Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari
Yuqorida qayd etilgan qonunning 47- «qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish» moddasida quyidagilar ko’zda tutilgan
Download 57.36 Kb.
|
5-mavzu. Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi-1
Yuqorida qayd etilgan qonunning 47- «qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish» moddasida quyidagilar ko’zda tutilgan:1-jadval Qishloq xo’jaligi ekinlarining sug’orish soni va normalari
Kun tartibiga qo’yilgan ushbu mavzu, ya’ni suv resurslaridan foydalanish masalasi, bu nafaqat respublikamizning balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasining oldida turgan eng muhim vazifa bu aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashdan iborat bo’lib, suv resurslarining tanqisligi esa yildan-yilga ortib borayotganligini hisobga olsak, mavjud suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yer sharining uchdan ikki qismi suv bilan qoplangan bo’lib, 98 foizi sho’r suvlar, ishlatishga yaroqsiz xisoblanadi. Atigi 2,0 foizdan ortiqrog’i chuchuk suv resurslari bo’lib, uning 79 foizi abadiy muzliklarga, 20 foizi yer osti suvlariga 1 foizi esa daryo va ko’llarga to’g’ri keladi. Dunyo aholisining har 10 nafaridan 4 nafari toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashayotgan bo’lib, 2050 yilga kelib yer yuzi aholisi 9 mlrd.ga ko’payishi bashorat qilinmoqda. Mintaqaning asosiy suv resurslari Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalaridagi suvlardan tashkil topib, ularning o’rtacha ko’p yillik miqdori 114,4 km3 tashkil qiladi. Davlatlararo kelishuvga asosan O’zbekistonning ulushi 56,2 mlrd.m3 yoki jami suvning 49 foizini tashkil etadi. Mintaqa suv resurslarining 80 % dan ortig’i Qirg’iziston va Tojikistondagi qorlar va muzliklar hisobiga shakllanadi. Asosiy suv iste’molchisi sanalgan sug’oriladigan dehqonchilikning asosiy maydonlari daryolarning o’rta va quyi oqimida joylashgan O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmaniston mamlakatlari hududida joylashgan. O’zbekiston axolisi 2030 yilga borib 39 mln nafar bo’lishi va iqlim o’zgarishlari natijasida O’zbekistonning suv resurslari 7 mlrd m3 kamayishi kutilmoqda. Bunda yillik suv resurslari 44 mlrd m3 va natijada aholi jon boshiga 1130 m3 miqdorida suv to’g’ri kelishi bashorat qilinmoqda. Tadqiqot natijalariga ko’ra, so’nggi 50 yil ichida muzliklar miqdori o’rtacha 30% ga kamaydi. Hisob-kitoblarga ko’ra, 2015 yilda O’zbekiston bo’yicha umumiy suv tanqisligi 3 km3 ni tashkil etgan bo’lsa, 2030 yilga kelib 7 km3, 2050 yilga qadar esa 11-13 km3 ga ko’tarilishi mumkin. So’nggi yillarda Orol dengizi havzasidagi suv kam bo’lgan yillar soni tobora ko’payib bormoqda. Misol uchun, 2000 yillarga qadar har 6-8 yil ichida suv taqchil yillar takrorlangan bo’lsa, oxirgi vaqtlarda ular har 3-4 yilda kuzatilgan. Bundan tashqari, havo haroratining ko’tarilish natijasida qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish me’yorlari 2030 yilga kelib 5 foizga, 2050 yilga kelib 7-10 foizgacha va 2080 yilga kelib 12-16 foizga oshishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, iqlim o’zgarishi O’zbekistonda suv taqchilligini yanada kuchaytiradi, bu 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillarda kuzatilganidek, qurg’oqchilik davomiyligi va chastotasining ko’payishiga olib keladi. Oxirgi ikki yilda mintaqadagi davlatlar bilan transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga alohida e’tibor berilib, qo’shni davlatlarga amalga oshirilgan tashriflar davomida mintaqadagi suv-energetika resurslaridan birgalikda foydalanish masalasi eng yuqori darajada muhokama qilinib, ko’p yillardan beri yechilmay kelayotgan masalalar hal qilindi, kelishuvlar imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosati va sayi-harakati tufayli qo’shni davlatlar bilan yo’lga qo’yilgan o’zaro do’stona va ishonchli aloqalar Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslaridan hamkorlikda foydalanishga mustahkam zamin yaratdi. Qo’shni davlatlar bilan suv xo’jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida ikki tomonlama Ishchi guruhlar tuzilib, kelishuvlarga erishilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning Davlatlararo suv xo’jaligini muvofiqlashtiruvchi Komissiyasi (MKVK) doirasida ham hamkorlik amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yilning 16 sentyabr kuni Qozog’iston va O’zbekiston Bosh vazirlarining birinchi o’rinbosarlari darajasida suv munosabatlari sohasida “Yo’l xaritasi” imzolandi. 2017-2018 yillarda Qozog’istonning Chordara suv omboridan Aydarko’l va Arnasoy suv omboriga jami 3,2 mlrd.m3 suv olinishiga erishildi. Suv tanqis bo’lgan 2018 yilda “Do’stlik”, “Zax”, “Xonim”, “Katta keles” va boshqa transchegaraviy kanallardan hamkorlikda foydalanildi. Ikki davlat Xavfsizlik kengashlari yig’ilishlarida suv xo’jaligi bo’yicha masalalar muhokama qilib borilmoqda. Bugungi kunda transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha Hukumatlararo kelishuv loyihasi ishlab chiqilmoqda. Download 57.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling