i kamerasiga ifloslangan benzin quyilganda mexanik aralashmalar porshen xalqalari bilan silindr gilzasi orasidagi tirqishga kirib, ularning tez yeyilishiga sabab bo’ladi, natijada dvigatelning quvvati pasayadi, tejamkorligi yomonlashadi, muddatidan oldin ta’mirlash zarurati tug’iladi.
Dvigatellarda ishlatiladigan yonilg’ilar tarkibida suv bo’lmasligi lozim. Yonilg’i tarkibida suv bo’lishi quyidagi salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin:
dvigatel va ta’mirlash tizimi detallarini, yonilg’i saqlanadigan sig’imlarni, avtomobillarning yonilg’i baklarini va boshqalarni korroziyalaydi;
yonilg’i tarkibidagi ingebatorlarni yuvib borishi natijasida yonilg’i tarkibida smola hosil bo’lish jarayoni tezlashadi;
qish mavsumida yonilg’i tarkibidagi suv muzlaydi, natijada dvigatel ishida noqulayliklar jarayoni tezlashadi.
6. Benzinlarning turlari va markalari.

Karbyuratorli dvigatellar o’rnatilgan avtomobillar uchun davlat standartlari (DC2084-77) ga asosan A–72, A–76, AI–93 va AI–98 markali benzinlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari maxsus texnik shartlar asosida AI–95 “elektro“ benzini ishlab chiqariladi. Benzin markasidagi A–harfi benzin avtomobil benzini ekanligini, raqamlar minimal oktan sonini bildiradi. Agar benzining shartli ifodasida I – harfi bo’lmasa, bunday benzinning oktan soni mator usuli bilan aniqlangan bo’ladi.


Benzinlar yozgi va qishki turlari bo’yicha ishlab chiqariladi. Avtomobillardan foydalanish davrida qishki benzindan yozgi benzinni ishlatishga yoki yozgisidan qishkisiga bir oy ichida o’tiladi (aprel, oktabr).
A-72 - benzinni siqish darajasi 6,2–7,0 bo’lgan dvigatelli avtomobillar uchun ZAZ– 968 M “Zaparojets“, GAZ – 21 “Volga“, UAZ–452, UAZ–469, GAZ–52-04, ZIL–450 21 va boshqalar.
A–76 – benzinni siqish darajasi 6,5–7,0 bo’lgan dvigatelli avtobuslar uchun UAZ-452, ErAZ–762V, GAZ–53A, GAZ–66, ZIL–130, ZIL–313, ZIL–MMZ–555 “URAL“ 777 va boshqalar.
AI–93 benzinni siqish darajasi 8,0 ortiq bo’lgan yyengil avtomobillar uchun– “Moskvich”–412AE, “Moskvich“-2140, GAZ–3102 “Volga“, “Jiguli“ va boshqalar.
Qishki va yozgi benzinlardan to’g’ri foydalanilganda dvigatel ishonchliroq ishlaydi. Aks holda dvigatellda turlicha nosozlilarni keltirib chiqaradi. Benzin davlat standart ko’rsatkichlariga javob bermasa, nostandartar benzin hisoblanadi va ishlatishga noloyiq hisoblanadi. Nostandart benzindagi kattaliklarni to’g’rilangandan keyingina bu benzinlardan foydalanish mumkin.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:


1. Avtomobil benzinlariga qanday talablar qo’yiladi?
2. Yonilg’ini qovushqoqligi va uni aniqlash.
3. Avtomobil benzinlarining bug’lanuvchanligi va fraksion tarkibi.
4. Benzinning fraksion tarkibini aniqlash.
5. Yonilg’ini normal va detanatsion yonishi.
6. Oktan soni deb nimaga aytiladi?
7. Oktan sonini aniqlashda motor va tadqiqot usullari o’rtasida qanday farq bor?
8. Detanatsiyaga qarshi kurashning qanday tadbirlarini bilasiz ?
9. Induksion davr va haqiqiy smolalar miqdori deganda nimani tushunasiz?
10. Benzin tarkibidagi mexanik aralashmalar.
11. Benzin tarkibidagi suvning miqdori.
12. Benzin turlari va markalari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


K.J.Matkarimov
“Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar“
Toshkent “TALQIN“ - 2004 y. (20–54 betlar)


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling