Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Download 1.3 Mb.
bet9/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

«So‘nggi o‘n yillikda Qozog‘iston iqtisodiy siyosatda muhim qadamlar qo‘ydi va aniq qonun-qoidalar bilan boshqariluvchi soliq-budjet tizimini joriy etish orqali xomashyo sektoridan keladigan yirik daromadlarni taqsimlashga mas’uliyat bilan yondashdi», — deya qayd etadi Jahon banki. Biroq, 2019 yilda uglevodorod ishlab chiqarish YAIMning 21 foizini (2020 yilda — 17,2 foiz) va eksportning qariyb 70 foizini tashkil qilar ekan, neft zaxirasi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egallab turgan mamlakat uchun ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish muammoligicha qolmoqda.

Koronavirus pandemiyasi va eksport hajmining keskin kamayishi Qozog‘iston iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazdi. 2020 yilda YAIM hajmi yigirma yil ichida birinchi marta qisqarib, 2,6 foizga pasayish kuzatildi, 2021 yilda 3,6−3,9 foizga o‘sishi, 2022 yilda esa 4−4,3 foizgacha tezlashishi kutilayotgan edi.

Pandemiya sabab joriy qilingan harakatlanish cheklovlari iste’mol talabi va investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib keldi. Inflyatsiya o‘sishi (2021 yil noyabr holatiga yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi — 8,7%, 2020 yilda — 6%) oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi va tengening qadrsizlanishi bilan izohlanadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya cheklovlarining bandlik va daromadlar darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida, 2020 yilda mamlakatda qashshoqlik darajasi 14 foizgacha oshgan (mamlakat Mehnat vazirligi bu ko‘rsatkichni 5,3 foiz deb baholamoqda).

2021 yilning yanvar-oktabr oylarida Qozog‘istonning tashqi savdo aylanmasi 14,1 foizga o‘sib, 82,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Xususan, eksport ko‘rsatkichi 23,5 foizga oshdi va 49,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, qayta ishlangan mahsulotlar eksporti 24,4 foizga yoki 15,5 mlrd dollargacha ko‘paydi. Tovarlar importi esa 33,1 mlrd dollargacha qisqardi.

2020 yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning asosiy eksport tovarlari ro‘yxatidan neft xomashyosi (18,7 mlrd dollar), mis va katodlar (2 mlrd), tabiiy gaz (1,9 mlrd), uran (1,3 mlrd), ferroqotishmalar (1,3 mlrd), rudalar va mis konsentratlari (1,12 mln), bug‘doy (730,7 mln), rudalar va qimmatbaho metallar konsentratlari (545,4 mln), neft mahsulotlari (464,3 mln), rudalar va temir konsentratlari (452,1 mln) va boshqalar joy olgan.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling