Suv omborlarda qirg’oqlarning yemirilishida yuzaga keladigan Favqulodda vaziyatlarning baholash usullarini takomillashtirish


Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Download 69.65 Kb.
bet2/6
Sana28.03.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1303053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayrullo

Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Suv hayot manbai ekanligini faqat issiq va o‘ta issiq, quruq iqlim sharoitidagina to‘la tasavvur etish mumkin. Xalq iborasi bilan aytganda: qayerda suv paydo bo‘lsa, o‘sha yerda hayot boshlanadi, suv tugagan yerda esa hayot ham tugaydi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab o‘lkamizda suvga hurmat, uni e’zozlash, isrofgarchiligiga va ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik ruhi hukm surgan. Shu bilan birga «suvday serob bo‘l», «oldingdan oqqan suvning qadri

yo‘q» va shu kabi iboralar ma’lum sharoit va davrda o‘z «xizmatini» o‘tagan. Ayniqsa, asrimizning 50-yillarida «tabiatni xalq izmiga bo‘ysundirish» uchun boshlangan kurash o‘ziga xos hayot maktabi bo‘ldi va muhim xulosalarga olib keldi. Ular ichida eng muhimi, suv boyliklarining cheklanganligini, ularga ortiqcha miqdorda iflos suv tashlanmagandagina o‘z sifatini saqlab qolishi mumkinligini, tabiat yo‘l qo‘yilgan xatolarni kechirmasligini va har bir xato uchun qasos olishinitushunishdan iborat bo‘ldi.


Tadqiqotning obyekti va predmeti. Suv resurslaridan katta miqdorda va miqyosda foydalanish, tabiat va xalq xo‘jaligi tizimidagi mavjud bog‘lanishlarning o‘zge.rishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar xalq xo‘jaligining ko‘plab tarmoqlari manfaatlariga daxldor bo‘ladi va natijada ijobiy samatadorlik bilan birga salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi. Agarda butun suv xo‘jalik tizimini yagona majmua deb qaralib, mavjud tabiiy sharoitlarning ehtimoliy o‘zgarishlarini hisobga olinsa, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini suvning miqdoriga va sifatiga bo‘lgan talablarini uzoq muddatli bashoratlash asosida loyihalangan salbiy oqibatlarini sezilarsiz darajada bo‘lishini ta’minlash mumkin.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotimiz ishlarining bajarilishi muhim ahamiyatga ega. Mamlakatning taraqqiy etish jarayonida suv xo‘jalik qurilishi salohiyati uzlyksiz o‘sib boradi. Xo‘jalik faoliyatida rejalashtirish kundan-kunga o‘sib borayotgan suv iste’molchilarining fikrlarini inobatga olish uchun zamin yaratadi. SXMni zamonaviy sharoitda va ayniqsa, xalq xo‘jaligining kelgusidagi rivojlanishini ko‘rib chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.

Download 69.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling