Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi
Download 1.3 Mb.
|
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar
Forumda ikki tomonlama sherikchilikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, xususan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va mavjud notarif to‘siqlarni bartaraf etishga tayyorlik bildirildi. Ikki mamlakat bojxona organlarining “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” mexanizmini ishga tushirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatining alohida dolzarbligi qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada avtomobilsozlik, yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va farmatsevtika istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan “Uchquduq-Qizilo‘rda” avtomobil va temir yo‘llari, “Turkiston-Chimkent-Toshkent” yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘lini barpo etish loyihalarini amalga oshirish shubhasiz katta qiziqish uyg‘otadi. Ushbu tadbirlar yakunida qiymati 6 milliard dollarga yaqin bo‘lgan yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolangani O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar samaradorligining darajasini yaqqol ko‘rsatadi.Bizningcha, bu ijobiy tendensiyalarning barchasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan dekabr oyida ushbu mamlakatga amalga oshirgan mazkur davlat tashrifi chog‘ida ham yaqqol namoyon bo‘ldi.Xususan, samimiyat va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvda yetakchilar ko‘p qirrali O’zbekiston-Qozog‘iston sherikligiga doir keng ko‘lamli masalalarni, shu jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko‘rib chiqdilar, xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.Umuman olganda, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, “O’zbekiston va Qozog‘iston – tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Iqtisodiyotlarimiz raqobat qilmaydi, bir-birini to‘ldirib turadi.”So‘nggi yillarda savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanib borayotgani, bunda mamlakatlarimiz hududlari va tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar muhim o‘rin tutayotgani alohida e’tiborga loyiq. Biz deputatlar bu tendensiyani olqishlash bilan birga, qonunlar bilan parlamentga berilgan tegishli vakolatlar bilan uni yanada qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanimizni bildiramiz.Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling