Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Ikki tomonlama hamkorlik ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarilgani, birodar xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlarimizga mos keladi


Download 1.3 Mb.
bet6/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

Ikki tomonlama hamkorlik ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarilgani, birodar xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlarimizga mos keladi.

Ishonchimiz komilki, bu nafaqat mamlakatlarimiz, balki butun mintaqaning izchil taraqqiyoti, barqarorligi va ravnaqi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi. O’z navbatida, O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning ittifoqchilik munosabatlari darajasiga olib chiqilishi parlament va siyosiy partiyalar oldiga birodar xalqlarimizning ko‘p qirrali hamkorligini aniq mazmun bilan boyitish, avvalombor, yangi Parlamentlararo hamkorlik kengashini ta’sis etish vazifalarini qo‘yadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qozog‘iston bilan o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. O'zbek va qozoq xalqi nafaqat yaqin qo‘shni, balki qardosh sifatida ko‘p qirrali hamkorlikning barcha masalalari bo‘yicha azaldan bir-birlarini tushunib, qo‘llab-quvvatlab kelgan. Mamlakatlar yaxshi qo‘shni va o‘zaro manfaatli hamkor sifatida taraqqiyot yo‘lidan yelkama-yelka bormoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Toshkent shahridagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi.

Shayx Xovandi Tohur XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi bo‘lgan. Insonlarni ilm-ma’rifatga, yetakchilarni tinchlik-ahillikka chorlagan valiy zot sifatida xalq xotirasida qolgan.

Shayx maqbarasi atrofi aziz qadamjoga aylangan. Xususan, XVII asrda bu yerga To‘labiy dafn etilgan. Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda "Jeti Jarg‘i" qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.

Yonma-yon joylashgan bu maqbaralar o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardoshu hamfikr bo‘lganining yana bir dalolatidir.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling