Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari


Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yullari


Download 57.36 Kb.
bet12/12
Sana07.03.2023
Hajmi57.36 Kb.
#1247605
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-mavzu. Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi-1

2.2.4.Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yullari.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yog'ingarchilik miqdori kamayishi munosabati bilan suv resurslari tanqisligi sezilmoqda. Masalan, 2008-yilda bahor oylarida yog'ingarchilikning kam boiishi natijasida mamlakatimiz qishloq xo'jaligi tarmogi talab etiladigan me'yoming 75 foizi miqdoridagi suv bilan ta'minlandi xolos. Shu sababli respublikamiz hukumati tomonidan suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va suv resurslaridan foydalanishning zamonaviy, tejamli usullaridan foydalanishga e'tibor kuchaytirilmoqda. 2008-yil 28-noyabrdagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ulaming barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish choratadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmonida 2009-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 2 ming gektarli umumiy maydonda, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlami jalb etgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini tomchilab sug‘orish texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilgan edi. Mamlakatimizning ayrim hududlarida ilmiy asoslangan holda sel suvlarini saqlab qoluvchi inshootlami barpo etish orqali ham suv resursi bilan ta'minlanganlikni yaxshilash va sug'oriladigan yerlar maydonini oshirishga erishish mumkin. Snv resurslaridan unumli foydalanish ustidan qat'iy nazorat o'rnatish va sug‘orishning zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Egat oralab sug‘orish mamlakatimizda awaldan foydalanib kelinadi. Bu sug‘orish usuhning bir qator afzalliklari bilan birga, kamchiliklari ham mavjud. Awalo, sug‘oriladigan suvning o'rtacha 25-36 foiz (ayrim joylarda 60 foizgacha) qismi yerga singadi, yeming tekisligi talabga nihoyatda javob berishi zarur, ma'lum qiyalik saqlanishi e'tiborga olinadi. Shu jihatdan qaraganda sug‘orishning tejamkor usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Joylaming tabiiy-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda yomg'irlatib, tuproq ostidan, tomchilatib sug'orish usullarini qo‘llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu usullami qo'llash natijasida ekinzorlami bir yo‘la katta hududlarda sug‘orishga erishiladi. Shuningdek, sug‘orish me’yori kamida 50- 60 foizga qisqaradi, hosildorlik oshadi, begona o'tlaming o‘sishi juda ham kamayadi, grunt suvlarining sathi ko‘tarilmaydi va hokazo.
Yer va suv resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlami amalga oshirish lozim:
- yer-suv islohotlarini doimiy takomillashtirib borish;
- meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
- zamonaviy, samarali texnilcalami, ilg‘or texnologiyalami qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etish;
- ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo‘lga qo'yish;
- ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahalliy va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
- agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish;
- ishchi va xizmatchilami moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalami hal etish;
- yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish.
Qishloq xo'jaligi yerlaridan oqilona foydalanish tadbirlarini quyidagi to‘rtta gumhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: - ilmiy asoslangan yer tuzish; 73 www.ziyouz.com kutubxonasi - hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish; - yagona yer monitoringi tizimini olib borish; - davlat yer kadastrini to‘liq amalga oshirish; - davlat va jamoat ekspertizasini yo‘lga qo‘yish; - yerdan foydalanish va uni muhofazalash nazoratini kuchaytirish va hokazo. 2) huquqiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: - tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi normalarini takomillashtirish; - tabiiy resurslar qonunchiligi normalarini takomillashtirish; - yerdan foydalanish normalarini takomillashtirish; - ekologik huquqiy mexanizmni takomillashtirish; - yer huquqbuzarligiga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlash va hokazo. 3) iqtisodiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: - holati yomon yerlami imtiyozli soliqqa tortish; - tuproq muhofazasi tadbirlarini kreditlash; - qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning yer va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha manfaatdorligini oshirish; - yerlarni rekultivatsiya qilish(qayta tiklash) va meliorativ holatini yaxshilashga davlat tomonidan beriladigan ko'makni takomillashtirish va hokazo. 4) texnologik tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: - yerlami tubdan rekultivatsiyalash va meliorativ holatini yaxshilash texnologiyalarini ishlab chiqish; - almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat'iy amal qilish; - noqishloq xo'jalik va sanoat o'zlashtirishning yagona texnologiyasini yaratish; - suvlami muhofaza qilish texnologiyasini joriy etish; - yerlami qayta tiklash texnologiyalarini joriy etish; - talab etiladigan joylarda ixotazorlar tashkil etish; - erroziyaga qarshi kurash tadbirlari va sellaming salbiy oqibatlari oldini olish inshootlarini barpo etishni yanada rivojlantirish va hokazo.


Nazorat uchun savollar.
1. Suvdan foydalanishda havza tamoyilining afzalliklari va ahamiyati.
2. Sug’orish tizimi va suvni tejovchi yangi sug’orish texnologiyalaridan foydalanish.
3.Sug’orish tizimlarida va xo’jaliklarda suvdan rejali foydalanish.
4. Xo’jaliklarda suvdan foydalanish samaradorligi.


Download 57.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling