Suv omborlarda qirg’oqlarning yemirilishida yuzaga keladigan Favqulodda vaziyatlarning baholash usullarini takomillashtirish


Download 69.65 Kb.
bet6/6
Sana28.03.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1303053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayrullo

II BOB bo’yicha xulosalar
Gidrotexnika inshootining qurilishi va ishlatilishi davrida foydalaniladigan reperlar kapitalligi bo’yicha – geodeziya va kartografiya boshqarmasining fundamental reperlari, joylashuvi bo’yicha- yuzadagi, chuqurlikdagi va devordagi reperlar, qurilishi bo’yicha – kotlovan kovlash va skvajina burg’ulash yo’li bilan qurilgan, devorlar va boshqa konstruksiyalarga qo’yib yuborilgan reperlar, iqlimiy sharoit bo’yicha – oddiy iqlimda va ko’p yillik muzliklar sharoitdagi reperlarga ajratiladi. Dastlabki reperlar tayanch reperlar ham deyiladi. I va II klass inshootlari uchun ularni, odatda, pastki befda, stvorlardan 1,5…3 km uzoqlikda har xil qirg’oqlarda 3 ta reperdan iborat to’p (kust) qilib joylashtiriladi. Planda reperlar to’g’ri chiziq yoki uchburchak bo’ylab, to’pdagi reperlar orasi 20-30 m qilib, joylashtiriladi.
Avariya zaxira materiallari to’liq jamlanmagan, ya‘ni material (qum, shag’al, tosh, yog’och – taxta, sement, qoplar va b.sh.o’.)larning avariya zahirasi, har bir material turidan Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi suv omborlari uchun belgilagan me‘yordagi hajmda emas, qoplar soni esa barcha qum va shag’alni solib buzulgan joyni berkitishga yetarli miqdorda bo’lmagan, ehtiyot qismlarning avariya zahirasi, belgilangan me‘yorga muvofiq emas, son jihatidan yetarli emas va asosiy hamda yordamchi gidromexanika uskuna va jihozlarni to’xtovsiz ishlatilishini ta‘minlay olmaydigan. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash monitoring tizimining asosiy vazifalari - gidrotexnika inshootlarni doimiy nazoratini olib borish, suv omborlarida va boshqa inshootlarda o’rnatilgan nazorat-o’lchov asboblardan bevosita olingan ma‘lumotlarga tezkor ishlov berish hamda ishlab chiqilgan kadastr hujjatlari va boshqa diagnostika ishlaridagi berilgan ko’rsatmalarni bajarilish tahlilini olib borishdir. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi monitoringi nafaqat xavfsizligini baholash mezonlari tizimiga asoslangan tezkor nazorat samarador texnologiyasini nazarda tutadi balki inshootda to’plangan barcha ma‘lumotlarga to’liq ega bo’lish tezkorlikni ko’zda tutadi. Shu sababli uning xavfsiz holati monitoringini tashkillashtirish alohida dolzarb kasb etadi. Bundan tashqari, bu masalani muhimligi shundan iboratki, gidrotexnika inshootlardan foydalanishdagi ko’zga ko’rinarli yutuqlarga qaramay, oxirgi yillarda gidrotexnika inshootlarning ishdan chiqish sur‘ati oshib borishi, xatto avariya holatlari kuzatilmoqda shuningdek suv omborlarda, nasos stansiyalarda, daryo va soylarda alohida xavotirga sabab bo’lmoqda. Respublikamizdagi gidrotexnika inshootlar qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni 90 foizni, elektroenergiya ishlab chiqarishni 10 foizni suv bilan ta‘minlaydi, umuman olganda iqtisodiyotning boshqa sohalarini turg’unligi, asosiysi o’sha tumanlarda yashovchi 50 foiz aholining xavfsizligi ushbu gidrotexnik inshootlar holati bilan bog’liqdir.
Download 69.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling