Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi


Download 1.3 Mb.
bet5/14
Sana15.03.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1268637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
o\'zbekiston qozog\'iston munosabatlari iqtisodiy tafavvudlar

Bularning barchasi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, tranzit va logistika, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirish, agroklasterlar, ulgurji-taqsimlash va logistika markazlari, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ishbilarmon doiralar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda umumiy qiymati ikki milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalari tayyorlandi. Aynan ana shu tarzda, yaqin 5 yilda O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni 10 milliardga yetkazish mumkin, deb hisoblaydi parlament vakillari.



    1. O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash



Suv resurslaridan oqilona foydalanishdek muhim masalaga ham to‘xtalib o‘tildi. Shu maqsadda o‘zaro manfaatli hamkorlikning barqaror, uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish va ikki mamlakat o‘rtasida suv munosabatlarining barcha yo‘nalishlariga oid takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruh faoliyatini davom ettirishga kelishib olindi. Suv tejaydigan yangi texnologiyalarni jadal joriy etish bo‘yicha birgalikda ishlash, Orolbo‘yida daraxtzorlar barpo etish borasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Umuman olganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan ushbu davlat tashrifi O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik qardoshlik va hamkorlik rishtalari, o‘zaro hurmat, ishonch va oshkoralik prinsiplariga asoslangan hozirgi mustahkam aloqalarning yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar O’zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ahil qo‘shnichilik, do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni jadal sur’atda va izchil rivojlantirishga qo‘shimcha turtki beradi.

Biz parlament vakillari hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollari ikki tomonlama strategik sheriklikni ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qarorning qabul qilinishini Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifining asosiy natijalaridan biri deb hisoblaymiz.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling