Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Qozog‘iston va O‘zbekiston bir qator yirik iqtisodiy va investitsion loyihalar


Download 1.3 Mb.
bet13/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

Qozog‘iston va O‘zbekiston bir qator yirik iqtisodiy va investitsion loyihalar

So‘nggi yillarda Qozog‘iston va O‘zbekiston bir qator yirik iqtisodiy va investitsion loyihalarni amalga oshirdi. Ularning aksariyati infratuzilma loyihalari, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi sohalariga taalluqli loyihalar hisoblanadi. 2020 yil mart oyida «SarыarkaAvtoProm» Qo‘stanay zavodida Chevrolet avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Turkiston va Chimkentda zamonaviy to‘qimachilik korxonalari ochildi va maishiy texnika ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.Prezident Shavkat Mirziyoyevning dekabr oyida Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida umumiy qiymati 5,9 mlrd dollarlik shartnomalar imzolangan edi. «Navoiy» EIZ hududida nasos va elektr uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda Qozog‘istonda Chevrolet Nexia avtomobillarini kichik tugun usulida sanoat yig‘ilishi bo‘yicha bitimlar shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda 2024 yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan «Turkiston — Chimkent — Toshkent» tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi davom etmoqda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston va O‘zbekiston 2025 yildan «Qizilo‘rda — Uchquduq» avtomobil va temir yo‘li qurilishini boshlash to‘g‘risida kelishib olgan. Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi imzolangan, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy tahlil o‘tkazish rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyo Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi ma’lumotlariga ko‘ra (CAREC), Qozog‘iston orqali o‘tuvchi tranzit yuklarni qabul qiluvchi asosiy davlatlar Markaziy Osiyo davlatlari hisoblanadi. Xususan, 2018 yilda tranzit yuk tashish umumiy hajmining 45 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2018 yilda asosiy tranzit oqimlarini O‘zbekistondan Rossiyaga kimyoviy moddalar, Rossiyadan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Xitoyga neft, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga qora metallar tashish, Markaziy Osiyo mamlakatlariga oziq-ovqat yuklari va shakar, O‘zbekistonga temir rudasi, shuningdek, O‘zbekistondan Ukrainaga Qozog‘iston va Rossiya orqali o‘g‘itlar tashish tashkil etgan.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling