«Rektifikatsiya» - deb ajratib olish jarayoni yuritiladi yoki boshqacha qilib aytganda rektifikatsiya - suyuq moddalarning aralashmalarini qaynash harorati bilan bir-biridan farq qiladigan fraksiyalarga ajratishdir.
Kreking - neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Uglevodorodlarning 2-7 Mpa bosim ostida va yuqori ha-roratda (470OC ÷540OC) parchalashga termik kreking deyiladi. Uglevo-dorodlarning yuqori haroratda (450OC ÷ 500OC) va past bosim (0,06÷0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.
Detonatsiya - bu dvigatelning noto‘g‘ri ishlashi yoki boshqacha qilib aytganda, yonish jarayonining noto‘g‘ri borishidir. Kuchli detonatsiya vaqtida dvigatelning quvvati kamayadi, ishlatilgan gazlar qop-qora tutun ko‘rinishida chiqadi, dvigatelning detallari issiqlik ta’sirida zo‘riqib ishlaydi. «Smolalar» — qovushqoq, kam harakatchan suyuq yoki amorf xoldagi qattiq moddalardir. Zichligi bir yoki undan yuqoriroq bo‘ladi.
Yonilg‘ining oktan soni deb, izooktan va geptandan sun’iy tayyorlangan, detonatsiya turg‘unligi sinalayotgan yonilg‘inikiga teng bo‘lgan aralashmadagi foizda beriladigan(hajm bo‘yicha) izooktan miqdoriga aytiladi.
Antidetonatorlar - detonatsiyaga qarshi birikmalar. Hozirgi kunda antidetonatorlar sifatida qo‘rg‘oshin asosida, efirlar asosida, marganesli birikmalar asosida va temir moddasi asosida ishlab chiqarilgan birikmalar ishlatilmoqda.
-
Nazariy o’quv mаshg’ulоtining o’qitish tехnоlоgiyasi
O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |