2.2.3.Ekinlarni sug’orishda suvdan tejamli foydalanish. Suvdan foydalanishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish yullari. Tabiiy va xo’jalik sharoitlaridan kelib chiqib yerni sug’ormay ekinlardan mo’l hosil yetishtirish mumkin emas. Ekinlarni o’sish davrida me’yoridagidek rivojlanishi uchun kerakli oqova suvni sug’orish maydonida bir tekis taqsimlash, suvni tuproq va havo namiga aylantirib berishga qaratilgan tadbirlar majmuasi sug’orish usuli deb yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining tabiiy–iqlim sharoitlari qurg’oqchil mintaqaga mansubdir, shuning uchun sug’orish ishlari asosan egatlar orqali, taxtalarga va cheklarga bo’lib amalga oshiriladi.
Sun’iy sug’orish o’tkazilganda quyidagilar ta’minlanishi kerak:
- yuqori ish unumdorligi;
- kam suv sarflab, yuqori meliorativ ko’rsatgichlarga erishish;
- sug’orish tarmoqlarining yuqori texnik ko’rsatgichlarga ega bo’lishi va boshqalar. Sun’iy sug’orish yaxshi natija berishi uchun bu jarayon o’rmon-texnika meliorasiyasi (sug’orish maydonlari atrofiga va sug’orish tarmoqlari qirg’oqlariga daraxtlar o’tkazish) va agrotexnik tadbirlar (yerlarni tekislash, ularni sug’orishga tayyorlash, eng maqbul sug’orish rejimini tanlash) bilan birga olib borilishi kerak. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
yer ustidan sug’orish;
yomg’irlatib sug’orish;
tuproq ichidan sug’orish;
tomchilatib sug’orish;
sizot suvlari sathini ko’tarib (subirrigasiya) sug’orish;
tuman hosil qilib sug’orish (dispers sug’orish usuli).
Yer ustidan sug’orish usulida suv tuproq ustidan taqsimlanadi hamda shu orqali namlanadi. Bu usul O’zbekistonda ko’proq qo’llaniladi. Chunki u qulay va oz mablag’ talab qiladi. Sug’orish oddiy bo’lib, tuproq strukturasi yaxshi saqlanadi va hosildor qatlamni kerakli chuqurlikda namlantiradi. Suv sifatiga talab kam, tuproq sho’rini yaxshi yuvadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |