Sut mahsulotlari Reja Sut. Sut-qatiq mahsulotlari


Yumshoq shirdon pishloqlar


Download 55.02 Kb.
bet7/9
Sana15.02.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1199071
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Сут ва сут маҳсулотлари uz-assistant.uz

Yumshoq shirdon pishloqlar. Bu gruppadagi pishloqlar yumshoq konsistensiyali bo‘ladi, chunki ularning kalesi maydalanmaydi, maydalansa ham zarralari yirik-yirik bo‘ladi, ammo presslanmaydi. Tayyor pishloqlarning yorliligi 45—50%, namligi 46—60% bo‘ladi, 25—45 kunda pishib yeti-ladi.
Yumshoq pishloqlar pishib yetilishiga ko‘ra ikki gruppaga bo‘linadi: shillik modda ishtiroqida yetiladigan pishloqlar (Dorogobujskiy, Meditsinskiy, Smolenskiy); moror ishtiroqida yetiladigan pishloqlar (Roqfor va Zakusochniy).
Dorogobujskiy pishlogi yon tomonlari bir oz kavarik kub shaklida, 0,5—0,7 kg yoki 0,15—0,2 kg og‘irlikda chiqariladi.
Meditsinskiy pishlogi tugri burchak shaklida, og‘irligi 0,24—0,36 kg. Smolenskiy pishlogi past silindr shaklida 0,85—1,2 kg og‘irlikda chiqariladi.
Zakusochniy va Roqfor pishloqlari ham past silindr shaklida bo‘lib, birinchisining og‘irligi 0,2—0,4 kg, ikkinchisining—2,3—3 kg bo‘ladi.
Yumshoq pishloqlar turli shaklda, yupqa, pishloq shilligi bilan qoplangan yumshoq kobikli bo‘lishi; pishloqning taʼmi va hidi o‘z turiga xos aniq o‘tkir ammiakli; nafis, bir oz yopishkoqroq yordor konsistensiyali; sarrimtir oq rangli, hamiri silliq yoki ozroq kuzchalari bo‘lishi lozim. Roqfor pishlogi ichida kuk-yashil tomirlari bo‘ladi.
Yumshoq pishloqlar sifatiga qarab tovar sortlariga bo‘linmaydi.
Namakobli pishloqlar. Namakobli pishloqlar shirdon pishloqlar gruppasiga xosdir. Ular qo‘y, baʼzan sigar sutidan yoki ularning aralashmasidan tayyorlanadi; bu pishloqlar namakobda yetiladi va shu namakobda saqlanadi. Brinza, Chanax, Tushinskiy, Yerevanskiy, Sulugun va Osetinskiy pishloqlari nama-kobli pishloqlardir.
Bu pishloqlardan tovar sifatida ahamiyatlisi brinzadir. Brinza qo‘y va sigir sutidan yoki ularning aralashmasidan tayyorlanadi. Sut ivigandan sung xosil bo‘lgan qo‘yka buz qoplarga solinadi, zardobi sikib chiqarilgandan sung og‘irligi 1,5 кг qilib kvadrat bo‘laklarga bo‘linadi va bochkalarga taxlab us-tidan 18—22% li namakob qo‘yiladi, brinza usha namakobda yetiladi va saqlanadi.
Sifatiga ko‘ra brinza oliy va 1-sortga ajratiladi.
Sarxil brinza sof, shilliksiz, nafis, sinuvchan, biroq uvalanib ketmaydigan konsistensiyali; rangi oq yoki sargimtir; taʼmi toza, qatiqsimon, shurtangroq bo‘ladi. Brinza-ning tarkibida 40—50% yor, namligi 49—52%, tuz 4—8% bo‘ladi.

Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling