Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (2 soat) mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulot ishlanmasi quyidagi atamalarga izoh bering
Download 19.47 Kb.
|
13-mavzu.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
- MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala.
- Talab qilinadi
- Mavzu boyicha tavsiya etilayotgan adabiyotlar
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ (2 SOAT) MAVZUSI BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI Quyidagi atamalarga izoh bering: rezident yuridik shaxs, soliq to’lovchilari, soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, yer usti suv manbalari, yer osti suv manbalari, soliq solish bazasi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq bazasini kamaytirish, joriy to’lovlar, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish, soliqni to’lash muddatlari. NAZORAT SAVOLLARI Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan ko‘zda tutilgan maqsad nima? Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari kimlar? Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat budjetiga ta‘minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilarni bilasizmi? Soliqqa tortish ob‘ekti qanday tartibda aniqlanadi? Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida o‘rnatilgan? Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqdan ozod etiladi? Dehqon xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni budjetga to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi? MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala. Toshkent shahar “Suvoqava” trestining bergan ma‘lumotlariga ko‘ra shahar vodoprovod tarmog‘iga suv 72% yer yuzasidagi va 28% yer osti manbalaridan kelib tushadi. Faraz qilaylik, korxona bir oy davomida 10 ming kub metr suv olgan. Talab qilinadi: 1. Korxona davlat budjetiga suv resurslaridan foydalanganligi uchun o‘tkazishi lozim bo‘lgan soliqni hisoblang? 2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring. Masala. Sanoat korxonasi hisobot davrida jami 30000 kub.metr suv resurslaridan foydalangan bo’lib, shundan 40 foizi yer osti manbalaridan, qolgan qismi esa yer usti manbalaridan olingan. Talab qilinadi: 1. Korxona davlat budjetiga suv resurslaridan foydalanganligi uchun o‘tkazishi lozim bo‘lgan soliqni hisoblang? 2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring. Masala. Elektrostantsiya hisobot davrida 450000 kub.metr yer usti suv resurslaridan, 50000 kub.metr yer osti suv resurslaridan foydalangan. Talab qilinadi: 1. Elektrostantsiya hisobot davrida davlat budjetiga suv resurslaridan foydalanganligi uchun o‘tkazishi lozim bo‘lgan soliqni hisoblang? 2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring. Masala. Kommunal xo’jaligi hisobot davrida 150 000 kub.metr hajmida aholi punktlarini suv bilan ta’minlangan. Shuningdek o’z iste’moli uchun 25 000 metr.kub yer usti suv resurslaridan foydalangan. Talab qilinadi: 1. Kommunal xo’jaligi hisobot davrida davlat budjetiga suv resurslaridan foydalanganligi uchun o‘tkazishi lozim bo‘lgan soliqni hisoblang? 2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring. Mavzu bo'yicha tavsiya etilayotgan adabiyotlar: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi: Rasmiy nashr. T.:“Adolat”, 2018 y. “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. – Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: “O’zbekiston” NMIU, 2018. 55-bet Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2018. – 592 b. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2018. – 498 b. Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. -408 b. Jo’rayev A.S., Usmanova M.S., Amanov A.M., Qiyosov Sh.U. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Darslik. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 432 b. Jo’rayev A., Usmanova M. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O’quv qo’llanma, –T.: “Sano-standart”, 2015. - 216 b. Jo’rayev A., Safarov G’., Meyliyev O. Soliq nazariyasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. –324 b. Download 19.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling