Suv omborlarda qirg’oqlarning yemirilishida yuzaga keladigan Favqulodda vaziyatlarning baholash usullarini takomillashtirish


Download 69.65 Kb.
bet3/6
Sana28.03.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1303053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayrullo

Tadqiqotning metodologik asosi. Masalaga ilmiy yondashilganda suv resurslaridan mukammal foydalanishda ularning barcha foydali xususiyatlaridan amalda foydalanishni, ularning isrof bo‘lishiga va ifloslanishiga y o i qo‘ymay foydalanishni tashkii qilishdan iborat ekan. Bu esa suv resurslaridan samarali foydalanishning asosi va suv xo‘jalik majmuasining maqsadidir. Shuning uchun ham suv resurslaridan mukammal foydalanish suv manbalarini barcha foydali xususiyat va xossalarini aniq belgilab olishdan boshlanmog‘i lozim.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Agar vertikal meteorologik raketalar bilan uchiriladigan meterologik zondlar yordamida bunday qatlamlar aniqlanib, samolyotlar yordamida bu qatlamga sun’iy suvni quyuqlashtiruvchi kukunsimon moddalar kiritilsa, sun’iy yomg‘ir hosil bo‘lishi mumkin. Kukunsimon modda sifatida yodli kumushdan foydalanish yuqori samara beradi. Bunday modda sifatida polimer kukunlaridan ham foydalanish mumkin. Bunday tajribalar AQSHning g‘arbiy shtatlarida, Chirchiq vohasida o‘tkazilgan va ijobiy natijalarga erishilgan.
Tadqiqotning hajmi va tuzulishi. Ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, maqsad va vazifalari uning tuzulishini belgilab berdi. Tadqiqot ishi uch bob (ularning har biri ikkitadan faslga ajratilgan), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Tadqiqot antanatsiyasi. Butun dunyoda suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish muammosi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu birinchi navbatda aholining o ‘sishi qishloq xo'jaligi va sanoatning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan toza chuchuk suvlarining yetishmasligi hisoblanadi. Ikkinchidan, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarning aholi yashash joylarida suv ta’minoti tizimining ta’minlanmaganligi va ishlab chiqarishda asosan tabiiy chuchuk suvlardan foydalanishdir. Kelajakda suvdan unumli foydalanish jarayonlarida ham bu omillar muhim hisoblanadi.


I BOB. O’zbekiston Resoublikasida quriq yerlarni sug’orish maqsadida suv omborlarni tashkil etish tarixi va rivojlanishi
Inson hayotida suv har doim muhim omillardan biri bo’lib kelgan. Shu bois qadimdan odamlar asosan daryo qirg’oqlarida istiqomat qilishgan. Ular ichimlik manbayi sifatida suvdan ichishgan bo’lsa, ozuqa manbayi sifatida baliq ovlaganlar hamda o’zaro suv yo’llari sifatida ham foydalanib kelganlar. Sug’orish odamlar ko’chmanchilikdan unumdor daryo vodiylariga kelib o’troq holda hayot kechira boshlaganlaridan boshlab qishloq xo’jaligiga kirib keldi. Bunga Inda va Nil daryolar vodiysidagi qadimiy sivilizatsiya, shuningdek Tigra va Efrata daryolari qirg’oqlaridagi vavilon sivilizatsiyasi yorqin misol bo’la oladi. Tarixda quduqlar, suv omborlari va kanallar yordamida sug’orish ishlarini bajarganliklariga ko’plab misollar keltirish mumkin. Xitoy, Hindiston, Yegipt, Iroq, Italiya va boshqa davlatlarda sivilizatsiyaning ilk davrlarida qurilgan sug’orish inshootlarini qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Bu inshootlar texnik baholash va sinchiklab o’rganishga arziydilar.
Yer yuzidagi dastlabki suv omborlari eramizdan oldingi III ming yillikda paydo bo’lgan. Eramizdan oldin Messapotomiyada, Misrda, Xitoy va Hindistonda gidrotexnik inshootlar qurilgan. IV asrdayoq Misrliklar gidrotexnika ilmidan habardor bo’lib, Nil daryosi sathini ko’tarish maqsadida to’g’on qurishgan va suvni boshqarish imkoniga ega bo’lganlar. Ular hozirgi Asvon to’g’onidan 400 km yuqorida tog’ qoyalarida suv sathini o’zgarishini belgilaganlar. Keyinroq esa quyi Nilda 30 ga yaqin ―gidrologik‖ suv o’lchash postlari tashkil etilgan. Eramizdan oldingi III ming yillikda Xitoyliklar suv hajmlarini gidrotexnik inshootlar yordamida boshqarish to’g’risida ishlar olib borganlar va asosan suv kuchidan foydalanganlar. X asr (e.o) O’rta Osiyoda irrigatsiya rivojlanib, eng yuqori bosqichga etadi. Shuning uchun gidrologiya, dehqonchilik va irrigatsiya eng qadimgi fanlar qatoridan o’rin olganlar. Lekin ularni alohida mustaqil fan bo’lib shakillanishi uchun bir necha ming yillik davrlar kerak bo’ldi. (1970 yildagi) risolasida irrigatsiyani rivojlanish tarixini uch bosqichli davrlardan iboratligini ta‘kidlaydi.
Birinchi bosqich – neolitdan–bronza oxirigacha sug’orishning liman usulini rivojlantirilishi va suvdan foydalanishga ko’nikmalar davri. Bu davrda sug’oriladigan
yerlar uchun tog’oldi daryolarining pastqam joylari, o’zan qirg’oqlaridan foydalanilgan, shuningdek, Farg’ona vodiysining yozda qurib qolgan o’zanlarida dehqonchilik qilingan.
Ikkinchi bosqich – eramizning III va IV asrlariga oid davr bo’lib, bu davrda kichik sug’orish tarmoqlariga o’tish, suv havza va kichik to’g’onlar barpo etildi.
Uchinchi bosqich – eramizning V – VIII asrlariga mansub bu bosqichda Farg’ona vodiysini tog’ oldi vohalarida So’h, Isfara va boshqa daryolarga bosh o’zan, ya‘ni to’g’on qurib, uning suvlarini mayda ariq va kanallarga tarqatilgan. Bu davrga kelib feodalizm ravnaq topgan va temir ketmon bilan sug’orma dehqonchilik rivojlangan. Har qanday fanning jumladan gidrotexnika fanining taraqqiyoti, shu tarixiy davrda yashab turgan jamiyatning umumiy madaniyati bilan belgilanadi. Shuninig uchun birorta fanning barpo bo’lib, yuzaga chiqishi kishilik jamiyatining o’sish tarixi bilan aniqlanadi.
Arxeologiyaning keng miqiyosda taraqqiy qilishi natijasida O’rta Osiyo xalqlarining o’tmishda yuksak madaniyatga ega bo’lganliklari isbot qilindi. Jumladan, sug’orib dehqonchilik qilish sohasida ham qadim Xorazm misolida suv boyliklaridan foydalanishda o’zbek xalqining katta yutuqlarga ega bo’lganligini ko’rish mumkin. Qadimgi davrlardan buyon Sirdaryo va Amudaryo vodiylarida gidrotexnik inshootlar qurilib kelinmoqda. Qadimgi kishilar Sirdaryoning tog’ va tog’ etagida joylashgan Chortoqsoy, Kosonsoy, Isfayramsoy, Shohimardon soylar va Isfara, Chirchiq, Ohangaron kabi daryolarda ko’pgina kanallar qazib dehqonchilik qilganlar. Sirdaryo havzasi Shahrixonsoy, Marg’ilonsoy, Andijonsoy soylari hamda Zax, Iskandar, Bo’zsuv, Salor kabi kanallar, shuningdek Amudaryo havzasidagi Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiysida, Janubiy Xorazm va Qoraqalpog’istonda qurilgan bir qancha kanallar bizgacha yetib kelgan. O’rta Osiyoda xususan O’zbekistonda ham gidrologik ishlar va suv xo’jaligini ishlatish tarixi 6 ming yilliklardan, neolit davrlariga xos. Bu davrlarda yomg’ir suvini to’plab ishlatish orqali liman dehqonchiligi olib borilgan. Xorazm vohasida sun‘iy sug’orish tarmoqlari qurilgan. I – IV asrlarda Bo’zsuv, Salor, Eski anhor, Tuyatortar kanallari (YA.G’ulomov ma‘lumotlari) qurilgan bo’lib, ular ma‘lum bir qonun, qoidalar asosida ishlatilgan. Shuning uchun ham bu

kanallar va ayrim inshootlar bizning davrgacha saqlanib qolgan, qayta-qayta ta‘mirlanib hozirgacha ishlatib kelinmoqda.


O’rta Osiyo gidrologiya va irrigatsiya sohasidagi erishilgan yutuqlar o’zga mamlakatlarda ham hayotga tadbiq qilina boshlandi. Mashhur o’zbek olimi Al-Farg’oniy (Abu-al-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir) 861 yilda Rustot (Qohira) shahriga keladi. Bu sayohat xalif Al-Mutavaqqiya tomonidan uyushtirilgan bo’lib, uning amri bilan Nil daryosining suv sathini o’lchaydigan muhandislik moslamasini yaratish topshiriladi. Al-Farg’oniy sodda va ishonchli qurilma yaratadi hamda uni nil o’lchovi asbobi, ya‘ni ―nilomer‖ deb ataldi. Bu qurilma daryo qirg’og’iga o’rnatilgan chuqur quduq bo’lib, uning o’rtasida ustun va unga suv sathini aniqlovchi daraja chiziqlari bilan belgilangan. Quduq suv osti kanali yordamida Nil daryosi bilan tutashtirilgan bo’lib, daryo suvi ko’paygan vaqtda quduqda suv ko’tarilgan va aksincha sathning o’zgarish holatlari nilomerdan o’lchab olingan. Markaziy Osiyo gidrologiyasi tarixi shu davrlarda yashagan xorijiy olimlar, jumladan arab geografi va sayyohlari Al-Yoqubiy va Al- Muqaddasiy yozib qoldirgan ma‘lumotlarda ham o’z ifodasini topgan.
Al-Muqaddasiy 985 yilda yozib tugallagan ―Iqlimlarni o’rganishda eng yaxshi qo’llanma‖ asarida Turkmanistonning Murg’ob daryosi to’g’oni yaqinidagi suv sathini o’lchash maqsadida ishlatilingan yog’och taxtadan yasalgan inshoot tilga olingan. X – XI asrlarda yashagan olimlarning suv ilmiga naqadar katta ahamiyat berganligi haqida Beruniy asarlarida keltirilgan. Uning ―O’tgan avlodlar yodgorligi‖, ―Hindiston‖ va boshqa ko’plab asarlarida okeanlar, dengizlar, ko’llar va daryolar haqida fan uchun juda ko’pgina fikrlar bayon qilingan. Masalan: ―Hindiston‖ asarida quydagicha yozadi, ―tog’ etaklarida va sharqirama daryolar yonida toshlar kattaroq, tog’lardan uzoqdagi va daryo susayishi bilan toshlar kichikroq, daryolar sekin oqadigan va ko’llar, to’qaylar hamda dengizga quyilish joylarida qumlar uchraydi‖. Beruniy tomonidan qariyib ming yil ilgari aytilgan bu xulosa gidrologiyaning asosiy qisimlaridan biri bo’lgan ‖Gidrodinamika‖ fanining hozirgi kunda ma‘lum bo’lgan qonunlariga to’la mos keladi.
Shunday qilib, sug’orma dehqonchilik sharoitida, insoniyat rivojlanishi va madaniy taraqqiyotning har qanday bosqichida, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va texnik holatini ishonchliligi, ularni to’g’ri ishlatish masalalari birinchi o’rinda turgan. O’shanda, albatta, ko’p gidrotexnika inshootlari loyihasiz, hashar usuli bilan qurilgan,
ularning qurilish muddatlari cho’zilib ketgan, inshootlarni texnik holatini kuzatish, ularga texnik xizmat ko’rsatish (texnik qarov) etarli bo’lmaganligi sababli, ular bahorgi birinchi sel va toshqin oqibatida buzulib ketgan. XIX asrda Markaziy Osiyo Rossiya imperiyasining paxta bazasi bo’lgan. Podsho hukumatining yordami bilan savdogarlar Farg’ona vodiysi yerlarini sug’orish kanallari va inshootlar qurish orqali o’zlashtirishga harakat qilishgan. Ammo o’sha davrda Mirzacho’lni o’zlashtirishni hisobga olmaganda yirik suv xo’jaligi qurilishi amalga oshirilmagan.



    1. Download 69.65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling