4-rasm. Segmentli zatvorlar tayanch sharnirlari
(a-e) va ularni oraliq devorlarga mahkamlash (f-h):
1-harakatlanuvchi qism; 2-harakatlanmaydigan qism.
Цilindrik sharnirlar bronzali va vtulkadan va zanglamaydigan o’qdan tashkil topgan (4-rasm, a). Bunday stilindrik sharnirlar ko’proq gidromeliorativ inshootlarning zatvorlarida qo’llaniladi. O’rta va katta oraliqlarda va bosimlarda qiya oyoqli zatvorlarda konusli sharnirlar qo’llaniladi (4-rasm, d). Stilindirik va konusli sharnirlarning kamchiligi, tayanch oyoqlarining bir oz qisilib qolish ehtimoli borligigadir. Sharsimon sharnirlarda oyoqlarning bir oz yo’l quyilishi sababli, zatvor qiyshayishi oldi olinadi, shu sababli ular rigellarni zatvor tayanch oyoqlari bilan bikr birlashtirishda qo’llaniladi (4-rasm, e). Tayanch sharnirning harakatlanmaydigan qismi inshoot betoniga mahkamlangan quyilma qismlarga tayanadi. Katta yuklamalarda oraliq va yon devor tayanchlarida tokchalar o’rnatiladi va betonga mahkamlangan metall to’sinlar bilan kuchaytiriladi (4-rasm, f). Pazlar o’rnatilmasdan zatvorlar konsollarga tayanadi va buning natijasida oraliq devor qalinligi kamayadi va gidravlik sharoiti yaxshilanadi (4-rasm, g,h). Betonning tayanch zo’riqishlarini qabul qilishi uchun yoki sharnirdan keyin oraliq devor uzaytiriladi yoki oraliq devorga yuklamalar oldindan kuchaytirilgan ankerlar yordamida uzatiladi.
Zichlagichlar. Segmentli zatvorlarning yon va tub tomonlari yassi zatvorlar kabi metall list, maxsus profilli rezina va shu kabilar bilan zichlanadi (5-rasm).
Segmentli zatvorlar yon tomondagi zichlagichlari aylana yoyi bo’yicha, tub dagi zichlagichlar esa zatvor patski qismida qoplama og’ishini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
5-rasm. Segmentli zatvorlar zichlagichlari
sxemalari:
a-tubdagi; b,d-yon tomondagi; 1-zichlaydigan rezina elementi; 2-qoplama; 3-egiluvchan metall list.
Tayanch sharniri yuqori joylashgan segmentli zatvorlar (1-rasm, f) pats bosimli tug’onlar oraliqlarini yopish uchun mo’ljallanadi. Sharnirni yuqori joylashtirishda oraliq devor armaturalanmaydi va uning oqim bo’yicha uzunligi kamayadi. Portal oyoqlari cho’zilishga ishlashi, uning konstrukstiyasini soddalashtiradi. Bunday zatvorlarni ekspluatatsiya qilish tajribasi shuni ko’rsatdiki, sharnir hamma vaqt suv ostiga bo’lishiga qaramasdan, ular etarli darajada ishonchli ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |