Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari


Download 57.36 Kb.
bet3/12
Sana07.03.2023
Hajmi57.36 Kb.
#1247605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-mavzu. Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi-1

Qirg’iziston bilan 2017 yil 6 oktyabrda Kosonsoy suv omboridan davlatlararo foydalanish to’g’risidagi Hukumatlararo bitim imzolandi.
2017-2018 yillarda Katta Namangan, Chap qirg’oq Norin kanallariga barqaror suv ta’minoti amalga oshirildi, Farg’ona vodiysi viloyatlarining Qirg’iziston bilan chegara mintaqasida joylashgan suv xo’jaligi obyektlariga xodimlarning o’tib-qaytish masalasi hal qilindi.
2018 yilgi yozgi sug’orish mavsumida 600 mln. kVt/soat elektr energiya olinib, Qirg’izistonning To’xtagul suv omboridan qo’shimcha 495 mlrd.m3 suv chiqarilib, Sirdaryo havzasida joylashgan Farg’ona vodiysi, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi ekin maydonlarining suv tanqisligi sezilarli darajada kamaytirildi.
Qadimdan mamlakatimiz hududida suv hayot manbai sifatida qadrlangan, tirikchilikning birinchi omili sanalgan, \uni muqaddas bilib, asrab-avaylab, tejab- tergab sarflangan.
Bu qarashlar o’z mohiyatini bugun ham yo’qotgan emas. Darhaqiqat mamlakatimiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini suvsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuning uchun suvdan maqsadli, tejab - tergab foydalanish hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yana ham dolzarb bo’lib turibdi. Chunki qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining asosiy qismi bo’lgan paxta, g’alla va boshqa mahsulotlar yetishtirish bevosita suv ta’minoti bilan chambarchas bog’liq.
Respublika bo’yicha sug’orish uchun yiliga o’rtacha 55 mlrd. m3 suv talab etiladi. Bu ko’rsatkich Markaziy Osiyo respublikalarida iste’mol qilinadigan suvning deyarli yarmiga tengdir. Respublikada foydalaniladigan suvning ko’p qismi qo’shni davlatlar hududlaridan oqib keladi.
Respublikada foydalaniladigan suvning 85 foizi qishloq xo’jaligida ishlatiladi. Ko’rinib turibdiki, suvdan tejab–tergab, samarali foydalanilmasa, kelgusida suv ta’minotida muammolar kelib chiqishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida”gi PF-3226-sonli Farmoniga asosan respublikada fermer xo’jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish deb belgilandi. Farmonga muvofiq respublika qishloq va suv xo’jaligida o’tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika suv xo’jaligida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma’muriy-hududiy boshqarish prinsipidan havzaviy boshqarish prinsipiga o’tkazildi.
Hozirgi davrda respublika qishloq xo’jaligi sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishning 3-bosqichi davom etmoqda.
Yangi jarayonlarni amalga oshirish juda ko’p masalalarni joyida zudlik bilan hal qilishni taqozo etmoqda, bunga to’planayotgan tajribalar natijasida erishilmoqda.
Fermer xo’jaliklari soni yildan yilga oshib, qishloqda mulkdorlar sinfi o’sib bormoqda. Respublikadagi asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari: sabzavot, poliz, meva, uzum, sut va go’sht yetishtirish asosan fermer xo’jaliklari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari prinsiplariga asosan qayta qurishni taqazo etmoqda.
Respublikada suv xo’jaligi kompleksini qayta qurish jarayoni uch yo’nalish bo’yicha amalga oshirilmoqda:

Download 57.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling